1.2.Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov asarlarida ma’naviyat va ma’rifat masalalari.
Ma’lumki, xalqimiz tarixining buyukligi, avvalo, ma’naviyati va ma’rifatining yuksakligi bilan belgilanadi. Xorazmiy, Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur,Behbudiy kabi buyuk ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyotiga, xususan ilm-fan, ma’naviyat va ma’rifatning yuksalishiga ulkan hissa qo‘shgan.Temuriylar, Boburiylar tomonidan yaratilgan buyuk saltanatlar, ular rahnamoligida barpo etilgan muhtasham tarixiy obidalar bugun ham xalqimiz daholarining yorqin namunalari sifatida dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda. Xalqimiz daholari yaratgan yuzlab badiiy asarlar jahon adabiyotining tengsiz durdonalari sifatida insoniyatning ma’naviy mulkiga aylangan. Xullas, o‘zbek xalqi ma’naviyatini yuksaklikka ko‘targan misollarning chek-chegarasi yo‘q. Ular vatandoshlarimizning dunyoqarashi, fe’l-atvori, tafakkuri va tiynatida, urf-odatlari, an’alari va udum larida o‘z ifodasini topgan.
Sovetlar hukmronligi davrida hattoki, islomdan oldin paydo bo’lgan qadimiy Navro‘z bayramini nishonlash ham ta’qiqlangan. Uning o‘miga «Leninning hayoti va faoliyati targ’ibotiga asoslangan ilg‘or, sovet udumlarini joriy etish» ga xizmat qiladigan, milliy xususiyatlarimizga zid bo’lgan soxta «udum»lar zo‘ravonlik bilan kiritishgan. Ramazon va Qurbon hayiti kunlari KPSS propagandistlari xudosizlikni targ’ib qilishga zo‘r berishgan. Ateistik propagandani kuchaytirish to‘g‘risida maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Hayit namozlarining oldini olish uchun masjid – madrasalar atrofiga militsiya xodimlaridan iborat soqchilar qo‘yilgan. Butun boshli xalq dahriylikka, e’tiqodsizlikka mahkum etilgan edi1.
Amal kursisiga zulukdek yopishib olgan, aslida, xalq manfaatini himoya qilishi lozim bo’lgan mansabdor shaxslar uyma-uy yurib, doshqozonlarda qaynayotgan sumalaklami ag‘darishgan, qoloqlik va feodalizm sarqiti sifatida milliy liboslarimizdan voz kechishga, diniy marosimlarda qatnashmaslikka da’vat
qilishgan. KPSS faollarini «jangovarlik»ka chaqirilgan qarorlardan birida shunday
ta’kidlanadi: «Ideologik, siyosiy tarbiyaviy ishni olib borishda partiya komitetlari jiddiy xatoliklar va nuqsonlarga yo’l qo‘ymoqdalar, ko‘pgina salbiy hodisa va jarayonlarga printsipial partiyaviy pozitsiyalarda turib qarab chiqilmayotir, ularning mohiyati, asl sabablari ochib tashlanmayotir»1.
Xalqimizning boshiga o ‘sha paytda tushgan ko‘rgiliklami sanab, adog’iga etish qiyin. Eng ayanchlisi shuki, jahon madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan dunyoga ma’rifat ulashgan jafokash xalqimizni «paxta o‘g ‘risi» ga chiqarishdi. Bir umr zahmat chekib, kosasi oqarmagan oddiy dehqonlarni, ulaming oila a ’zolarini, sochiga oq tushgan mo‘tabar onaxonlarimizni ham «poraxo‘r» degan «ayb» bilan
qamashgan. «Markaz» da o‘tirgan, «uzoqni ko‘radigam rahbarlar O‘zbekistonga o‘zlari yuborgan «desantchilar» ni xalqimizga qarshi gij-gijlab, ularning o‘chog‘iga o‘t qalab turgan2.
Biz mustaqillikka erishgan paytda jamiyat shunday og‘ir, tanazzul ko’liga tortilgan, xalqning ruhi cho‘kkan, odamlar ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yo‘qotgan, jinoyatchilik avjiga mingan, bosqinchilik, odam o’ldirish, mashina o‘g’irlash kabi mudhish jinoyatlar odat tusiga kirgan edi. Prezident Islom Karimov o ‘sha davrdagi vaziyatni quyidagicha izohlagan: «Xalqning urf-odatlari, an’analari, madaniyati obdon oyoq osti qilindi, ona tilining qo’llanish sohasi sun’iy tarzda cheklab qo‘yildi. Hatto, shundoq ham milliy an’analardan ancha olisda bo‘lgan ayrim san’at turlari ham kimlargadir maqbul bo ‘lmay qoldi va ulami yangilashga urindilar. Hatto, milliy libos ham qoralandi. Kezi kelganda, odamlar milliy an ’analar bo‘yicha to ‘y qilish, qarindosh-urug‘larini dafn etishga ham cho‘chib qolgan edilar»3.
Ana shunday murakkab sharoitda xalqni yangi mustaqil davlat barpo etishga safarbar qilish uchun, avvalo, uning ma’naviyatini, ruhiyatini tiklash lozim edi. Xuddi shu sabab O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti o‘z faoliyatini ma’naviyatimizni tiklashdan boshladi.
O‘tgan yillar davomida totalitar tuzum davrida ta’qiqlangan milliy tafakkurimiz va tarixiy xotiramizning yorqin ifodasi ramzi bo‘lgan milliy va diniy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an’analarimiz, bayramlarimiz, qariyb unutilayozgan buyuk ajdodlarimizning muborak nomlari hayotga qaytdi, ularning ezgu ishlari e’zoz va qadr topdi. Tashlandiq joylarga aylanib, vayrona bo’lgan minglab masjid-u madrasalar, muqaddas qadamjolar ta’mirlandi. Man qilingan kitoblar chop etildi. Tariximiz to ‘g ‘risidagi asl haqiqat ro‘yobga chiqdi.
O‘zimizga savol berib ko‘raylik: bularsiz biz kimmiz? Hayotimizni ularsiz tasavvur eta olamizmi? Bu savollarga insof bilan, to‘g ‘ri javob bera olsakkina masalaning tub mohiyatiga yetishimiz mumkin.
Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 1989-yiliyoq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Milliy qadriyatlarimiz tiklana bordi.
Jumladan, 1991- yil 12- fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublikada «Navro‘z» umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o’tkazish haqida»gi Farmoni e ’lon qilingan1. Unda «asrlar davomida shakllangan urf-odatlar va udumlarni e’ozlash maqsadida «Navro‘z» bayramini keng nishonlash yuzasidan chora-tadbirlar» belgilangan. Bayram munosabati bilan sovet davrida qamoqqa olingan bir qator vatandoshlarimiz Prezident farmoyishiga binoan avf etilgan. Mana shundan boshlab «Navro‘z» tom ma’nodagi xalq bayramiga aylangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, 1991-yil 16-aprel Ramazon hayiti kuniga to‘g‘ri kelganligi munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilingan edi. Xalqimizning xohish va irodasi ifodalangan bu tarixiy Farmonni barcha mo‘min-musulmonlar katta shod-u xurramlik bilan kutib olishgan. Aynan shu sanadan boshlab yurtimizda Ramazon va Qurbon hayitlari bayram qilib kelinmoqda. Faqat mustaqillik sharofati bilangina minglab yurtdoshlarimiz haj ibodatlarini emin-erkin ado etish huquqiga ega bo’ldi. Sovet davrida muqaddas haj safariga yiliga bir-ikki kishi borgan bo’lsa, hozirgi kunda kelib yiliga 5 mingdan ortiq vatandoshlarimiz hajga borib kelmoqdalar. Diniy merosimiz sarchashmalari bo’lgan «Qur’oni karim» va Hadisi shariflar o‘zbek tiliga tarjima qilinib, ko‘p ming nusxada bir necha marta nashr qilindi. Xalqimiz bu merosning chinakam sohibiga aylandi. Bu borada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov shunday degan edi: «Odamzotning rizq-nasibasi faqat nongina emas. Jumhuriyat hududida o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi, ilgari ta’qiqlab qo‘yilgan urf-odatlar va an’analarning tiklanishi, xalq e’zozlagan «Navro‘z» bayramining qayta tug‘ilishi, shu kunning dam olish kuni deb e’lon qilingani, O‘zbekistondan xizmatga chaqirilayotgan yigitlar qurilish qismlaridagi harbiy xizmati tartibining o‘zgartirilishi va boshqa ko‘p tadbirlar insonga g‘amxo‘rlik, xalqqa izzat-ikromning mujassam bo‘lishidir. Bularning hammasi, birovlar behuda uqtirishga urinayotganidek, xalqqa xushomad emas, balki bizning
printsipial yo’limizdir, biz bu yo‘lni kelajakda ham izchillik bilan amalga oshiraveramiz»1.
Shunday qilib, tarix uchun bir soniyadek bo’lgan bu davrda O‘zbekiston asrlarga tatigulik taraqqiyot va ma’naviy yuksalish yo’lini bosib o ‘tdi. Xalqimizning asrlar mobaynida misqollab to ‘plagan bebaho ma’naviy merosini tiklash va odamlarni undan bahramand qilish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Buyuk ajdodlarimizning tavallud to‘ylari, qadimiy shaharlarimiz va «Avesto», «Alpomish» kabi buyuk asarlarimizning yubileylari o’tkazildi.
Bularning ahamiyati nimada?!
Bular tufayli, birinchi navbatda, biz o ‘zligimizni angladik, o’tganlaming ruhi shod, ko‘ngil mulkimiz obod bo’ldi. Shahar va qishloqlar, madrasa-yu masjidlar qayta tiklandi, qanchadan-qancha kitoblar chop etildi. Ikkinchidan, ma’naviyatimiz orqali millatimiz qadri, sha’n-u shavkati tiklandi. Bular hammasi mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yosh avlod uchun vatanparvarlik va fidoyilik, elim deb, yurtim deb yonib yashashning, millat istiqboli uchun qayg‘urishning yorqin ifodasi
bo’lib qoldi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Oliy Majlisning Birinchi chaqiriq, Birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqlarida: «Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat – ma’rifatli insonning ikki qanotidir»,2 - deb ko‘rsatgan edilar. Bu fikrlar isboti o’laroq mamlakatimizda ma’naviy –ma’rifiy sohada amalga oshirilgan islohotlar boshqa sohalarda amalga oshirilgan islohotlar bilan birga izchillikda amalga oshirila boshlandi.
“Jahon xalqlari tajribasi, ularning bosib o‘tgan murakkab rivojlanish yo‘llari, bu boradagi saboq va xulosalar shundan dalolat beradiki, qaerda davlat va jamiyat taraqqiy topsa, xalqning tinch-osoyishta hayot kechirishi, o‘z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar qo‘yib yashashi uchun etarli shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, o‘sha erda erkin fikrlash muhiti va shu asosda ma’naviyat yuksalish uchun yangi imkoniyatlar tug‘iladi”.1
Endilikda mamlakatda amalga oshirilgan islohotlarda ma’naviyatning millatni taraqqiyotga yetaklovchi, davlatning qudratini oshiruvchi muhim omil sanalishi hisobga olindi.
Birinchi Prezidentimiz o‘z asarlarida O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin amalga oshirilgan tub islohotlar va ularning mohiyati va ahamiyati, xalqimiz hayotiga ta’siri asosiy ustuvor yo‘nalishlarini tahlil qilib umrini o‘tab bo‘lgan sho‘ro tuzumi qonun-qoidalaridan voz kechgan holda, erkin bozor munosabatlariga o‘tish va yurtimizda demokratik jamiyat qurish strategiyasini ishlab chiqish va bu yo’ldagi ulkan amaliy ishlar sari dadil qadam qo‘yilgani o‘z-o‘zidan yuz bermaganini izohlaydi. Buning uchun avvalo xalqimizning hayot tarzi,
milliy an’ana va qadriyatlari, aholining kayfiyati har tomonlama hisobga olinadi. Chunki islohotlarning pirovard natijasi xalqning ularga ongli munosabati, ulami to‘liq qo‘llab-quvvatlashi va chuqur anglab yetishiga bog’liq. Aynan ana shunday mezonlar asosida butun dunyoda “O‘zbek modeli” sifatida tan olingan taraqqiyot modeli ishlab chiqildi. Bu modelning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1) iqtisodning siyosatdan xoli ekani;
2) davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;
3) qonun ustuvorligi;
4) kuchli ijtimoiy siyosat;
5) islohotlami tadrijiy ravishda amalga oshirish.
Birinchi Prezidentimizning “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li asarlarida “O‘zbek modeli” tamoyillarini amalga oshirish natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ulaming ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-mafkuraviy ahamiyati ochib berilgan.
“Demokratiya avvalambor ma’naviy mezonlar asosida boshqariladigan, kuchli huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati demakdir .Barqaror bozor iqtisodiyoti ochiq tashqi siyosatga asoslangan de okratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish pirovard maqsad bo’lib qolishi kerak. Shunday jamiyatgina O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqlari va erkinligini kafolatlashi, milliy an’analar va madaniyat qayta tiklanishi, shaxs sifatida insonning ma’naviy axloqiy kamol topishini ta’minlashi mumkin»1, - deb yozgan edilar Birinchi Prezidentimiz.
O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishning murakkab davrida davlatning bosh islohotchilik roliga tayanib, aholining ko‘makka muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda keskin ijtimoiy larzalarga, eskilik tarafdori bo’gan kuchlarning norozilik chiqishlari, turli buzg‘unchilik harakatlariga yo’l qo‘ymasdan, yurtimizda tenglik va barqarorlikni saqlab o‘zining ezgu maqsadlari sari bosqichma-bosqich, qat’iyat bilan ilgarilab bormoqdi va natijada xalqning ruhi, farovonlik darajasi ortib, uning bunyodkorlik salohiyati ro‘yobga chiqdi . Eng muhimi, ma’naviy-tarbiyaviy ishlar natijasida odamlarning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda, yangi tuzumning afzalligini anglab, o‘zining kuch va imkoniyatlariga bo’lgan ishonchi, yon-atrofdagi o‘zgarishlarga daxldorlik hissi ortib bordi.
Birinchi Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch» nomli asarlarining chop etilishi mamlakatimiz hayotida juda katta voqea bo’ldi. Ushbu kitobda insoniyat yaralgandan boshlab uning hayotida asosiy rol o‘ynagan ma’naviyatning ma’nosi, mazmuni uning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, buyuk yaratuvchilikdagi ahamiyati, ma’naviyat tushunchasining nazariy va am aliy tom onlari har tomonlama keng qamrovli fikr va mulohazalar orqali ilmiy jihatdan tahlil etiladi hamda asoslangan xulosalar chiqariladi.
Asarni o ‘rganish va ma’naviy-tarbiyaviy ishlarda foydalanish shuning uchun ham hayotiy zaruratni, unda mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin xalqimizning uzoq vaqt unutilgan yoki ataylab odamlardan berkitilgan milliy
ma’naviyatimizni tiklash, uni xalqimizning kelajagini o‘ylab, yurtimizning ravnaqi yo‘lida rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, bu borada
oldimizda turgan ulkan vazifalar haqida fikr yuritiladi. Birinchi Prezidentimiz
ta ’kidlaganlaridek, “O‘tgan davr mobaynida eski tuzumdan og‘ir meros bo‘lib qolgan ana shunday illatlarga, el-yurtimizga nisbatan kamsitish va milliy manfaatlarimizni mensimaslik holatlariga barham berish, ko‘hna qadriyatlarimizni, dinu-diyonatimizni tiklash, hayotimizda tarixiy adolatni qaror toptirish, yangi
jamiyat qurish yo‘lida xalqimizning ma’naviy yuksalishini o‘z oldimizga qo‘ygan olijanob maqsadlarga yetishda hal qiluvchi mezon deb qarash va shu asosda ish olib borish biz uchun doimo ustuvor vazifa bo‘lib kelganini va bugun ham e’tiborimiz markazida turganini ta’kidlash lozim”1.
Bu fikrlar har bir vatanparvar fuqaroni o‘ylantiradi va hushyorlikka chaqiradi.
O‘zbekiston bozor munosabatlariga o ‘tish, huquqiy demokratik davlat qurish, yangicha fikrlaydigan, mehnatga yangicha munosabat bilan qaraydigan yoshlami tarbiyalash, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash, xalqimiz uchun farovon turmush sharoitini yaratish yo’lidan bormoqda. Albatta bu ish nihoyatda murakkabligini, bir qator qiyinchiliklarni, ayniqsa xalqimiz ongida zamonaga mos o‘zgarish qilish lozimligini ko‘pchilik tushunadi. Bu o‘zgarishlar, ma’naviyat bilan, ma’naviy tarbiya bilan bog‘liqdir.
Ushbu asarni o‘rganish yana shuning uchun zarurki, unga mustaqil O‘zbekistonimizni dunyoga tanitishda, jahon xalqlarini mamlakatimizda olib borilayotgan ulkan ishlar bilanmtanishtirishda, xalqimizga xos bo’lgan yuksak
ma’naviyat behuda emasligini, uning mustahkam tarixiy-falsafiy ildizlari mavjudligini dunyo xalqlariga tushuntirishda ushbu kitob katta rol o ‘ynadi.
Asarning nazariy va amaliy ahamiyati shundaki, unda davrimizning eng muhim va murakkab muammosi ma’naviyat insonning ulg‘ayishi va kuch-qudrat manbai ekanligi, o‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘qligini, mustabid tuzum davrida m a’naviyatim iz qanday qiyinchiliklarga uchraganligi ilmiy tahlil qilib beriladi.
Asarda aniq dalillar asosida xalqimizga eski tuzumdan og‘ir meros qolganligi, el-yurtimizga nisbatan kamsitish, milliy manfaatimizni mensimaslik holatlari yuz berganligi, ko ‘hna qadriyatlarimiz, din-u diyonatimiz toptalgani ko‘rsatiladi. M ustaqillikdan keyin esa, Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek, “hayotimizda tarixiy adolatni qaror toptirish, yangi jamiyat qurish yo‘lida xalqimizning
ma’naviy yuksalishini o‘z oldimizga qo‘ygan oliyjanob maqsadlarga etishda hal qiluvchi mezon deb qarash va shu asosda ish olib borish biz uchun doimo ustuvor vazifa bo‘lib kelganini va bugun ham e’tiborimiz markazida turganini
ta’kidlash lozim”1.
Shuningdek, kitobda har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi,
ma’naviy qarashlari o‘z-o‘zidan, bo ‘sh joyda shakllanib qolmasligi, ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo’lishi, Sharq olamida, jumladan, o‘zimizning O‘rta Osiyo sharoitida jamoa bo’lib yashash tuyg‘usi g‘oyat muhim jamiyat kasb etishi va odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, bir-birini qo’llab-quvvatlab hayot kechirishga zamin tug‘dirishi alohida ta’kidlanadi.
Xalqimizning turmush va tafakkurida boshqalarga hech o‘xshamaydigan, ming yillar davomida shakllangan, nafaqat o‘zaro muomala, balki hayotimizning uzviy bir qismi sifatida namoyon bo’ladigan bir qator o ‘ziga xos xususiyatlar mavjudligi, jumladan, tilimizdagi mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-mazmuni bilan boyitadigan va to’ldiradigan iboralami boshqa tillarga aynan taijima qilishning o ‘zi mushkulligi, bunday tushunchalar asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ong-u shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasi ekanligi ko‘rsatib beriladi. Kitobda ma’naviy tahdidga alohida urg‘u beriladi.
Birinchi Prezidentimiz: “Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo’lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g ‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim”1.
Hozirgi murakkab sharoitda mamlakat kelajagi uchun bunday xurujlarga xalqimizning barcha qatlamlari bir tanu-bir jon bo’lib kurash olib borishlari zarur.
Agarki, biz bunday xatarlarga qarshi o ‘z vaqtida qat’iyat va izchillik bilan kurash olib bormasak, turli zararli oqimlar bizning yurtimizga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarimizni o‘z girdobiga tortib ketishi, oqibatda ularning ota-ona, oila, el-yurt oldidagi burchi va mas’uliyatini o ‘ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan xudpisand kimsalarga aylanib qolishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas.
“Ayrim ota-onalar, - degan edilar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov, -dabdabali uy-joylar quradi, to‘kib-sochib to‘y qiladi, qator-qator mashinali bo’ladi. Vaholanki, surishtirsangiz, bolasining qayerda, kim bilan yurishi, vaqtni qanday o’tkazishi, qanday bilimga ega ekani na otani, na onani qiziqtiradi. Bolalami eng katta boyligimiz, kelajagimiz deb e’zozlaymiz-u, amalda ularning taqdiriga befarq
qaraymiz”2.
Mana shu achchiq haqiqatni yurtimizdagi har bir inson, har qaysi ota-ona, eng
muhimi, har qaysi yigit-qiz chuqur anglab olishi va uni ongli ravishda tushunish
hamda g‘arazli maqsadlarga qarshi kurashga shay bo’lishi lozim.
Albatta bu borada ota-onalar, ustoz-murabbiylar zimmasiga katta mas’uliyat yuklatiladi. Biz bu masalada bir dam ham hushyorlikni yo‘qotmasligimiz, yoshlar tarbiyasiga aslo beparvo bo’lmasligimiz zarur.
Kitobda ma’naviyatni asrash uchun nima ishlar qilish haqida aniq
vazifalar belgilab berilgan. “Agarki mendan, deb yozadilar birinchi Prezidentimiz hozirgi kunda ma’naviyatimizni asrash uchun nima qilish lozim va unga tahdid soladigan xurujlarga nimani qarshi qo‘yish kerak, deb so‘rasa, men avvalambor, shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirish, bugungi tez o‘zgarayotgan hayot voqeiligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi zarur, deb javob bergan bo’lardim”1.
Bu narsa xalqimizga bo’lgan yuksak ishonch, uning ma’naviy qiyofasining yetukligiga bo’lgan ishonch, tarixiy tajribaga bo’lgan ishonchdir. Albatta bu ishonch yuksak darajada oqlandi. Xalqimiz jahon hamjamiyatidan o‘ziga munosib o‘rin egalladi va kelajakda yuksak darajada rivojlangan, ma’naviy jihatdan namuna bo’ladigan jamiyatni qurish yo’lidan harakat qilmoqda.
Asarda ma’naviyat – insonning ulg‘ayishi va kuch qudrat manbai ekanligi, shu sababligi, ma’naviyatni to‘g‘ri anglash zarurligi, uni shakllantiradigan asosiy mezonlar mavjudligi, ma’naviy va moddiy hayotining uyg‘un bo’lishi haqida ajoyib nazariy va amaliy fikrlar mavjud. Bu narsa tarbiyaviy ishida juda qo’lkeladi.
Umuman olganda, insoniyat tarixi ma’naviyat - insonning, xalqning, jamiyat va davlatning buyuk boyligi va kuch-qudrat manbai ekanini, bu hayotda ma’naviyatsiz hech qachon odamiylik va mehr-oqibat, baxt va saodat bo’lmasligini yaqqol tasdiqlaydi.
Yer yuzida qancha inson, qancha taqdir bo’lsa, har birining o‘z ma’naviy olami bor. Shuning uchun ham o ‘zligini, insoniy qadr-qimmatini anglab etgan har
qanday odam bu haqda o‘ylamasdan yashashini tasavvur qilish qiyin.
Asarda ma’naviy tiklanish va yuksalishning asosi mustaqillik ekanligi ma’naviy hayotda milliy g ‘oyaning qanday rol o‘ynashi, jamiyatning yangilanishida o’tkazilayotgan islohatlarning ma’naviy mezonlari, ya’ni islohatlar insonning ma’naviy qiyofasiga ta’sir etishi ko‘rsatib beriladi.
Bir so‘z bilan aytganda, “aslida har qanday islohotning eng muhim samarasi avvalo xalqning ma’naviy-ruhiy qarashlaridagi yangilanish jarayonlari, uning ong-u tafakkurining yuksalishi, mamlakatda yuz berayotgan o‘zgarishlar uning hayotiga, taqdiriga daxldor bo’lganini chuqur his qilish bilan belgilanadi”, degan fikrlar hayotimizda o‘z tasdig’ini topdi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |