Bosh miya bilan orqa miyadagi nerv hujayralaridan o’simtalar boshlanadi; periferiyaga boruvchi nerv tolalari ana shu o’simtalardan iborat. Nerv tolalari turli yo’g’onlikdagi tutamlarni hosil qiladi. Nerv tolalarining shunday to’plami nerv deb ataladi.

Nervlar markaziy asab tizimini tanamizdagi turli organlar bilan bog’laydi. Qo’zg’alish nervlar orqali yo markaziy asab tizimidan ishlovchi organga yoki tanamizning turli qismlaridan markaziy asab tizimiga boradi. Nervlar qo’zg’alishni qay tomonga o’tkazishiga qarab ikki guruhga bo’linadi. Bir guruh nervlar qo’zg’alishni markaziy asab tizimidan ishlovchi organlarga o’tkazadi. Ular efferent (markazdan qochuvchi yoki harakatlantiruvchi) nervlar deb ataladi. Ikkinchi guruh nervlar ko’zg’alishni tanamizninig turli qismlaridan va turli organlardan markaziy asab tizimiga o’tkazadi. Ular birinchi guruh nervlardan farq qilib, afferent (markazga intiluvchi yoki sezuvchi) nervlar deb ataladi. Ko’pincha shu ikki xil nerv tolalari bir dastadan boradi, shu sababli ko’pchilik nervlarimiz aralash nervlardan hisoblanadi.
osh miya (encephalon) uni o‘ragan pardalari bilan birga kallaning miya qismi ichida joylashgan. Uning ustki yon yuzasi kalla qopqog‘i ichki yuzasiga mos ravishda gumbaz hosil qiladi. Pastki yuzasi kallaning ichki asosidagi chuqurchalarga mos murakkab relefga ega. Bosh miyaning og‘irligi katta odamlarda 1100 dan 2000 g gacha, o‘rtacha: erkaklarda 1394 , ayollarida 1245 g. Bosh miya uch yirik qismdan: katta miya yarimsharlari, miyacha va miya so‘g‘onidan iborat.

Katta miya (cerebrum) markaziy nerv tizimining odamda kuchli taraqqiy etgan eng katta va faoliyat jihatidan ahamiyatga ega qismi. Katta miyaning bo‘ylama yorig‘i (fissura longitudinalis cerebri) uni o‘ng va chap yarimsharlarga ajratadi. Yarimsharlar o‘zaro qadoq tana (corpus collosum) vositasida qo‘shilgan. Yarimsharlar orqa tomonda ko‘ndalang yorig’ (fissura transversa cerebri) vositasida miyachadan ajrab turadi. Miya yarimsharlarining tashqi yuzasi turli chuqurlikdagi egatlar (sulci cerebri) joylashgan. Chuqur egatlar yarimsharlarni bo‘laklarga (lobi cerebri) ajratsa, mayda egatlar pushtalarni (gyri cerebri) chegaralaydi. Bosh miyaning pastki yuzasi yoki asosi yarimsharlar, miyacha va miya so‘g‘oning ventral qismlaridan hosil bo‘lgan. Uning oldingi qismlarida peshona bo‘lagining ostki yuzasida hidlov piyozchalari (bulbi olfactori) joylashgan. Uning ventral yuzasiga burun bo‘shlig‘idan g‘alvir suyakning ilma-teshik plastinkasidagi teshiklardan o‘tuvchi 15-20 hidlov nervlari (nn. olfactorii) I juft bosh miya nervi keladi. Hidlov piyozchasidan orqaga qarab hidlov yo‘li (tractus olfactorius) yo‘naladi. Uning orqa qismlari kengayib hidlov uchburchagini (trigonum olfactorum) hosil qiladi. Hidlov