Ko‘prikdan pastda uzunchoq miyaning ventral qismi joylashgan. Unda o‘zaro oldingi o‘rta yorig‘ bilan ajralgan piramidalar (pyramis medullae oblangatae), ulardan tashqarida esa yumaloq tepacha oliva (oliva) ko‘rinadi. Ko‘prik bilan piramidaning o‘rtasidan VI juft bosh miya nervi uzoqlashtiruvchi nervning (n. abdusens) ildizi chiqadi. Undan chekkaroqda miyachaning o‘rta oyoqchasi bilan oliva o‘rtasidan ketma-ket joylashgan VII juft yuz nervi (n. facialis) va VIII juft dahliz-chig‘anoq nervining (n. vestibulocochlearis) ildizsi chiqadi. Uzunchoq miyaning olivasi orqasidagi egatdan birin-ketin IX juft til-yutqin nervi (n. glossophyngeus), X juft adashgan nerv (n. vagus) va XI juft qo‘shimcha nervning (n. accessorius) ildizlari chiqadi. XII juft til osti nervining (n. hypoglossus) ildizi esa piramida bilan oliva o‘rtasidagi egatdan chiqadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq bosh miyasi nisbatan katta bo‘lib, uning og‘irligi o‘rtacha og‘il bolalarda 390g, qiz bolalarda 355g bo‘ladi. To‘rt yoshgacha miya, bo‘yiga va balandligiga bir tekis o‘sib, uning og‘irligi bir yoshda 2 marta, 3-4 yoshda 3 marta oshadi, 7 yoshdan so‘ng miya og‘irligi sekin o‘zgarib, 20 yoshda erkaklarda 1355g, ayollarda 1220g ni tashkil qiladi. Bosh miyani ayrim qismlari bir xil o‘smaydi. Peshona va tepa bo‘laklari nisbatan tez o‘ssa, ensa bo‘lagi esa juda sekin o‘sadi.Miya so‘g‘oni. Miya so‘g‘oni (truncus ensephali) tarkibiga uzunchoq miya (medulla oblangata), ko‘prik (pons) va o‘rta miya (mesencephalon) kiradi. - Ko‘prikdan pastda uzunchoq miyaning ventral qismi joylashgan. Unda o‘zaro oldingi o‘rta yorig‘ bilan ajralgan piramidalar (pyramis medullae oblangatae), ulardan tashqarida esa yumaloq tepacha oliva (oliva) ko‘rinadi. Ko‘prik bilan piramidaning o‘rtasidan VI juft bosh miya nervi uzoqlashtiruvchi nervning (n. abdusens) ildizi chiqadi. Undan chekkaroqda miyachaning o‘rta oyoqchasi bilan oliva o‘rtasidan ketma-ket joylashgan VII juft yuz nervi (n. facialis) va VIII juft dahliz-chig‘anoq nervining (n. vestibulocochlearis) ildizsi chiqadi. Uzunchoq miyaning olivasi orqasidagi egatdan birin-ketin IX juft til-yutqin nervi (n. glossophyngeus), X juft adashgan nerv (n. vagus) va XI juft qo‘shimcha nervning (n. accessorius) ildizlari chiqadi. XII juft til osti nervining (n. hypoglossus) ildizi esa piramida bilan oliva o‘rtasidagi egatdan chiqadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq bosh miyasi nisbatan katta bo‘lib, uning og‘irligi o‘rtacha og‘il bolalarda 390g, qiz bolalarda 355g bo‘ladi. To‘rt yoshgacha miya, bo‘yiga va balandligiga bir tekis o‘sib, uning og‘irligi bir yoshda 2 marta, 3-4 yoshda 3 marta oshadi, 7 yoshdan so‘ng miya og‘irligi sekin o‘zgarib, 20 yoshda erkaklarda 1355g, ayollarda 1220g ni tashkil qiladi. Bosh miyani ayrim qismlari bir xil o‘smaydi. Peshona va tepa bo‘laklari nisbatan tez o‘ssa, ensa bo‘lagi esa juda sekin o‘sadi.Miya so‘g‘oni. Miya so‘g‘oni (truncus ensephali) tarkibiga uzunchoq miya (medulla oblangata), ko‘prik (pons) va o‘rta miya (mesencephalon) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |