Markaziy Osiyoning Targushlar davridagi iqtisodiy siyosiy ijtimoiy madaniy ahvolini yoritish va taxlil etish asosiy maqsad qilib belgilangan.
Mazkur maqsadni amalga oshirish o‘z navbatida quydagi vazifalarni belgilab olindi:
Targushlar davlatining tashkil topish jarayonini yoritish;
Davlatning boshqaruv tizimini taxlil etish;
Targushlar va Qoraxitoylar o‘rtasidagi munosabatlarni yoritish;
Targushlar davlatining ijtimoiy va iqtisodiy ahvolini taxlil etish;
Targushlar davlatining madaniy taraqqiyot darajasini ko‘rsatish;
Targushlar davlati inqrozi sabablarini taxlil etish;
I bob. VIII asrda Markaziy Osiyoda etnik jarayonlar – turkeshlar masalasi.
1.1 Turkashlar davlatining paydo bo‘lishidagi shart-sharoit. Davlatning tashkil topishi
Qozogʻistonlik tarixchi Y. A. Zuyevning fikricha, turkashlarning qadimgi ajdodlaridan birini yuyechji qabilalari tashkil qilgan. Turkashlar toʻgʻrisida ilk maʼlumotlar VII asrning 2-choragidan uchraydi. Ular, asosan, Yettisuvda yashagan. Bu davrda turkashlar Gʻarbiy Turk xoqonligi hududida yashagan dulu qabilaviy ittifoqiga kirgan. VII asrning oxirida turkashlar oʻz davlati — Turkash xoqonligini barpo etdi. Turkashlar 2 katta guruh — qora va sariqlarga boʻlingan. Ular oʻrtasida vaqt-vaqti bilan oʻzaro kelishmovchiliklar boʻlib turgan. Gardiziyning maʼlumotiga qaraganda, turkashlar 2 urugʻ: tuxsi va azlarga boʻlingan. 766-yil qarluqlar kuchayib Turkash xoqonligini tugatdilar va turkashlarning asosiy qismini oʻzlariga boʻysundirdilar. Turkashlarning qolgan qismi uygʻurlarga qaram boʻldi. L. N. Gumilyovning fikricha, bu voqeadan soʻng turkashlar xalq sifatida tugatildi. Ularning bir qismi qarluq nomini qabul qildi, qolgani esa uygʻurlar tarkibiga singib ketdi. Ammo, shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, turkashlarning nomi IX asrda ham manbalarda uchraydi. Az va tuxsi urugʻlarining nomi esa keyingi asrlarda ham manbalarda tilga olingan. Ularning bir qismi Toshkent vohasi va Zarafshon vodiysida mahalliy turkiy aholi bilan aralashib ketgan va oʻzbek xalqining bir qismiga aylangan.Turgashlar - torgesh, turgash, turkash, turgish, turish nomlari bilan malum bolgan ilk orta asrlardagi turkiy xalqlardan biri hisoblangan. Hozirgi kunda bu nom zamonaviy oltoy xalqlari ichida tirgesh shaklida saqlanib qolgan. Turgashlar on oq elining dulu konfederatsiyasiga kiruvchi juda kuchli qabilalar ittifoqidan biri hisoblanar edi. Turgashlar sariq va qora uruglarga bolingan bolib, ular doimo urushib kelishgan. Qadimgi xitoy salnomalarida turgashlarning qora va sariq etnik guruhlardan tashkil topganligi etirof qilingan. V.V.Bartold, turgashlar asosan ikki bolimdan (az va tuxsilardan) iborat bolganligini takidlaydi.VI asrning asrning songgi choragida garbiy turk hoqonlarini on oq eli tan olmay qoygan paytda turgashlar tanila boshlagan. Turgashlar on oq elining eng kuchli uruglaridan biri bolib, ular nafaqat garbiy turk hoqonlariga qarshi kurashgan, hattoki ozlarining homiylari bolishgan Xitoydagi Tan davlatini ham tan olishmagan. VII asrning 80-yillarida turgashlar Xitoy qoshinlari bilan tez-tez toqnashib turishgan. Manbalarda 679-yilda turgashlar bilan Tan qoshinlari ortasidagi janglar haqida malumotlar uchray boshlaydi.
Turgashlarning eng xavfli dushmani 702-yilda Beshbaliqda vujudga kelgan Beytin Xitoy noibligi hisoblangan. Beshbaliqda yirik Xitoy gornizoni bilan birga Xitoy imperiyasiga qaram bolgan Ashin urugidan chiqqan sardorlar toplangan edi. Ashin urugi sardorlari on oq eli hoqonining taxtiga davo qilib chiqmoqda edilar. 704-yilda davogarlardan biri Ashin urugidan bolgan Sin Bern-shod bilan Ettisuvni kezib chiqadi. Turgashlar ularga bir nechta javob hujumlari uyushtirgan va ashina uruglarini yengan.
Uch-elik hoqoninig taxt vorisi Sakai (Soge) hoqon (706-711) edi. Uning davrida turgashlar davlatining ichki ahvoli mustahkam emas edi. Sakai davrida Tan qoshinlari qollab-quwatlab turgan qabila aslzodalari davlatga qarshi qozgalon kotarishadi. 708 yilda Sakai qozgolonni tor- mor qilib, Kucha (Axsi) da Xitoy noibi qoshinini maglubiyatga uchratadi. Shu bilan janubdan boladigan xavf-xatar biroz toxtaydi. Lekin kop otmasdan, akasining taxtiga davogar bolgan Sakalning kichik ukasi Chjenu qozgalon kotaradi. Chjenu yordam sorab 682 yilda tashkil topgan Sharqiy Turk hoqoni Kapagan (Mochjo) hoqon (691-716)ga murojaat qiladi. Bu davrda Sharqiy Turk hoqonligi taraqqiyotining yuqori choqqisiga chiqqan edi. Kapaganning Shimoliy Xitoydagi Xitoy armiyasiga qarshi muvaffaqiyatli hujumlari, kidanlaming agdarilishi (696-697), Tuvaning boysundirilishi va Enisey qirgislari davlatining qulashi (709-710) uni Markaziy Osiyoning xojayiniga aylantirib qoyadi. Turgashlar davlatidagi ichki siyosiy vazuyat Kapaganga uning ichki ishlariga aralashuviga bahona boldi. Kapagan bu vaziyatdan foydalanib, Chjenuga yordam berishga rozi boldi.
2. VIII asrning 90-yillarida turgashlarning kuchli qabilaviy ittifoqining sardori Uch-elig Garbiy turk hoqonligigga qarshi kurashib, ulami yengadi va butun Garbiy Turk hududida oz hukmronligini omatadi va ozini hoqon deb elon qiladi. Vujudga kelgan Turgashlar davlatining asoschisi Uch-elig hoqon 699-706-yillarda mamlakatni idora qilgan. U Baga-tarhon unvonini qabul qilgan.
Uch-elig hoqon juda dono va uzoqni ko‘ra bilgan davlat arbobi, qobiliyatli diplomat bo‘lib, turk qabilalari sardorlari oldidda katta hurmatga sazovor bo‘lgan. U Xosrav Bo‘ri-shod hoqonga tobe bo‘lgan ko‘chmanchi qabilalaming aksariyatini o‘ziga og‘dira ola bilgan. Uch-elig Suyob va Ili daryosi bo‘yidagi Kungutni bosib olib, u yerlarda o‘zining qarorgohini qurgan. Demak, turgash- laming ikkita qarorgohi bolgan, biri Suyob, ikkinchisi esa Kungut. Sirdaryoning orta oqimidan to
Irtish daryosigacha bolgan yerlar Uch-elig hoqon mulkiga aylangan. U mamalakatni tepasida tutuq turgan 20 ta udelga bolib boshqargan. Har bir udel tutuqi hoqonlikka 7 ming jangchi yetkazib bergan. Jami bir yola 140 ming qoshin toplangan. Bu juda katta harbiy kuch bolib, Turgash hoqoni dushmanlari u bilan hisoblashishga majbur bolgan. Ozining haqiqiy hokimyatini yoqot- gan Xosrov-Bem-shod hoqon va uning tarafdorlari Yettisuv atroflarini jangsiz tashlab, Beshbaliqqa ketgan. Xosrov-Bem-shod qol ostidagi garbiy turk qabilalaridan taxminan 70 ming kishi u bilan ketgan.
Bu davrda turgashlarga Sharqiy turklar tomonidan kuchli xavf sezilib turardi. Malumki 630- yilda Xitoydagi Tan davlati Sharqiy Turk davlatini bosib olgan edi. 679-681-yillarda Tan davlatiga qarshi Turklaming isyoni bolib otgan. Qozgolonchilar Xitoy hukmronligini agdarib tashlagan. Natijada, 682-yili Sharqiy Turk hoqonligi qayta tiklanadi. Bu davlatni tarixchilar Ikkinchi Sharqiy Turk hoqonligi deb atashgan. Davlatga Qutlug Chor asos solgan (682-691). U Ilterish hoqon unvonini olgan. Sharqiy Turk hoqonligining yuksalish davri Ilterishning ukasi Kapagan hoqon (691-716) davriga togri keladi. U katta armiya tuzadi. 693-706-yillarda olti marta Xuanxega yurish qilib, Tan davlatining shimoliy viloyatlarini talaydi, aholisining aksariyatini asir oladi. Sharqiy Turk hoqonligining garbiy chegaralari Tarbagatay va Oltoygacha, yani turgashlar chegaralarigacha chozilgan. Kapagonning vafotidan keyin hokimyatga Ilterivning ogli Bilga hoqon (716-734) keladi. Lekin hokimyatdagi aksariyat ishlar Kultegin hoqon davrida amalga oshirilgan edi.
699-766-yillarda hukmronlik qilgan Turgashlar hoqonligi hukmdorlari mustahkam davlat tuzishga harakat qilishgan. Turgashlar hoqonligi kochmanchilar davlati edi. Davlatni hoqon unvoni bilan hukmdor idora qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |