M.O`.T tashkilotchisi S.Qurbonova
“TASDIQLAYMAN”
“Barkamol avlod” bolalar maktabi
direktori:
______________ A. Abdozov.
27.11.2020 yil
Marhamat tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi Madaniy-ommaviy tadbirlar tashkilotchisi Qurbonova Sayyoraning dekabr oyi uchun belgilangan chora tadbir
REJASI
T/r
|
Bajariladigan ishlar mazmuni
|
Muddati
|
Mas’ul
|
1
|
Oy davomida olib boriladigan ishlar yuzasidan vazifalar belgilab olish
|
28.11.2020
|
O`.M.M.I.B.D o`rinbosari,
M.O.T tashkilotchisi,
To`garak rahbari
|
2
|
To`garak a’zolariga Respublikamizda nishonlanadigan bayramlar mohiyatini tushuntirish ushbu sanalarga bag`ishlangan tadbirlarni doimiy ravishda o`tkazib borish
|
Oy davomida
|
O`.M.M.I.B.D o`rinbosari,
M.O.T tashkilotchisi,
To`garak rahbari
|
3
|
“1-dekabr-OITSga qarshi kurashish kuni”ga bag`ishlab tadbir va tanlovlar o`tkazish
|
30.11.2020-
|
O`.M.M.I.B.D o`rinbosari,
M.O.T tashkilotchisi
To`garak rahbari
|
4
|
“3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni”ga bag`ishlab tadbir va tanlovlar o`tkazish
|
02.12.2020-
|
M.O.T tashkilotchisi
To`garak rahbari
|
5
|
Maktabda o`quvchilar va ota-onalar o`rtasida “Andijon polkasi” tanlovini o`tkazish
|
Oy davomida
|
O`.M.M.I.B.D o`rinbosari,
M.O.T tashkilotchisi,
To`garak rahbari
|
6
|
“8-dekabr-O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun”iga bag`ishlab tadbir va tanlovlar o`tkazish
|
07.12.2020
|
M.O.T tashkilotchisi, To`garak rahbari
|
7
|
“10-dekabr-O`zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilingan kun”iga bag`ishlab tadbir va tanlovlar o`tkazish
|
09.12.2020
|
M.O.T tashkilotchisi,
To`garak rahbari
|
8
|
2021-Yangi yil tadbirini o`tkazish
|
26.12.2020
|
Uslubchilar
To`garak rahbari
|
9
|
Oy davomida o`tkaziladigan tadbirlarni yuqori saviyada o`tkazish
|
Oy davomida
|
M.O.T tashkilotchisi,
To`garak rahbari
|
11
|
Umumta’lim maktablarida tashkil etilgan to`garaklar faoliyatini samaradorligini oshirishda ko`maklashish
|
Oy davomida
|
O`.M.M.I.B.D o`rinbosari,
M.O.T tashkilotchisi
|
12
|
Oy davomida rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni muntazam bajarib borish
|
Muntazam
|
M.O.T tashkilotchisi
|
Chora tadbir tuzuvchi,
Ommaviy tadbirlar tashkilotchisi: S. Qurbonova
Marhamat tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida “3 -dekabr - Xalqaro nogironlar kuni”ga bag`ishlab o`tkazilgan tadbirdan fotolavhalar
Marhamat tuman “Barkamol avlod” bolalar
maktabi Madaniy-ommaviy tadbirlar
tashkilotchisi Qurbonova Sayyoraning
noyabr oyida olib borgan ishlari yuzasidan
XISOBOTI
2020-2021-o`quv yilining oktyabr oyida “Barkamol avlod” bolalar maktabida belgilangan vazifalar yuzasidan ishlar olib borildi. 2020-yil 4-noyabr kuni “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Maktabni kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, to`garaklar faoliyati” mavzusida seminar o`tkazildi. Seminarda “Kompyuter saboqlari”, “Mental arifmetika”, “Mayda plastika”, “Ingliz tili”, “Yumshoq o`yinchoqlar”, “Stol tennisi”, “Tasviriy san’at” to`garak mashg`ulotlari seminar qatnashchilariga namoyish etildi. Seminar yuqori saviyada o`tkazildi.
“Barkamol avlod” bolalar maktabida kuzgi ta’til kunlarini maroqli va mazmunli o`tkazish maqsadida tadbir va tanlovlar chora tadbirlari ishlab chiqildi. Prezidentimizning 5ta muhim tashabbusi asosida to`garaklarda tanlov va tadbirlar o`tkazildi. “Badiiy ijodiyot” yo`nalishi to`garagi a’zolari o`rtasida “Ona yurtim manzaralari” mavzusida rasmlar tanlovi o`tkazildi. Tanlovda “Tasviriy san’at” to`garagi a’zolari mavzuga oid rasmlari bilan faol ishtirok etishdi. “Badiiy ijodiyot” yo`nalishi to`garagi a’zolari o`rtasida “Mening ijod mahsulim” mavzusida qo`l ishlari tanlovi o`tkazildi. Tanlovda to`garak a’zolari matolardan, munchoqlardan, rangli qog`ozlardan yasagan qo`l ishlari bilan faol ishtirok etishdi. “O`lkashunoslik va ekalogiya” yo`nalishi to`garagi a’zolari o`rtasida “Tabiat- mening uyim” mavzusida rasmlar tanlovi o`tkazildi. Bu tadbirda to`garak a’zolari tabiatni tasvirlab rasmlar tayyorladilar. “O`lkashunoslik va ekalogiya” yo`nalishi to`garagi a’zolari o`rtasida “Bo`sh vaqt-imkoniyat” mavzusida qo`l ishlari ko`rgazmasini tashkil qilishdi. “Texnik ijodkorlik” yo`nalishi to`garagi a’zolari o`rtasida “Ma’lumotlar bazasi” mavzusida to`garak a’zolari o`rtasida kompyuterdan foydalanish bo`yicha tanlov o`tkazildi. Tadbirda “Kompyuter saboqlari” to`garak a’zolari kompyuterdan foydalanish bo`yicha o`z ijod namunalarini namoyish etishdi. Maktabda “Kompyuter saboqlari”, “Mental arifmetika” va “Ingliz tili” to`garagi a’zolari o`rtasida sport musobaqasi o`tkazildi. Musobaqada masofaga yugurish bo`yicha “Kompyuter saboqlari” to`garak a’zolari 1-o`rinni, “Ingliz tili” to`garak a’zolari 2-o`rinni, “Mental arifmetika” to`garak a’zolari 3-o`rinni egallashdi. Tadbir va tanlovlar yakunida maktab ma’muriyati tomonidan faol ishtirok etgan to`garak a’zolariga va to`garaklarga fahriy yorliqlar va o`quv qurollari taqdim etildi. O`quvchilarni kuzgi ta’til kunlarini maroqli va mazmunli tarzda yakunlandi.
Maktabda 2020-yil 13-noyabr kuni “Ekologiya” yo`nalishi to`garagi a’zolari o`rtasida “Tabiatni asrab avaylash” ko`rik tanlovining tuman bosqichi o`tkazildi. To`garak a’zolari 5 ta shart bo`yicha bellashdilar. Tanlov bosqichlari hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholandi. “Tasviriy san’at” to`garagi a’zolari 1-o`rinni, “Yosh ekolog va tabiatshunos” to`garagi a’zolari 2-o`rinni, “Yumshoq o`yinchoqlar” to`garagi a’zolari 3-o`rinni egallaganliklari uchun maktab rahbariyati tomonidan esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.
“Barkamol avlod” bolalar maktabida “O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilingan kun”iga bag`ishlab o`tkaziladigan tadbirlar uchun to`garak rahbarlari bilan birgalikda chora tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. To`garaklarda Davlat ramzlari, shuningdek “O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilingan kun”i mohiyati haqida to`garak a’zolariga tushunchalar berildi. Mashg`ulot xonalari to`garak a’zolari tomonidan bayramona bezatildi. To`garak a’zolari o`rtasida “Bayrog`im- fahrim” mavzusida rasmlar tanlovi o`tkazildi. “O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilingan kun”iga bag`ishlab maktabda 18-noyabr kuni katta tadbir o`tkazildi. Tadbirda to`garak a’zolari tomonidan O`zbekiston Respublikasi madhiyasi ijro etildi. Tadbirda maktab O`MMIB direktor o`rinbosari M.Zakirova so`zga chiqib barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, tadbirni ochib berdi va tadbir o`tkazish va tanlov tashkil qilish “O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilingan kun”ning 29 yilligi haqida tushunchalar berdi. Tadbir davomida “Kompyuter saboqlari”, “Mental arifmetika” va” Tasviriy san’at” to`garaklari a’zolari tomonidan tadbirga bag`ishlab badiiy chiqishlar namoyish etildi. Maktabda ochilgan “Musiqa” to`garagi a’zolari tomonidan milliy raqs namoyish etildi hamda milliy cholg`ular ijrosida qo`shiqlar kuylandi. Tadbir barcha qatnashchilarda katta tasurot qoldirdi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan to`garak a’zolari to`garak rahbarlari tomonidan rag`batlantirildi.
Madaniy-ommaviy tadbirlar
tashkilotchisi: Qurbonova Sayyora
Do'stlaringiz bilan baham: |