Mardonova Shahzoda 53 19 Mavzu: Ta’lim jarayonida psixologik faoliyat. Muhim davlat vazifasini «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»



Download 22,34 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi22,34 Kb.
#225586
  1   2   3   4
Bog'liq
Mardonova Shahzoda..


Mardonova Shahzoda 53 19

Mavzu:Ta’lim jarayonida psixologik faoliyat.

Muhim davlat vazifasini - «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirayotgan zamonaviy maktab o‘qituvchisining xislatlari, uning ijodiy faoliyati XXI asrda shakllanib, asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o‘sib

Pedagog faoliyatida psixologiyaning o‘rni beqiyosdir. Chunki

har bir pedagog dars o‘tish jarayonida o‘quvchilarining individpsixologik xususiyatlarini bilishi, yangi mavzuni tushuntirayotganda ham umumpsixologik qonuniyatlarni hisobga olgan holda

darsni tashkil etishi ta’limning sifatiga ijobiy ta’sir etadi.

Hozirgi jamiyatimizda o‘qituvchining mustaqil ravishda bilimlarni egallab, o‘z malakasini oshirib borishi bir tomondan

o‘qituvchilik faoliyatining borgan sari naqadar muvaffaqiyatli borayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan muhim vazifa ekanligidan dalolat beradi. Chunki bu kechiktirib bo‘lmas jarayon

shaxsni intellektual qashshoqlikdan qutqarib qoladi.

Psixologik nuqtayi nazardan o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z

bilimlarini oshirish bilan shug‘ullanishi zarurdir. Chunki o'qituvchilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog har

doim odamlar orasida bolarkan, u birinchidan, odamlarni

ko‘pdan beri qiziqtirib kelayotgan haqiqatni o‘z qarashlari bo‘yicha to‘g‘ri tushuntirib berishi lozim. Albatta, o‘qituvchidagi bu

tariqa qarashlar ko‘p yillar davomidagi mehnat va hayot faoliyati

jarayonida shakllanadi; ikkinchidan, o‘qituvchining o‘zi axborotlar olish uchun o‘quvchilarga nisbatan cheklangan vaqt imkoniyatiga ega; uchinchidan, u o‘ta tor doiradagi tengqurlari bilangina muloqotda bo‘lish imkoniyatiga ega bolib, ko‘pincha o‘z

kasbiga xos qiziqishlar bilangina cheklanib qoladi.

Ta’limning barcha ko‘rsatkichlari, Z.I.Kalmikovaning ta’kidlashicha, anglash tezligi, yangi vazifalar hal qilinishiga erishish

mumkin bolgan aniq ma’lumotlar hajmi, uni bevosita hal qilishdagi bosqichlar soni, natijaga erishishga yordam beruvchi ma’lumotlar miqdori, shuningdek, masalani hal qilish uchun sarflangan vaqt miqdori, o‘z-o‘zining bilimini oshirish qobiliyati,

ishchanlik va chiniqqanlik darajasiga bogliq.

0‘qituvchining mustaqil bilim egallashi deganda, uning o‘z

bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar

bilan toldirib, o‘zining individual ijtimoiy tajribasini keng miqyosda doimo yangilab borishi tushuniladi.

Odatda aksariyat o‘qituvchilar mustaqil bilim egallash zarurligini

tushungan holda, undan muvaffaqiyatli foydalanadilar. Buning mo-tivlari odatda pedagogik faoliyat jarayonida o‘qituvchi oldida yuzaga keladigan muammolarni anglab olish natijasida shakllanadi. Ko‘p

hollarda bunday motivlar «o'qituvchilarni qanday o‘qitib va qanday

tarbiyalash kerak?» degan xohish-istaklar tariqasida, fanning oxirgi yutuqlari, o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish ehtiyoji tug‘ilishi munosabati bilan shakllana boradi.

Shu bilan birga yaqqol ko‘zga tashlanib turgan ayrim hollardan ko‘z yuma olmaymiz. Masalan, o‘qituvchilar ommasining ma’lum qismi mustaqil izlanishda bo‘lib, o‘z bilim saviyasini

oshirish bilan faol shug‘ullanmaydi, malakasini oshirishga intilmaydi, ba’zilar muayyan bilimlar sohasida taraqqiyotdan butunlay ortda qolmoqdalar. Bunday o‘qituvchilar o‘sib kelayotgan yosh

avlodning ta’lim va tarbiya taraqqiyotiga jiddiy zarar keltiradilar.

Bu muammoni hal etishda asosiy vazifa malaka oshirish tizimi

zimmasiga tushadi. Respublikamizda xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish institutlarining tarmoqlari joriy etilgan,

bular Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markaziy instituti, Toshkent shahar, viloyatlardagi xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish

institutlaridir. Xalq ta’limidagi bu tizimning asosiy vazifasi doimiy ravishda o‘qituvchi kadrlarning malakasini oshirish, 0‘qituvchi kadrlarni o‘zlarining kasbiga xos bilim saviyasini, ko'nikma,

malakalarini, ma’naviyat va ma’rifatini, shu bilan bir qatorda iqtisodiy, ekologik va huquqiy ma’lumotini oshirishga da’vat etuvchi

ijtimoiy psixologik sohalarni rivojlantirib borishdan iboratdir.

0‘qituvchining mustaqil bilim egallashi va malakasini oshirish

pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishda zaruriy shartlardandir.

Shu bilan birga o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z malakasini

oshirib, o‘z ishining muvaffaqiyatini yuqori darajada ta’minlashga yordam beradigan shaxsiy xislatlarini tarbiyalab borishi zarur.

Bu borada hazrati Bahouddin Naqshband «Chaqmoq tosh

qo'limizga berilgan, faqat harakat qilish kerak, toki natija hosil

bo‘lsin» deb ta’kidlaganlar. Bu fikr bilan u ijtimoiy tarbiyanino‘rniga ishora qiladi, to‘g‘ri tarbiyaning mohiyatini, uning samarasini aniq o‘xshatishlar bilan asoslab beradi1.

Hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotini buyuk allomalar yaratgan

bir necha qimmatli asarlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu nodir

asarlar bir necha asrlar ilgari yaratilgan bo‘lsa-da, o‘z qimmatini yo‘qotgan emas.

Pedagogik faoliyat boshqa faoliyat turlari kabi o‘z motivatsiyasi, maqsadi, predmeti, vositalari, usullari, mahsuli va natijasini

aks ettiruvchi psixologik mazmunni ifodalaydi.

Pedagogik faoliyatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni ko‘rish mumkin. Yordamchi vositalarga esa texnik kompyuter, grafik vositalarni kiritish mumkin.

0‘qituvchiga nisbatan o'smirlarning talab va umidlari chet

el psixologlari tomonidan tadqiq qilingan bo‘lib, A.Djersildning

izlanishlariga binoan bolalar quyidagi xarakterga ega bo‘lgan

o‘qituvchilarni afzal hisoblar ekanlar:

1) mehribon, quvnoq, javobgarlikni his qiluvchi, barqaror insoniy sifatli;

2) haqiqatgo‘y, batartib, halol, boshqalarni hurmatlovchi, tashkilotchilik sifatidagi;

3) boshqalar manfaatini o‘ylaydigan, xalqparvar, sinf ishlarida4) yoqimli ovozli, umumiy yoqimtoylik qiyofasidagi o‘qituvchi.
4) yoqimli ovozli, umumiy yoqimtoylik qiyofasidagi o‘qituvchi.

V.Kessel tadqiqotlarida o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga

bog‘liq holda o‘qituvchilarning mashhurlik va mashhur emaslik

motivlari o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘qituvchining

mashhurligi ko‘p jihatdan uning materiallarni ko'rgazmali, jonli va muammoli tarzda yetkaza olish qobiliyatiga bog‘liq ekan.

V.S.Abramova, S.M.IUyusizova, V.A.Kan-Kalik va boshqalar

«o‘qituvchi-o‘quvchi» munosabati bo'yicha izlanishlar olib borganlar. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘qituvchining muloqotda

do‘st sifatida o‘z o‘rnini o‘quvchilarning tengdoshlari va ularning

ota-onalariga berganligi ko‘rindi.

Ko‘pchilik psixologlar, shu bilan birga o‘zbekistonlik psixolog

olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o‘qituvchilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N.Kuzmina, V.Slastenin, F. Gonobolin, o‘zbekistonlik psixologlardan R.Gaynutdinov, M.Davletshin,

Sh.Do‘stmuxamedova, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Kaplanova va

boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ham

o‘qituvchilik kasbi va ta’lim jarayoniga doir muammolar keng

tadqiq etilgan. Bunda o‘qituvchilik kasbiga muvofiq yaratilgan

professiogrammani ko‘rish mumkin.

0‘qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan

o‘qituvchiga qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga qamrab

olishi lozim. Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, Ye.Gladkova, A.Mashkurov, T.Hamrokulov, E.Xidirov

va boshqalarning ilmiy izlanishlari o‘zbek maktablarida rus tili va

maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator

mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qituvchi professiogrammasining taxminiy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi.

0‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor

qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi.


Download 22,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish