Ma'rifatli siyosat,yuksak ma'naviyat va demokratik islohotlar bilan dunyoga yuz tutayotgan yurt



Download 83,32 Kb.
bet3/3
Sana15.06.2022
Hajmi83,32 Kb.
#674817
1   2   3
Bog'liq
Ma\'rifatli siyosat,yuksak ma\'naviyat va demokratik islohotlar bilan dunyoga yuz tutayotgan yurt

II Bob. “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi”ning qabul qilinishi.
2.1. “Harakatlar strategiyasi” doirasida ma’naviy- ma’rifiy islohotlarning amalga oshirilishi.
O’zbеkistоn jamiyatini mоdеrnizatsiyalashning hоzirgi jarayonida izchil amalga оshirilayotgan ishlar samaraliligi bilan diqqatni tоrtmоqda. Bu borada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonlaridan boshlab berilgan islohotlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev faoliyatlarida yangi ko’lam kasb etib bormoqda.
Har bir davlatdagi ma’naviyat sоhasidagi siyosat dеmоkratik va libеral хususiyatga egaligi bilan jamiyatni mоdеrnizatsiyalash jarayonini tеzlashtiradi. Bu siyosat tеmuriylar davlatining idеоlоglaridan biri Husayn Vоiz Kоshifiy (1442-1505) ibоrasi bilan aytganda, «mamlakatni qo’lda tutish va har kimni o’ziga munоsib o’ringa qo’yish»ga asоslanadi1.
Tariх tajribasidan o’tgan bu ikki qоida butun ham o’z ahamiyatini yo’qоtgan emas. Nеgaki “mamlakatni qo’lda tutish” bu milliy taraqqiyotni ta’minlashda kuchli g’оyaviy asоsga tayanishni va «har kimni o’ziga munоsib o’ringa qo’yish» esa оdamlarni layoqati, mеhnati hamda faоliyatiga ko’ra mazmunli hayot kеchirishga o’rgatishni ifоdalaydi.
Birinchi Prezidentimiz tomonlaridan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi targ’ibot ishlarini keng amalga oshirish Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev faoliyatlarida ham davom ettirilmoqda.
Bu borada ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlarining ta’sirchanligini ta’minlaydigan zamonaviy informatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, jamiyatimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarni ishlab chiqish, davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va qo’llanmalar tayyorlash — bugungi kundagi eng muhim
vazifalar ekanini ko‘rsatib beradi.
Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o‘zgarishlar ro ‘y berayotgan, turli
mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g ‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi”ning qabul qilinishi va islohotlar dasturining izchil amalga oshirilishi muhim qadam bo’ldi1.
Mazkur Farmonning maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmog‘ida keng sharhlab borilishini, uning demokratik islohotlarni chuqurlashtirishga, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, shuningdek inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlash, aholi farovonligini oshirish, fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, jamiyatda qonun ustuvorligi, qonuniylik va adolat, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni qaror toptirish maqsadida davlat organlarining aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini kuchaytirishga yo‘naltirilganini jamoatchilikka tushuntirildi.
Ma’naviy-ma’rifiy soha bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”ning 4-bandi
“Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” doirasida quyidagi vazifalar belgilandi:

  • xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rnini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash;

  • uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;

  • ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko‘rish;

  • maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;

  • umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish;

  • bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;

  • kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;

  • ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish;

  • ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish;

  • jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;

  • yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;

  • yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish;

  • yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.

Oila, mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terroristik harakatlarga adashib qo‘shilib qolish, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarining aksariyat hollarda kutilgan natijani bermayotgani bu masalalarga jiddiy e’tiborni talab etmoqda. 
Ana shu maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining mazmun-mundarijasini tubdan yaxshilash, ularning ko‘lami va miqyosini kengaytirish, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan soha xodimlarining bilim va malakasini izchil oshirib borish, tuman (shahar) darajasidagi xodimlar mehnatiga haq to‘lashning barqaror tizimini yo‘lga qo‘yish, sohada faoliyat olib borayotgan muassasa va tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish va ularning samarasini oshirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazini birlashtirish yo‘li bilan ularning negizida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazini qayta tashkil etish haqidagi Prezident qarori chiqdi1.
Qarorda arkaz faoliyatini tashkil etishda quyidagi asosiy vazifalarga alohida
e’tibor qaratildi:
-mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tizimli va izchil amalga oshirish, bu borada keng jamoatchilik, olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilardan iborat “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatini shakllantirish hamda uning faoliyatini doimiy asosda yo‘lga qo‘yish; 
-dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish; 
-jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; 
-milliy g‘oyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari o‘rtasida keng targ‘ib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini kuchaytirish; 
-targ‘ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish; 
-ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini ta’minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni muntazam yo‘lga qo‘yish; 
-yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish; 
-mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; 
-xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish.
2017-yil yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada ham islohotlarga, yaxshi xabarlarga boy yil bo‘ldi1:

  • 2017-yil 17-yanvar. 2017-yildan o‘zbekistonlik fuqarolar uchun haj kvotasi 7200 nafar qilib belgilandi (ilgari bu ko‘rsatkich 5200 nafar edi).

  • 2017-yil 14-fevral. Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori imzolandi.

  • 2017-yil 31-may. 2017-yildan o‘zbekistonlik fuqarolar uchun umra kvotasi 10000 nafar qilib belgilandi (ilgari bu ko‘rsatkich 6000 nafar edi).

  • 2017-yil 27-iyul. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan tafsir, aqida, fiqh, hadis sharhi, tajvid va arab tili fanlaridan onlayn darslar tashkil etildi.

  • 2017-yil 2-avgust. «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

  • 2017-yil 6-sentyabr. Buxorodagi Bahovuddin Naqshband majmuasida yangi tashkil etilgan Buxoro Oliy madrasaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

  • 2017-yil 13-sentyabr. «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Hidoyat sari» studiyasi va Toshkent Islom universiteti «Ziyo media markazi» faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

  • 2017-yil 14-sentyabr. Toshkent islom institutida oliy diniy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim – islom fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura hamda islom fanlari bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimi tashkil etildi.

  • 2017-yil 30-sentyabr. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan ikki mingdan ziyod masjidlarni oliy diniy ma’lumotga ega imom-xatiblar bilan ta’minlash maqsadida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida Maxsus sirtqi bo‘lim tashkil etildi.

  • 2017-yil 30-sentyabr. Diniy-ekstremizm faoliyatiga adashib jalb qilingan shaxslardan 16 mingdan ziyodi huquqni muhofaza qilish organlari «qora ro‘yxati»dan chiqarildi.

  • 2017-yil 5-oktyabr. O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish kvotalari o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga oshirildi.

  • 2017-yil 18-oktyabr. Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida “Islom hamjihatligi: O‘zbekiston va Ozarbayjon misolida” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

  • 2017-yil 2-noyabr. O‘zbekistondagi masjidlarda ovoz kuchaytirgichlar orqali azon aytila boshlandi.

  • 2017-yil 6-noyabr. O‘zbekistonda “Halol” standarti joriy qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Meva sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qarorning oltinchi bandida O‘zstandart agentligiga: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yigirma kun muddatda respublikada xalqaro standartlarni, shu jumladan «ISO 22000», «Halol» standartlarini joriy etish va keyinchalik qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, deb qayd etildi.

  • 2017-yil 8-noyabr. Samarqandda Kalom va Hadis maktablarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

  • 2017-yil, 10-noyabr. Buxoro viloyatida joylashgan Mir Arab oliy madrasasi huzurida Bahouddin Naqshband tasavvuf ilmiy maktabi ochildi.

  • 2017-yil 10-noyabr. Qashqadaryo viloyatida “Abu Mu’in an-Nasafiy” nomidagi aqida ilmi maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

  • 2017-yil 11-noyabr. Toshkent xalqaro aeroportida musulmonlar uchun namozxona ochildi.

  • 2017-yil 13-noyabr. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari qoshida pullik o‘quv kurslari tashkil etilishi haqida buyruq qabul qilindi. Buyruqda O‘MI tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida 2017—2018-o‘quv yilidan boshlab Qur’oni karim va tajvid hamda arab tili fanlarini o‘rgatuvchi pullik o‘quv kurslari tashkil etilishi, ushbu kurslarning muddati 1-dekabrdan boshlab 6 oy davomida amalga oshirilishi belgilandi.

  • 2017-yil 13-noyabr. Farg‘onada O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Islom huquqi maktabi tashkil etildi.

  • 2017-yil 25-noyabr. Yangi davlat standartiga ko‘ra, 2018-yil 1-yanvar e’tiboridan rasman kuchga kiradigan qoidalarda har bir mehmonxonada Qur’oni karim, ibodat qilish uchun joynamoz (mehmonxona nomerlarining eng kamida 10 foizida) va qibla ko‘rsatkichi (mehmonxona nomerlarining eng kamida 30 foizida) bo‘lishi shart etib belgilandi.

  • 2017-yil 29-noyabr. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi buyrug‘iga ko‘ra, Qorilar musobaqasi har bir tumanda o‘tkaziladigan, unda O‘MI tasarrufidagi o‘quv yurtlaridan bo‘lmaganlar ham ishtirok eta oladigan bo‘ldi.

  • 2017-yil 6-dekabr. O‘zbekistonda ilk bor islomiy “AzonFM” onlayn radiosi faoliyat boshladi.

  • 2017-yil 15-dekabr. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror e’lon qilindi. O‘zbekiston Islom akademiyasi huzurida magistratura (2 yil), tayanch doktorantura (3 yil) va doktorantura (3 yil) faoliyat yuritadi.

  • 2017-yil 28-dekabr. Qurbon hayit va Ramazon hayit bayramlarining muhimligi va ahamiyatini inobatga olgan holda, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni yuksaltirish va saqlab qolish maqsadida 2018-yildan boshlab ayrim dam olish kunlarini bayram kunlariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga ko‘chirish hisobiga uzluksiz uch kunlik dam olish kunlari belgilandi.

Yuqoridagi tadbirlarning barchasi aholi orasida diniy-ma’rifiy soha bo’yicha to’g’ri tushuntirish ishlari olib boorish, ularning turli oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan edi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo‘lgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganidan dalolat bermoqda edi.
Joylarda, avvalambor chekka hududlarda istiqomat qilayotgan ko‘p sonli yoshlarning o‘z iqtidor va iste’dodini ro‘yobga chiqarishlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun keng sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati O‘zbekiston yoshlarini buyuk maqsadlar sari birlashtiradigan va safarbar etadigan ommaviy harakatga aylana olmaganini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda edi.
Shu sababli, mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo‘lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi.
“2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog‘liq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berdi.
Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish maqsadida hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e’tiborga olgan holda O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017-yil 30-iyun kuni bo‘lib o‘tgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” tashkil etildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun — 30-iyun sanasi mamlakatimizda “Yoshlar kuni”, deb e’lon qilindi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi1:

  • O‘zbekiston yoshlar ittifoqini respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlovchi, “Yoshlar — kelajak bunyodkori” shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmaga aylantirish;

  • yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash;

  • demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish;

  • yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishiga ko‘maklashish;

  • yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblar, jumladan, elektron asarlarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, huquqiy, ekologik, tibbiy va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish;

  • yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va oila muqaddasligi g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, erta turmush qurish va yosh oilalar ajralishining oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlarni amalga oshirish;

  • yoshlarni, ayniqsa, ular uyushmagan qismining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga, ijodiy to‘garaklar va turli, jumladan, xorijiy tillarni o‘rgatish o‘quv kurslariga keng jalb etish;

  • yosh oilalar, xususan, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratishga qaratilgan maqsadli ishlarni tashkil etish;

  • yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish ishlarida faol ishtirok etish;

  • mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etadigan, xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, halol va fidoyi yosh rahbar kadrlarni tarbiyalash, zaxirasini yaratish va ularni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mas’ul lavozimlariga tavsiya etish;

  • yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

  • davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga yoshlarga oid faoliyatni tashkil etishda g‘oyaviy-uslubiy jihatdan ko‘mak berish.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kengashlari raislari tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi va maqomi bo‘yicha ularning birinchi o‘rinbosarlariga tenglashtirildi1.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalariga o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo‘lgan taqdirda ta’lim bo‘yicha to‘lov kontrakti miqdorining 35 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanishi belgilandi1.
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish, natijasi bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining huquqiy va amaliy vakolatlari kengaytirildi, tegishli imkoniyat va imtiyozlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida Yoshlar siyosati masalalari xizmati tashkil etilib, unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi rahbarlik qilishi belgilandi.
Yoshlar siyosati masalalari xizmati O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi faoliyatini samarali tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifalarning to‘laqonli ijrosini tashkil etish va nazorat qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining bu boradagi faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish, ularga g‘oyaviy-uslubiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish, sohaga oid qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘z lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi hisoblanadi.
Farmonda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir
kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish vazifasi belgilandi1.
Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari raisligida Yoshlar masalalari bo‘yicha hududiy idoralararo kengashlar faoliyat yuritmoqda.
Buyuk davlat arbobi Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilishini inobatga olib, respublikaning barcha harbiy akademik litseylariga “Temurbeklar maktabi” nomi berildi.
Yoshlarning ilmiy va ijodiy faoliyat natijalarini, ilm-fan va adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini hamda yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni keng yoritish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining nashrlarini chop etishga ixtisoslashgan “Yoshlar nashriyoti uyi” tashkil etildi. Qizlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, iste’dod va qobiliyatini yuzaga chiqarish, ular orasida haqiqiy yetakchilarni tarbiyalash ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida “Qizlarjon” jurnali ta’sis etildi.
Farmonga ko‘ra, yoshlarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan “Men sevib o‘qigan kitob” va “Eng yaxshi kitobxon” respublika tanlovlari, “Kitob bayrami” va “Bolalar kitoblari” an’anaviy respublika festivallari, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik hissini qaror toptirishga qaratilgan aksiyalar, yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, adabiyotshunos olimlar bilan ijodiy uchrashuvlar va master-klasslar tizimli tashkil etilishi belgilandi.
Yurtimizda turli soha va tarmoqlarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan yigitlarni taqdirlash maqsadida “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, o‘qish, mehnat va jamoat ishlarida har tomonlama faol ishtirok etayotgan yoshlarni taqdirlash
maqsadida “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etildi1.
“2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” doirasida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Ma’naviy hayotimizni yuksaltirishda ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan ana shunday muhim vazifalarni kompleks hal qilish, kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, o‘zbek va dunyo adabiyotining eng yaxshi namunalarini internet tarmoqlariga joylashtirish va ularni targ‘ib qilish hamda keng kitobxonlar ommasiga yetkazish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” tasdiqlandi2.
Dasturda ko‘zda tutilgan quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi:

  • kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, noshirlik va matbaa sohalarini yanada rivojlantirishga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kitoblarni, ayniqsa, bolalarga mo‘ljallangan adabiyotlarni chop etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;

  • kitob mahsulotlari bo‘yicha davlat buyurtmasining asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish, adabiy-badiiy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-nazariy, ilmiy-ommabop va ko‘rgazmali adabiyotlarni chop etish va tarqatish tizimini takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan kitob do‘konlari faoliyatini rivojlantirish;

  • jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha davlat buyurtmalari berish, ularni zarur nusxalarda yuksak sifat bilan nashr etish va moliyalashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish, kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va kitob mahsulotlarining narxini shakllantirish va sotish bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish choralarini belgilash;

  • axborot-kutubxona faoliyatini kuchaytirish, ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlarining kutubxona fondlari, kutubxonalar, tashkilot va muassasalarning “Ma’naviyat xonalari”ni o‘quv-uslubiy, texnik adabiyotlar, adabiy-badiiy, ma’rifiy va ilmiy-ommabop kitoblar bilan boyitish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

  • nashriyotlar va matbaa sohasi mutaxassislarini, badiiy va texnik muharrirlar, grafikachi rassomlar, axborot-kutubxona xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish;

  • lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosidagi ilmiy-texnik, adabiy-badiiy va ensiklopedik adabiyotlarni yanada ko‘paytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;

  • O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va axborot-kutubxona markazlaridagi barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining yagona bazasini shakllantirish va undan boshqa axborot-kutubxona muassasalarida turib foydalanishni ta’minlash;

  • qishloq aholisiga kutubxona xizmati ko‘rsatish tizimini tashkil etish choralari to‘g‘risida tadbirlar rejasi loyihasini tayyorlash va amalga oshirish;

  • mamlakatimizda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beradigan eReader elektron o‘quv qurilmalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, ularning axborot bazasiga umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv-uslubiy, ilmiy-nazariy manbalarni joylashtirish, bunday mahsulotlarni arzon narxlarda sotib olish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

  • mazmunan sayoz, milliy ma’naviyat va qadriyatlarimizga, axloq me’yorlariga mos kelmaydigan, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan adabiyotlarni tayyorlash, bosib chiqarish va tarqatishning oldini olish choralarini ko‘rish;

  • kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish, bu borada kitobxonlar, kutubxonachi va targ‘ibotchilar o‘rtasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng kitobxon mahalla”, “Eng kitobxon oila”, “Eng faol kutubxonachi” kabi ko‘rik-tanlovlarning saralash va respublika bosqichlarini yuqori saviyada o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish1.



1 Karimov I.A. Yuksak ma-naviyat- yengilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat”,2008.-B.19.

1 Imomnazarov M. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. T.: “O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati” , 2006 .-B.35.

1 Karimov.I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. –T.: “Ma’naviyat”,1998.-B.17.

2 O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: “O’zbekiston”, 2019.-B.

1

2

3

1 Mutavakkil Burxonov. Nurli siymolar .Fitna san’ati. 2-kitob.-T.: “Fan”,1993.-B.65.

2 Alisher Nazar. Ehtiyoj // “Yoshlik” , 2000 yil ,2-son.

3 O’zbеkistоn tariхini o’qitish va o’rganish bo’yicha matеriallar, To’plam-3. -T.: “Fan” ,2009.-B.45.

4 O’sha manba.-B.42.

5 Habibulla Olimjonov. Mustaqillik // “Hurriyat”,2011 yil , 28 avgust.

1 Abdulla Oripov. Buyuk eposga ehtirom // “Ma’naviy hayot”,2016 yil,8 fevral.

2 O’zbеkistоn tariхini o’qitish va o’rganish bo’yicha matеriallar, To’plam-3. -T.: “Fan” ,2009.-B.27.

3 O’sha manba.-B.29.

4

5

1

1

2

3“Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2000 yil 2 iyun Farmoni.

4

1 Karimov I. A. Dempkratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish-mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. –T.: “O’zbekiston”,2011.-B.20.

2 Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.-T.: “Ma’naviyat”,2008.-B.80.

1 O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi ,1997-yil,№9.

2

1 SHayxova X. Nazarov Q. Umuminsoniy qadriyatlar va ma’naviy kamolot. T.: “Ma’naviyat”,1992.-B.56.

2 O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni. “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi ,1997-yil,№9.

3

4

1

2

1

1 Agzamxodjayeva S. Lafasov M. Nosirxo'jayev S. Ma'naviy-tarbiyaviy ishlarning ilmiy-nazariy asoslari.-T.: “TDPU”,2013.-B.16.

1 Agzamxodjayeva S. Lafasov M. Nosirxo'jayev S. Ma'naviy-tarbiyaviy ishlarning ilmiy-nazariy asoslari.-T.: “TDPU”,2013.-B.17.

2 O'tkir Hoshimov Menga nima? // “Hurriyat”,1992 yil, 5 sentabr.

3 Karimov I.A. O’zbekison mustaqillikka erishish ostonasida.-T.: “O’zbekieston”,2011.-B.177.

1

1

2Karimov I. A. O’zbekistonning siyosiy-ijtimoi, iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari.-T.: “O’zbekiston”,1995.-B.46.

1 Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.-T.: “Ma’naviyat”,2008.-B.28.

1

1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat”,2008.-B.7.

1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat”,2008.-B.14.



1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat”,2008.-B.14.

2 Karimov I.A. Sog’lom avlod tarbiyasi - barchamizning muqaddas insoniy burchimiz.8-jild.-T .: “O’zbekiston”, 2000.-B.437.

1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. –T.: “Ma’naviyat”,2008.-B.17.

1Karimov I. A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. –T.: “O’zbekiston”.1996.-B.39.

1 Husan Voiz Kоshifiy. Futuvvatnоmai sultоniy. Ahlоqi muhsiniy. – T.: “ O’zME “., 2011. – B.261.

1 www.lex.uz.“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y, 6-son.

1 www.lex.uz. “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori .



1 www.Ravza.uz.

1 www.lex.uz. “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5106 05.07.2017 sonli Farmoni.

1 www.lex.uz. “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5106 05.07.2017 sonli Farmoni.

1 www.lex.uz. “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5106 05.07.2017 sonli Farmoni.

1 www.lex.uz. “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5106 05.07.2017 sonli Farmoni.

1 www.lex.uz. “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5106 05.07.2017 sonli Farmoni.

2 www.lex.uz “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’grisida”. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3271 13.09.2017 sonli qaroriga ilova O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 38-son.

1 www.lex.uz “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’grisida”. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3271 13.09.2017 sonli qaroriga ilova. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y, 38-son.


Download 83,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish