Markaziy bankning mustaqilligi tushunchasi va aniqlash me’zonlari. Reja


Markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar



Download 29,77 Kb.
bet2/4
Sana01.06.2022
Hajmi29,77 Kb.
#628450
1   2   3   4
Bog'liq
Sulaymonov Suxrob

Markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar.



  • Sukerman indeksi;

  • GMT (Grilli, Maskiandaro va Tabellinilar tomonidan asos solingan) indeksi;

  • Eyffinger–Shaling indeksi;

Sukerman indeksi mustaqillikni tavsiflovchi 4 ta guruhga bo'lingan 16 ta ko'rsatkichlarni o'zida mujassamlashtiradi. Kadrlar siyosatini mustaqilligi pul-kredit siyosatini ishlab chiqish Uning maqsadlari va davlat byudjetini moliyalashtirishni chegaralash. Har bir 16 ta ko'rsatkich 0 dan 1 gacha belgilanishi mumkin. GMT indeksi 2 qismdan iborat bo'lib, MBning siyosiy va iqtisodiy mustaqilliligini belgilaydi. Har bir qism o'zida indekslarni aks ettirib faqat 2 ta ko'rsatkich bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda GMT indeksi MBning mustaqililigini baholash uchun ko'plab ishlatilayotgan indeksdir, chunki uni hisoblash uchun etarli ma'lumotlarni olish mumkin bo'ladi
GMT indeksi doirasida MB siyosiy mustaqilligini baholashning asosiy me’zonlari quyidagilar:

  • MB raisini tayinlashda hukumat aralashuvi;

  • MB raisi 5 yildan ortiqroq muddatga tayinlanishi;

  • MB direktorlar kengashi hukumat aralashuvisiz tayinlanishi;

  • MB direktorlar kengashi 5 yildan ortiqroq muddatda boshqarishi;

  • MBning direktorlar kengashida xukumat vakillarini ishtirokiga zaruratning yo'qligi;

  • Pul-kredit siyosatiga oil qarorlarni hukumat tomonidan tasdiqlanishi lozim emasligi;

  • MB qonunchilikka asosan asosiy maqsadlardan biri sifatida narxlar darajasini barqarorlashtirishga harakat qilishi shart;

  • MB bilan hukumat o'rtasida muamolarni hal qiluvchi qonunchilik normalarini mavjudligi.

Eyffinger–Shaling indeksi 3 ta faktor asosida hisoblanadi:

  • MBning pul-kredit siyosatini aniqlashdagi mustaqilligi;

  • MB boshqaruv organlarida hukumat organlarining mavjudligi;

  • Hukumat tomonidan tayinlanadigan MB boshqaruv organlari a'zolarining ulushi;

Bu indeks qanchalik shartlarni bajarilishiga ko'ra 1 dan 5 gacha baholanadi. Hozirgi vaqtda MB siyosiy mustaqilligi MB boshqaruvini tayinlash jarayonining qonun bilan boshqarilishidir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda MBning boshqaruvini tanlash va ularning vakolat muddatlarini qisqartirishga hukumat doimiy aralashmoqda. Bank boshqaruvida hukumat vakillarining ko'pincha ishtirok etishi. Hukumat bilan munozaralarda MBning qonuniy himoyasining chegaralanganligi.
MB raisi yoki Prezidentlarini tayinlash. U quyidagicha amalga oshirilishi mumkin. MB rahbarlarini tayinlashda:

  • parlament, Bank boshqaruvi;

  • qonunchilik hokimiyati;

  • ijro etuvchi va qonunchilik hokimiyati birgalikda;

  • bir-ikki ijro jetuvchi hokimiyat vakillari(hukumat rahbar va/yoki moliya vazirligining ishtiroki)

Xalqaro amaliyotda Markaziy bankning siyosiy mustaqilligini baholashda GMT indeksidan keng foydalaniladi. Ushbu indeksning nomi uni birinchi bo'lib taklif etgan olimlarning familiyalarini bosh harfidan kelib chiqqan.
* Grilli
* Maskiandaro
* Tabellini
GMT indeksi bo'yicha Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi 8 ta me’zon bo'yicha baholanadi:
1. Markaziy bank rahbari Hukumatning aralashuvisiz tayinlanadi.
2. Markaziy bank rahbari 5 yildan ortiq muddatga tayinlanadi.
3. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi a'zolari Hukumatning ishtirokisiz tayinlanadi.
4. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi bankni 5 yildan ortiq boshqaradi.
5. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashida Hukumat vakillarining majburiy ishtirokiga zaruriyat yo'q.
6. Pul-kredit sohasida qabul qilingan qarorlarni Hukumat tomonidan ma'qullanish zaruriyatining yo'qligi.
7. Markaziy bankda qonun bo'yicha ustuvor maqsadlardan biri sifatida mamlakatda baholar barqarorligini ta'minlash majburiyati bo'lishi kerak.
8. Markaziy bank Hukumat bilan qarama-qarshilikka borib qolganda, uning pozitsiyasini kuchaytirish imkonini beradigan qonunchilik me'yorlarining mavjudligi.
Hozirgi davrda dunyo bo'yicha siyosiy mustaqillik darajasi eng yuqori bo'lgan Markaziy bank – bu Yevropa Markaziy bankidir (YeMB).

  • YeMB Yevropa Ittifoqi boshqaruv organlariga va evrohudud hukumatlariga umuman bo'ysunmaydi.

  • YeMB baholar barqarorligiga javob beradi.

  • YeMBning vakolatlarini qonunchilik asosida o'zgartirilishi mumkin emas.

YeMBning vakolatlari faqatgina Maastrixt shartnomasini qayta ko'rib chiqish natijasida o'zgartirilishi mumkin. Bu esa, juda murakkab jarayon bo'lib, barcha ishtirokchilarning roziligini olishni talab etadi.
Bugungi kunda Markaziy bank mustaqilligini baholash har bir mamlakat uchun bank tizimining nazorat qilinishida va eng asosiysi mamlakatda monetar siyosatning qay darajada olib borilishini baholashda muhim o'rin tutadi. Markaziy bank mustaqilligini baholashda xalqaro bank amaliyotida turli xil yondashuvlar mavjud. Ulardan so'nggilari sifatida “The New Index for Central Bank Independence” reytingli baholash ko'rsatkichini keltirish mumkin. Ushbu ko'rsatkich 0-36 ballgacha oraliqda Markaziy bank mustaqillik darajasini aniqlaydi. Bunda asosiy me’zon qilib, Markaziy bankning 3 guruh: Monetar siyosat mustaqilligi (MSM), Personal mustaqillik (PM) va Moliyaviy mustaqillik (MM) ko'rsatkichlariga yaratilgan holda ular ham tarkiban balli baholashga asoslanadi.

1694 yilda barpo etilgan Angliya Banki – eng qadimiy markaziy banklardan biri bo‘lib hisoblanadi. 1946 yildagi Banklar haqidagi Qonunga asosan, Angliya Banki hukumatga bo‘ysinadi. Angliya Banki Boshqaruvi (FRT boshqaruvchilari kengashining ekvivalenti) besh yillik muddatga saylanadigan rais va uning ikkita o‘rinbosari, hamda uch yilga tayinlanadigan 16ta boshqaruv a’zolaridan iborat bo‘ladi.1997 yilga qadar Angliya Banki, ushbu bobda ko‘rib chiqilayotgan markaziy banklar orasida eng kam darajadagi mustaqil bank bo‘lib hisoblangan, chunki foiz stavkalarini o‘zgartirish haqidagi qaror Angliya Banki ichida emas, balki g‘aznachilik kansleri bilan birgalikda qabul qilinar edi (AQSH G‘aznachiligi kotibi ekvivalenti). Buning hammasi, leyboristlarning yangi hukumati 1997 yilning may oyida hokimiyat tepasiga kelgan paytda o‘zgardi. Ushbu paytda, g‘aznachilik yangi kansleri Gordon Braun Angliya Banki endi foiz stavkalarini belgilashga vakolatli emasligi haqida kutilmaganda xabar berdi. Biroq, Bank instrumentlarni tanlashda to‘liq mustaqillikka ega bo‘lmadi: hukumat uning qarorlarini o‘zgartira oladi va foiz stavkalarini “favqulloddagi sharoitda” hamda “cheklangan muddatga” belgilay oladi. Bunga qaramay, Kanadada bo‘lgani singari, ommaviy xarakterga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan va faqatgina eng qattiq sharoitda hamda cheklangan muddat davomida qo‘llanilishi kerak bo‘lgan Bank qarorlarini bekor qilish – vujudga kelish ehtimoli kam bo‘lgan hodisadir.


Foiz stavkalarini, rais, uning ikkita o‘rinbosari, kansler bilan konsultatsiyadan so‘ng tayinlanadigan ikkita a’zo (odatda markaziy bankning mansabdor shaxslari), va kansler tomonidan tayinlanadigan yana to‘rtta tashqi iqtisodchi-ekspertlardan tashkil topgan, monetar siyosat bo‘yicha Ko‘mita belgilaydi. (SHunisi hayratlanarliki, ushbu ko‘mitaga birinchi bor kiritilgan to‘rtta tashqi ekspertlardan ikkitasi Buyuk Britaniya fuqarolari bo‘lmagan: bittasi golland millatiga mansub bo‘lsa, ikkinchisi amerikalik bo‘lgan, ammo ikkalasi ham doimiy ravishda Birlashgan Qirollikda yashagan). Angliya Banki uchun Inflatsiyaning maqsadli ahamiyatini g‘aznachilik kansleri belgilaydi, bundan kelib chiqib, Angliya Banki, FRTga nisbatan maqsadni tanlashda kamroq darajadagi mustaqillikka ega.

Yaponiya Banki 1882 yilda tashkil topgan. Monetar siyosatni hukumat tomonidan tayinlanadigan va parlament tomonidan tasdiqlanadigan, rais, uning ikkita o‘rinbosari, hamda oltita tashqi a’zolardan tashkil topgan, Siyosiy Kengash olib boradi; ularning hammasi lavozimlarini besh yil davomida egallaydilar.


Ohirgi paytgacha, Yaponiya Banki rasman, u erdagi asosiy rol Moliya vaziriga tegishli bo‘lgan, hukumatdan mustaqil holda faoliyat yuritar edi. Biroq, 1998 yilning aprel oyidan amal qilayotgan, Yaponiya Banki haqidagi yangi Qonun 55 yil davomida ilk marotaba uning vakolatlariga o‘zgartirish kiritdi. Avvalom bor, yangi qonunga binoan, monetar siyosatning maqsadi – narh barqarorligini saqlab qolish. Bundan tashqari, qonun Bankga instrumentlarni va maqsadni tanlashda ko‘proq mustaqillikni ta’minladi. Bundan oldin hukumat Siyosiy Kengashda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan ikkita vakilga ega edi, Moliya vazirligi va Iqtisodiy rejalashtirish bo‘yicha Agentlikdan bittadan. Endi esa hukumat ushbu ikkita idoraning ikkita vakilini kengash majlislariga yuborishi mumkinligi bilan, ular ovoz berish huquqiga ega emas, faqat monetar siyosat bo‘yicha qarorlarning ijrosini keyinga qoldirishni so‘rashlari mumkin. Bundan tashqari, Moliya vazirligi Bankning ko‘plab operatsiyalarini nazorat qilish imkoniyatini yo‘qotdi, hususan, oliy rahbariyatni ishdan bo‘shatishni. Biroq, Moliya vazirligi Yaponiya Banki byudjetining, monetar siyosatga aloqasi bo‘lmagan, bir qismini nazorat qilishda davom etadi, bu holat Bank mustaqilligini bir oz darajada kamaytiradi.



Download 29,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish