Kirish
Mavzuning dolzarbligi :
O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi yillarida xalqimizning
manaviy merosining asosi bo’lgan o’tmish tarix e’tibor kuchayib, uning har tomonlama, chuqur va haqqoniy yoritilishiga e’tibor kuchaydi. Yurtboshimiz ta’kidlagandek, tarix “...millatning haqiqiy tarbiyasiga aylanib bormoqda, buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib yangi fuqorolik ongini shakillantirmoqda ”.1
XI asrning so’nggi choragi va XII asrning birinchi yarmida Xorazmshohlar sulolasi Markaziy Osiyo tarixiy jarayonlariga katta ta’sir ko’rsatgan siyosiy kuchga aylanib, o’zining yirik davlatini shakllantira oldi. Bu davrda Markaziy Osiyoda katta kuchga ega bo’lgan Qoraxoniylar davlati Saljuqiylar davlati bilan ziddiyatlari natijasida kuchsizlana boshlagan edi. Shuningdek, qoraxitoylarning Markaziy Osiyoga kirib kelishi natijasida qoraxoniylar va saljuqiylarning tarix sahnasidan ketishlari Xorazmning mustaqil davlatga aylanish uchun zamin yaratilgan. Bu davrda Xorazmda hukronlik qilayotgan Anushteginlar Horazmshohlar davlatiga asos soldilar. Anushteginlar davrida (1097-1231 y.y) Markaziy Osiyoda iqtisodiy-ciyosiy va madaniy yuksalish davri bo’ldi. O’ziga xos davlat boshqaruv tizimi, ma’muriy- hududiy tuzilmaga ega mazkur saltanat, bu borada, o’zidan oldingi barcha musulmon davlatlarining tajribasiga suyandi. IX asrda boshlangan Renessans, ya’ni Uyg’onish davrida Xorazmshohlar sulolasi o’zining yuksalishiga erishdi. Xorazmshohlar davlati tarkibiga kirgan Samarqand, Buxoro, Mazondaron, G’azna, Xuroson, Seyiston, Gurjuston, Kashmir kabi boshqa ko’pgina shaxarlarda iqtisodiy yuksalish kuzatilgan.
Xorazmshohlar davlati hozirgi O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoyning ozgina qismi, Hindiston, Pokiston, Afg’oniston, Eron, Iroq, Turkiya, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Dog’iston respublikalari hududlarini birlashtirgan ulkan imperiya bo’lgan. Unga 450 yaqin shaxar va viloyatlar kirgan. XIII asr boshida Gurganj yirik siyosiy boshqarish, madaniy, hunarmandchilik va savdo markazi bo’lgan.
Bu imperiya Sulton Muxammad Xorazmshoh va uning onasi Turkon xotin o’rtasidagi ziddiyatlar natijasida inqrozga uchradi. Bu esa, Chingizxon boshchiligidagi mo’g’ullarning bu xududni bosib olishiga imkon yaratdi.
Xorazmshohlar davlati o’zining bir asrdan ko’proq hukmronlik davrida Markaziy Osiyo xalqlari tarixida o’chmas iz qoldirdi. Birgina mo’g’ullarga qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdining jasorati hanuzgacha avlodlar uchun o’rnak bo’lib kelmoqda. Xorazmshohlar davlatining Markaziy Osiyoda tutgan o’rnini yoritib berish, taxlil etish bugungi kunning dolzarb mavzularidan biriga aylangan