Ma'rifatli absolyutizm



Download 24,34 Kb.
Sana31.05.2023
Hajmi24,34 Kb.
#947219
Bog'liq
Ma\'rifatli absolyutizm


Mavzu: G'arbiy yevropa mamlakatlarida "Ma'rifatli absolyutizm" tuzimi vauning amaliy ko'rinishi


Reja:
1. G’arbiy yevropa mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish darajasi bo’yicha guruhlanishi va integratsiya jarayonlari.
2. Yevropa ittifoqi iqtisodiyotining tarkibi va rivojlanish tendentsiyalari.
3. Evropa ittifoqi iqtisodiyotiga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta’siri va undan chiqish yo’llari.

G’arbiy Yevropa mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish darajasi bo’yicha guruhlanishi va integratsiya jarayonlari Jahon iqtisodiyotida XX asr o’rtalariga qadar yevropa yetakchilik rolini egallab kelgan bo’lsa, Ikkinchi jahon urushining salbiy oqibatlari tufayli iqtisodiy salohiyat jihatdan AQSHdan ancha ortda qola boshladi. yevropaning qayta tiklanishi va rivojlanishinish asosiy kuchi sifatida bozor, xususiy tadbirkorlik, raqobat, davlat boqaruvi asosidagi o’zaro biri bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni kuzatish mumkin.


G’arbiy yevropa 24 ta mamlakatni qamrab oladi va bu mamlakatlarni hududining kattaligi jihatdan quyidagi to’rt guruhga ajratish mumkin: yirik mamlakatlar Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya Ispaniya, Italiya, SHvetsiya, Finlandiya, Norvegiya; o’rta mamlakatlar Islandiya, Gretsiya, Portugaliya, Irlandiya, Avstriya; kichik mamlakatlar Daniya, Belgiya, Niderlandiya, SHveytsariya; juda kichik "qo’g’irchoq" mamlakatlar Lyuksemburg, Lix tenshteyn, Malta, Andorra, San Marino, Monako, Vatikan.


G’arbiy yevropa yagona iqtisodiy hudud sifatida jahon xo’jaligida sanoat va qishloq xo’jaligi, tovarlar va xizmatlar eksporti, oltin valyuta zahirasi va halqaro turizmning rivojlanganlik darajasi bo’yicha yetakchi o’rinda turadi. G’arbiy yevropa halqaro mehnat taqsimotida sanoati (mashinasozlik, kimyo, elektrotexnika) rivojlangan hudud sifatida tan olingan. XX asr boshiga kelib G’arbiy yevropa halqaro mehnat taqsimotida ofis jihozlari, aniq mexanika, optika, telekommunikatsiya, aloqa vositalari kabi tarmoqlar bo’yicha mustahkam o’rin egalladi.


Evropa iqtisodiyotining global raqobatbardoshligini ta’minlab beruvchi tarmoqlar quyidagilar xisoblanadi: a) an’anaviy tarmoqlar: avtomobilsozlik Germaniya, Frantsiya; aviatsiya sanoati Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya; tekstil sanoati – Italiya, Frantsiya. b) yangi tarmoqlar: dasturiy ta’minot Germaniya, Belgiya, Gollandiya; raqamli televideniya – Frantsiya, Germaniya; mobil aloqa SHvetsiya, Finlandiya, Buyuk Britaniya.


G’arbiy yevropada integratsion jarayonlar 1950 yilda (1952 yildan yevropa ko’mir va po’lat birlashmasi) Frantsiya, GFR, Italiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg tomonidan erkin savdo hududini tashkil etishdan boshlandi. Ushbu mamlakatlar 1957 yilda Rim iqtisodiy hamkorlik shartnomasini imzolashdi. 1958 yili G’arbiy yevropada "Evroatom" birlashmasi tashkil qilindi. Rim shartnomasini imzolagan mamlakatlar yevropa hamkorligi yoki umumiy bozor mamlakatlari, deb atala boshlandi.


Valyuta Ittifoqini shakllantirish 1999 yilda tashkil qilingan yevropa valyuta tizimiga (EVT) asoslanadi. Ye. VTga a’zo bo’lish uchun da’vogar mamlakatlar iqtisodiyoti quyidagi Maastrixt kelishuvi mezonlariga javob berishi zarur bo’ladi: davlat byudjeta kamomadi YAIMga nisbatan 3% dan oshmasligi; davlat obligatsiyalari bo’yicha uzoq muddatli foiz stavkalarining inflyatsiya darajasi eng past mamlakatlardagi tegishli stavkalardan 2% ga oshmasligi zarur. inflyatsiya darajasi birinchi uchta mamlakatdagi o’rtacha darajadan 1, 5% ga oshmasligi lozim; davlat tashqi qarzi YAIMga nisbatan 60% dan oshmasligi; kamida ikki yil valyuta kurslari mexanizmida qatnashishi va milliy valyuta kursini shu chegarada ushlab turish;


Valyuta ittifoqini tartibga solish tamoyillari Rim kelishuvida ishlab chiqilgan. 1993 yilda Maastrixt shartnomasi imzolangandan keyin ittifoq mamlakatlari 1999 yil 1 yanvardan valyuta ittifoqini tashkil etish majburiyatini olishdi. SHu kundan boshlab yevro jahon moliya bozorlariga o’sha vaqtdagi ye. Ining 15 ta mamlakatidan 11 tasining xisob kitob valyutasi sifatida taqdim etildi, 2002 yil 1 yanvardan boshlab esa yevro hududidga kiruvchi 12 ta mamlakat pul birligi sifatida muomalaga kiritildi. yevro ye. VTda 1979 1998 yillarda foydalanilgan ye. I valyuta birligi e. KYUning o’rniga joriy etildi va hozirda ye. Ining 17 ta mamlakati yevro hududiga kiradi.


Yevropa Ittifoqida immigratsiya muammolari So’nggi paytlarda dunyo hamjamiyatida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyatning yangicha ko’rinish kasb etishi bir qator jarayonlarning aktuallashuviga olib keldi. Ushbu holat bevosita globalizatsiya natijasi bo’lib, xalqaro immigratsiya masalalari ushbu jarayonning ajralmas qismlaridan biri sanaladi. Immigratsiya nafaqat ma’lum mamlaktlarni balki, butun bir mintaqani qamrab olayotgani hech kimga sir emas. Yevropa mintaqasida globalizatsiyaning jadal sur’atlari natijasida vujudga kelgan yirik integratsion uyushma Yevropa Ittifoqi ham ushbu jarayonlardan holi emas. 27 davlatni birlashtirib turgan ushbu Ittifoqda migratsiya, emmigratsiya, immigratsiya masalalari eng dolzarb masalalardan biri sanaladi. Yevropa Ittifoqida ayniqsa immigratsiya masalalarini tartibga solish uchun migratsion siyosat ishlab chiqilgan. Ushbu siyosat zamirida mamlakatlar tomonidan davlat hududiga chet el fuqarolarining kirish va chiqish holatlari yuzasidan nazorat o’rnatish, ishlash uchun yoki siyosiy boshpana izlab kelgan fuqarolarga mamlakat hududida ma’lum muddatga yoki butunlay istiqomat qilishlari uchun shart sharoitlar yaratib berish masalalari ko’zda tutilgan. [1]


Yevropa Ittifoqida migratsiya va immigratsiya masalalari ikki xil asosda ko’rib chiqiladi: Davlatlarning ichki qonunchiligi asosida Yevropa ittifoqi doirasida.


Mazkur integratsion Ittifoqga a’zo har bir mamlakat o’z ichki qonunchiligi asosida migratsiya masalalarini tartibga soladi. So’nggi paytlarda ayniqsa G’arbiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek Rossiya Federatsiyasi immigratsiya muammolariga eng ko’p duch kelayotgan mintaqalardan biri sanaladi. Ushbu mintaqalarda odatiy holga aylanib qolgan bu jarayon bir qator omillar natijasida yuzaga kelmoqda. Bularga: mamlakatlarda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz oqibatida; mahalliy va etnik konfliktlar natijasida; genotsid va repressiya


Statistik ma`lumotlarga qaraganda, 2004 yili Yevropa Ittifoqi mamlakatlari aholisi soni 2, 3 millionga oshgan. Bu, albatta, ijobiy holat. Biroq mazkur o`sishning 80 foizini xorijdan kelgan ishchilar, ya`ni migrantlar tashkil etadi. YI mamlakatlarida tabiiy o`sish bor yo`g’i 445 ming kishini tashkil etgan[3]. Keyingi yillarda aholi soniga nisbatan xorijiy ishchilar eng ko`p o`rnashib qolgan mamlakat Lyuksemburg hisoblanadi (38, 95%). Keyingi o`rinlarni SHvetsariya (20, 1%) va Avstriya (9, 4%) egallaydi. Bu mamlakatlarga asosiy migrantlar YIga a`zo davlatlardan borishadi. Zero, bu davlatlar fuqarolaridan ishlash uchun ruxsat olish, fuqaroligini o`zgartirish talab qilinmaydi. Biroq Yvropaning boshqa davlatlariga asosan endi rivojlana boshlagan mamlakatlar fuqarolari ishlash va yashash uchun kelishadi. G’arbiy Yevropa mamlakatlaridagi migrantlar qabul qilishning turli ko`rinishlari orasida siyosiy boshpana berish alohida ajralib turadi. Ayniqsa, XX asr mobaynida 36 mamlakatdan 27 tasi o`z chegaralarini o`zgartirishga ulgurgani ham ko`plab qochqinlar paydo bo`lishiga olib kelgan.


YIda mehnat qilayotgan migrantlarning 36, 2 foizi Germaniyada joylashishgan. Keyingi o`rin Frantsiyagа nasib etgan (18. 7 foiz). Buyuk Britaniyada bu ko`rsatkich 11, 35 foizni tashkil etadi. Mazkur uch mamlakat YI migrantlarining 63, 6 foizini o`zida jamlagani bilan ajralib turadi. [4] Shuningdek, YI doirasida immigratsiya va migratsiya jarayonlari bilan bog’liq qochoqlar masalasi, noqonuniy migratsiya masalalari, uchinchi davlat fuqarolarining istiqomat qilish shartlari va muddatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Albatta YIda bu masala bilan bog’liq muammolarning o’z yechimini topishida yetakchi davlatlari – Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniyaning pozitsiyalari muhim ahamiyatga ega. Yevropa Ittifoqi doirasida migratsiya masalalarini o’rganib chiqish natijasida quyidagicha xulosaga kelish mumkin. Yevropa Ittifoqida umumiy migratsion siyosat ishlab chiqilgan bo’lib, bu barcha a’zo davlatlar uchun amal qiladi. Davlatlarning fuqarolari 3 oy muddatdan tortib doimiy yashash shart sharoitlarigacha Yevropa hududida belgilangan tartibda yashashlari ko’rsatib o’tilgan. Bundan tashqari national darajada ham har bir davlat ichki qonunchiligi asosida immigratsiya va migratsiya masalalari tartibga solinadi.


Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotining tarkibi va rivojlanish tendentsiyalari EI doirasida birlashgan yevropa dunyoning iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mintaqalaridan biri xisoblanadi. Ye. Ining jahon YAIMdagi ulushi 21% ni tashkil etadi. ye. I hududi mintaqalari notekis iqtisodiy rivojlanish darajasiga ega bo’lib, iqtisodiy ittifoqning asosini yevro hududiga kiruvchi mamlakatlar tashkil etadi. ye. Ini tashkil etgan mamlakatlarda iqtisodiy o’sish sur’atlarining yangi a’zo mamlakatlarga nisbatan pastligi ye. Iga xos xususiyatlardan biri xisoblanadi. Misol uchun, 2010 yilda ye. Ida iqtisodiy o’sish 1, 9% ni tashkil etgan holda, bu ko’rsatkich yevro hududida 0, 4% ni, Ispaniyada 1, 9% ni, Polshada 3, 8% ni tashkil etdi.

EI iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim vazifalardan biri - barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlashdan iborat. SHu maqsadda 2000 yilda Lissabon strategiyasi qabul qilingan va 2005 yilda yangilangan. Lissabon strategiyasiga muvofiq ye. Ida quyidagi sohalarni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash ustuvor yo’nalishlar sifatida belgilangan: innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni rivojlantirish; kichik va o’rta biznesni qo’llabquvvatlash; yoshlar o’rtasida bandlikni oshirish.


Innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni rivojlantirish uchun sarflanayotgan investitsiyalar hajmini ye. Ida YAIMga nisbatan 3% ga yetkazish rejalashtirilgan bo’lib, ilm-fan sohasiga sarflanayotgan xarajatlar miqdori yiliga o’rtacha 100 mlrd. yevrodan kam bo’lmasligi lozim. Kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash maqsadida ma’muriy to’siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlarni qo’llabquvvatlashning axborot tizimini yaratish vazifasi qo’yilgan. YOshlar o’rtasida maksimal bandlik darajasini ta’minlash ularning savodxonlik darajasini oshirish, jumladan, 25 yoshgacha bo’lganlarning 35% i umumiy o’rta ma’lumotga ega bo’lishi zarurligi belgilab qo’yilgan.


EI iqtisodiyotining tarmoq tarkibida xizmatlar ulushi 63 65% ni, sanoat 25 30% ni, qishloq xo’jaligi 2 5% ni tashkil etadi. yevropa sanoat jihatdan yuqori darajada taraqqiy etgan mintaqa xisoblanib, ye. Ining hissasiga jahon sanoat maxsulotlarining 1/3 qismi to’g’ri keladi, ye. Ining halqaro darajadagi tarmoq ixtisoslashuvi atom energetikasi, neft gaz majmuasi, avtomobilsozlik, aviakosmos, elektrotexnika, elektronika, yuqori texnologiyali mashinasozlik (stanoksozlik. kompyuterlar va elektronika maxsulotlarini ishlab chiqarish), kimyo, yengil va oziq ovqat sanoati, biotexnologiyalar, yangi konstruktsiya materiallar ishlab chiqarish tarmoqlari bilan bog’liq. SHu bilan birga oxirgi o’n yillikda qora metallurgiya, tekstil sanoati kabi an’anaviy sanoat tarmoqlarida eskirish va inqiroz holatlari kuzatilmoqda.


Evropa hajmi jihatdan AQSHdan keyingi o’rinda turuvchi agrosanoat majmuiga ega. Mintaqa qishloq xo’jaligi turli tumanligi va yuqori samaradorlikka egaligi bilan ajralib turadi. Ammo qishloq xo’jaligining samaradorligi ye. I doirasida amalga oshiriladigan agrar siyosat bilan bog’liq bo’lib, bu siyosat asosida interventsiya, davlat xaridlari, milliy fermer xo’jaliklarini subsidiyalash kabi dastaklar tashkil etadi. EI iqtisodiyotining eng yirik sektori xizmatlar sohasidir. G’arbiy yevropa mamlakatlari postindustrial iqtisodiyotdan yangi texnologiyalar va bilimlarga asoslangan iqtisodiy rivojlanish modeliga o’tishmoqda. Bu sohada kompyuter texnologiyalari, elektron savdo, transport, turizm kabi sohalar barqaror sur’atlarda rivojlanmoqda.


EI iqtisodiyoti milliy va umumiy darajada tartibga solinadi. Hozirgi vaqtda ye. I faoliyatining muhim yo’nalishlarini qamrab oluvchi umumiy darajada tartibga solish ustuvorlik kasb etmoqda. SHu bilan birga milliy darajada tartibga solish yetakchi mavqega ega. Umumiy darajada tartibga solish esa yevro hududida yagona pul kredit siyosatini olib borishda muhim rol o’ynaydi. Evro hududida pul kredit siyosati yevropa Markaziy banklari tizimi va milliy Markaziy banklar orqali amalga oshiriladi. Ushbu tizimning asosiy vazifasi inflyatsiyaning yiliga o’rtacha 2% atrofida bo’lishini ta’minlashdan iborat. Bundan tashqari, unga pul kredit va valyuta siyosatini amalga oshirish, a’zo mamlakatlar valyuta zahiralarini saqlash, boshqarish, to’lov tizimining barqarorligini ta’minlash ham kiradi.


EI soliq-byudjet sohasida soliq siyosati muhim dastak xisoblanadi. Har bir mamlakat o’z milliy soliq tizimiga ega bo’lib, yig’ilgan soliqlarning katta qismi milliy byudjetga kelib tushadi. ye. Ining byudjeti o’z mablag’lari, a’zo mamlakatlar yalpi milliy daromadidan ajratmalar (mamlakat iqtisodiy salohiyatiga bog’liq holda 1% atrofida), uchinchi mamlakatlardan import qilinayotgan qishloq xo’jalik maxsulotlariga soliqlar, bojxona bojlari, qo’shilgan qiymat solig’idan ajratmalardan shakllanadi. ye. I byudjetining xarajatlari quyidagilardan iborat: yagona qishloq xo’jalik siyosati; transevropa infratuzilmasini rivojlantirish. mintaqaviy va ijtimoiy siyosat; kichik va o’rta biznesni rivojlantirish; ta’limni rivojlantirish; yagona tashqi va xavfsizlik siyosati; "Erazmus" dasturlari (talabalarni ayirboshlash;


EIda hozirgi vaqtda 2007 2013 yillarga mo’ljallangan byudjet amal qiladi va uning miqdori 864, 5 mlrd. yevrodan iborat. SHundan 293 mlrd. yevro yagona qishloq xo’jalik siyosatini amalga oshirishga, 157 mlrd. yevro yangi a’zo mamlakatlar iqtisodiyotining G’arbiy yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti darajasiga yetkazish uchun sarflanadi. Misol uchun Polsha iqtisodiyotini rivojlantirish uchun 60 mlrd. yevro ajratilgan bo’lib, bu ko’rsatkich jami mablag’ning 38% ini tashkil etadi.


Yevropa mamlakatlari aholisi Yevropada murakkab demografik vaziyat mavjud bo’lib, u mamlakatlar va regionlarning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko’rsatmoqda. Jahon miqyosida eng past darajadagi tug’ilish va tabiiy o’sish mavjud bo’lgan Yevropaga hozirgi vaqtda barqaror tarzda «Demografik qish» holati xosdir. Tug’ilish va tabiiy o’sish sur’atlari XX asrning ikkinchi yarmida keskin qisqardi. Tug’ilish 26 – 28 promilledan 11 – 13 promillega, tabiiy o’sish 16 – 18 promilledan 2 – 4 promillega tushib qoldi. Tug’ilish va tabiiy o’sish darajalarining keskin pasayishi bar xil sabablar bilan bog’langan.


Hozirgi vaqtda tug’ilishning nisbatan yuqori ko’rsatkichlari Irlandiya, Luksemburg, Malta, Islandiya va Makedoniya mamlakatlariga xosdir. O’rtacha tug’ilish darajasi Avstriya, Shvetsariya, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Gretsiya, Finlyandiya, Fransiya, Slovakiya, Shvetsiyada kuzatilmoqda. Shular bilan birga, tug’ilish darajasi keskin pasayib, tabiiy o’sish manfiy ko’rsatkichga ega (o’lganlar soni tug’ilganlar sonidan ortiq) bo’lgan mamlakatlar soni yildan yilga ko’payib bormoqda. Bolgariya, Xorvatiya, Latviya, Litva, Ukraina, Ruminiya, Estoniya, Moldova, Vengriya shunday mamlakatlar jumlasidandir. Mazkur davlatlarda tug’ish yoshidagi ikki ayolga tug’ilgan ikki uch bola to’g’ri kelmoqda, xolos. Natijada, aholining mutlaq soni kamaymoqda. Yevropa aholi o’rtasida umumiy o’lim koeffitsiyentining nisbatan yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Aholining har 1000 kishiga nisbatan o’lganlar soni bu yerda 2003 yilda 12 kishini tashkil etdi. Bu ko’rsatkich aholining yosh jins tarkibida keksa yoshdagilarning ulushi yuqori bo’lgan mamlakatlar (Germaniya, Shvetsiya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlandiya va h. ) da yana ham yuqori darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Shu vaqtning o’zida aholi tarkibida bolalar va yoshlar salmog’i nisbatan katta bo’lgan mamlakatlar (Portugaliya, Polsha, Gretsiya, Italiya, Albaniya)da umumiy o’lim koeffitsiyenti birmuncha pastdir.


Yevropa davlatlari (Albaniyadan tashqari) aholi sonini tabiiy takror barpo etilishining birinchi turiga mansubdirlar. So’nggi chorak asrda Bolgariya va Vengriyada faol demografik siyosat olib borildi. Shunga qaramasdan aholining o’sish sur’atlari deyarli o’zgarmadi va uning darajasi pasayishda davom etdi. Oqibatda, Vengriyada aholi soni 1980 2003 yillarda 220 ming kishiga qisqardi. Ruminiyada har 1000 ta tug’ilgan go’dakdan 23 tasi bir yoshga yetmasdan o’lmoqda. G’arbiy Yevropada bu ko’rsatkich 6 – 10 bolaga to’g’ri keladi. Umumiy tarzda shuni ta’kidlash mumkinki, XX asrning so’nggi 10 yili va XXI asrning dastlabki davrida Sharqiy Yevropada qoniqarsiz demografik vaziyat yuzaga keldi. Yevropa — aholi migratsiyalarining ham yirik markazi hisoblanadi. Buyuk geografik kashfiyotlar davridan beri Yevropa aholisi okeanorti mamlakatlariga ko’chib o’tadigan eng katta region hisoblanadi. Bir asr davomida (1815 1914 yillar) emigratsiya 35 – 40 mln. kishini qamrab oldi. Ikkinchi jahon urushi davrida ayrim davlatlardan yoppasiga aholining emigratsiyasi kuzatildi. Birinchi navbatda bu Sharqiy Yevropada namoyon bo’ldi.


Yevropa mamlakatlarida mehnatga yaroqli aholi bandligi (jami band aholiga nisbatan % hisobida) Shvetsiya 79 Buyuk Britaniya 77 Finlandiya 75 Niderlandiya 73 Avstriya 71 Fransiya 69 Germaniya 71 Italiya 59
XX asr 50 – yillarining o’rtalarida G’arbiy Yevropada emigratsiya immigratsiyadan ustun kelardi, lekin keyinchalik ahvol keskin o’zgarib, G’arbiy Yevropa dunyodagi eng ko’p aholini qabul qilish markaziga aylanib qoldi, 70 yillarning boshida immigrantlar soni 10 mln. bo’lsa, 90 yillarning boshida ularning soni 15 mln. ga yetdi. G’arbiy Yevropaga aholining oqib kelishi sabablarini chet el va mahalliy geograflar o’rganib quyidagi xulosaga keldilar. Immigrantlar, asosan, katta pul topish hamda mehnat va hayotning qulay sharoitlari izidan keladi. Tahlil natijasida aniq bo’ldiki, immigrantlarning aksariyat qismi yirik sanoat rayonlarida va katta shaharlarda istiqomat qiladi. Masalan, Fransiyadagi immigrantlarning 37 % i Parijda, Belgiyada esa ularning 24 % i Brusselda yig’ilgan. Buning asosiy sababi past malakali, “kelgindi” ishchilar eng avvalo qurilish, tog’ kon sanoatida hamda farrosh, gazeta sotuvchisi bo’lib ishlaydi. Masalan, Fransiyadagi «kelgindi» ishchilarning 45% i qurilish sanoatida, 40 % i yo’l ishlarida, 15 % i avtomobilsozlik sanoatida ishlaydi.
Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotiga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta’siri va undan chiqish yo’llari Global moliyaviy inqiroz jahonda 1930 yillardagi Buyuk depressiyadan keyingi eng chuqur inqiroz deb tan olindi va bu inqiroz ye. I iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatdi. Jumladan, bu inqiroz ye. Ining moliyaviy xizmatlar ulushi yuqori bo’lgan (Buyuk Britaniya) va iqtisodiyoti tashqi iqtisodiy aloqalarga bevosita bog’liq mamlakatlar (Germaniya) iqtisodiyotida jiddiy iz qoldirdi.

EIda moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi kurash rejasi yilning kuzidan amalga oshirila boshladi va u "Barqarorlik va o’sish rejasi” deb ataldi. Ushbu reja 2009 -2010 yillarga mo’ljallangan bo’lib, umumiy miqdori 200 mlrd. yevro yoki Ye. I YAIMning 1, 5% ini tashkil etdi. SHuningdek. Ye. Iga a’zo bo’lgan mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun yana shu mamlakatlar xisobidan 170 mlrd. yevro, yevropa investitsiya banki xisobidan 30 mlrd. yevro ajratish mo’ljallandi va quyidagi chora-tadbirlarni o’z ichiga oldi: bandlikni qo’llab quvvatlash mehnat bozorini iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlariga moslashtirish va aholining ijtimoiy jihatdan kam himoyalangan katlamlariga yordam berish; tadbirkorlarning ijtimoiy xarajatlarini kamaytirish, ish beruvchilarning past ish haqi uchun to’laydigan ijtimoiy badallarini kamaytirish va malakasiz ishchi kuchi bandligini oshirishni qo’llab quvvatlash;


kichik va o’rta korxonalarni (250 kishigacha band bo’lgan korxonalar) moliyalashtirish manbalarini yaxshilash. ye. I mamlakatlarida kichik va o’rta korxonalar hamma korxonalarning 90% ini tashkil etib, ularda 23 mln. ortiq, kishi band; korxonalarni tashkil etish sohasidagi ma’muriy to’siqlarni kamaytirish. 2012 yilga qadar kichik va o’rta korxonalarni tashkil etishdagi rasmiyatchilik 25% ga kamayishi, korxona 3 kun ichida tuzilishi va uni ochish to’g’risidagi litsenziyani olish muddati 1 oydan ortmasligi lozim; investitsiyalar infratuzilmani rivojlantirish uchun yo’naltirilishi va shu maqsadda qo’shimcha 5 mlrd. yevro ajratishi ko’zda tutilgan; uy joy sektorida energiyadan foydalanish samaradorligini oshirish; "yashil" maxsulotlarni jadal rivojlantirishni rag’batlantirish; tadqiqotlar va ilmiy ishlarni investitsiyalashni rag’batlantirish; avtomobilsozlik va qurilishda yangi texnologiyalarni rivojlan tirish, "yashil" avtomobilni yaratish uchun 5 mlrd. yevro ajratiladi; hamma uchun yuqori tezlikdagi internetga kirish imkoniyatlarini kengaytirish. EI a’zo bo’lgan mamlakatlarga quyidagilarni tavsiya etadi: vaqtinchalik ishsizlik bo’yicha nafaqani ko’paytirish; kam daromadli oilalarga soliqni kamaytirish va ish beruvchilar uchun oz ish xaqidan to’lanadigan ijtimoiy to’lovlarni kamaytirish;


EI a’zo bo’lgan mamlakatlarga quyidagilarni tavsiya etadi: EIning eng kambag’al mintaqalarini rivojlantirishga mo’ljallangan fondlar ochildi va yevropa fondini aholini ijtimoiy nochor qatlamlariga yordam sifatida ishlatish dasturlarini jadallashtirish (2007 2013 yillarda shu maqsadlar uchun 75 mlrd. yevro ajratiladi). EI yevropa markaziy bankiga qayta moliyalash stavkasini pasaytirish va yevropa fondlariga esa transport infrastrukturasiga ajratiladigan va Internetga kirish imkoniyatini ta’minlaydigan tadbirlarga mablag’ ajratish. vaqtinchalik ishsizlik bo’yicha nafaqani ko’paytirish; kam daromadli oilalarga soliqni kamaytirish va ish beruvchilar uchun oz ish xaqidan to’lanadigan ijtimoiy to’lovlarni kamaytirish; iste’molni rag’batlantirish maqsadida qo’shilgan qiymat solig’i stavkasini pasaytirish;


EIning inqirozga qarshi siyosatida anglosakson va kontinental modellari farqlanadi. Birinchi modelda davlat tomonidan moliyaviy xizmatlarga ta’sir o’tkazishdan natsionalizatsiya qilishgacha bo’lgan choralar qo’llanildi. Ikkinchi model ichida qayta ishlash sanoatining yetakchi kompaniyalarini dav lat tomonidan qo’llab quvvatlash choralarini o’z ichiga oluvchi «frantsuz va dav lat aralashuvi nisbatan kam, asosan, kichik va o’rta tadbirkorlikni qo’llab quvvatlashga e’tibor qaratilayotgan nemis modellarini ajratish mumkin.


SHunday qilib, ye. I mamlakatlarida iqtisodiyot va banklarni qo’llab quvvatlashga ajratilgan mablag’lar hajmi 2 trln. yevrodan ortdi. SHu bilan bir qatorda ye. Ining har bir a’zosi o’zining mablag’lari xisobidan ham inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish uchun alohida mablag’lar ajratdi. Tahlillar ye. Ida inqirozga qarshi chora tadbirlarning a’zo mamlakatlar iqtisodiy o’sishiga turlicha ta’sir qilganligi ko’rsatdi, jumladan, 2009 yilda o’rtacha 0, 5 1, 0%, 2010 yilda esa 0, 3 0, 6% ga teng bo’ldi. EIda inqirozga qarshi amalga oshirilayotgan fiskal chora tadbirlar a’zo mamlakatlar iqtisodiyotiga og’ir yuk bo’lib tushadi. yevropa Komiyassiyasining prognozlariga muvofiq yevro hududida davlat qarzi 2014 yilga borib 100% dan ortib ketishi mumkin. ye. I byudjetidan sanatsiya uchun ajratilgan mablag’larning umumiy miqdori 2009 2010 yillarda 400 mlrd. yevro, milliy hukumatlar tomonidan bank tizimiga ajratilgan mablag’lar miqdori esa 1, 2 trln. yevrodan ortib ketdi.


EIda inqirozdan keyingi iqtisodiy tiklanishning uchta modelini ajratish mumkin. 1. Ishlab chiqarishning keskin pasayishi sodir bo’lgan, ammo uning o’sish sur’atlari tezda tiklangan mamlakatlar. Ushbu mamlakatlarda iqtisodiy o’sish inqirozgacha bo’lgan davrga nisbatan barqarorlashgan mamlakatlar kiradi va yevro hududida bu modelga Germaniya misol bo’la oladi. 2. Retsessiyadan keyin iqtisodiy o’sish sur’atlari avvalgi darajaga yetgan, ammo ishlab chiqarishdagi yo’qotishlar qayta tiklanmagan mamlakatlar. Ushbu guruhga yevro hududining ko’pchilik mamlakatlari kiradi. 3. Ishlab chiqarish hajmining pasayishi chuqur bo’lmagan, ammo uzoq davom etgan mamlakatlar. Bu mamlakatlarda iqtisodiy o’sish qisqa muddatda, tez sur’atlarda tiklanmadi va aholi daromadlari inqirozgacha bo’lgan davrga nisbatan pastligicha qoldi. Bu guruhga ye. Ining Janubiy yevropa mamlakatlari kiradi va ularda 2010 yildan boshlab qarz muammosi paydo bo’ldi.


EI mamlakatlarida davlat moliyasi sektori inqirozdan jiddiy zarar ko’rdi. 2008 yilgacha davlatning tashqi qarzi yevro hududida Frantsiya, Germaniya, Portugaliya. Gretsiyadan tashqari barcha mamlakatlarda YAIMga nisbatan pasaygan bo’lishiga qaramasdan, aksariyat mamlakatlarda bu ko’rsatkich yuqorligicha qoldi. Tahlillar yevropa barqarorlik va o’sish paktida belgilangan davlat qarzining YAIMga nisbatan 60% li ko’rsatkichi 2010 yilda estoniya, Lyuksemburg, Polsha, Finlyandiya, Slovakiya va Sloveniyadagina bajarilganligini ko’rsatmoqda. ye. Ida 2008 2010 yillarda iqtisodiy pasayishlarning oldini olish, barqarorlashtirish dasturlarining ishga tushirilishi sababli davlat xarajatlarining ortishi davlat qarzining o’rtacha 23, 3% ga o’sishiga olib keldi.




Evro hududiga a’zo bo’lishga da’vogar mamlakatlar iqtisodiyoti quyidagi konvergentsiya ko’rsatkichlari bo’yicha tahlil qilinadi: narxlarning barqarorligi inflyatsiyaning o’rtacha darajasi yil davomida yevro hududiga kirgan, inflyatsiya darajasi past uchta mamlakatdagi o’rtacha inflyatsiya darajasidan 1, 5 punktdan yuqori bo’lmasligi lozim; davlat moliyasining barqarorligi Maastrixt shartnomasi bo’yicha konsolidatsiyalashgan byudjet kamomadi YAIMga nisbatan 3% dan jami davlat qarzi esa YAIMga nisbatan 60% dan oshmasligi lozim; kamida ikki yil valyuta kurslari mexanizmida (Exchane Rate Mechanism II (ERM II)) qatnashishi; konvergentsiyaning nominal uzoq muddatli foiz stavkalarida aks etishi yevro hududiga kirgan, inflyatsiya darajasi past uchta mamlakatdagi o’rtacha nominal foiz stavkalardan 2 punktga oshmasligi lozim.
Download 24,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish