Mirzaobodtumanaxborot-kutubxonamarkazitomonidan “Siz hali ham kitob o’qimayapsizmi, unda biz yoningizga boramiz” shiori ostida o’tkazilgantadbirhaqida
MA’LUMOT
Tadbir muddati: 21-fevral
Joyi: Mirzaobod tumanida
2022-yilning 21-fevral kuni Mirzaobod tumani axborot-kutubxona xodimlari “Siz hali ham kitob o’qimayapsizmi? Unda biz yoningizga boramiz” shiori ostida mahallalarda targ’ibot ishlari olib borishdi.
Respublikamiz miqyosida bugungi kunda kitob mutolaasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.Zero, kitob insonni, ma’naviy komillikka yetaklaydi.Kitob mutolaasiga mehr qo’ygan inson hayot deb atalgan ummonning to’siqlariga, taqdirning turli zarbalaruga, sinovlariga bardosh beradi.Kitob insonni umr bo’yi tark etmaydigan, uni har qanday vaziyatda, qiyinchilikda qashshoqlikda, dardmanlikda ham mehr ko’rsatadigan yagona do’stdir.Kitob megri irq, nasab, kasbu- kor tanlamaydi, imimg bitta sharti qo’lingizga olib o’qishdan iborat.Inson uchun limning cho’qqisiga erishishda asosiy vosita hisoblanadi.Shunday ekan barchamiz kitob mutolaasi bilan shug’ullanishimiz zarur.
Mahallalarda o’tkazilgan targ’ibot ishlarida aholiga shu kabi tushuntirish ishlari olib borildi.Axborot-kutubxona xodimlari mahallalarda uyma-uy yurib, aholini, uyushmagan yoshlarni kitobga muhtoj qatlamlarini aniqlab ularni kutu\bxona faoliyati bilan tanishtirib, kutubxonamizga a’zo qilib olishdi.Bu kabi targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borilishi aholinbi kitobga bo’lgan qiziqishini ortishida yanada muhim ro’l o’ynaydi.
+
Mirzaobod tuman axborot-kutubxona markazida yangi adabiyotlar asosida o’tkazilgan kitob taqdimoti haqida
MA’LUMOT
Tadbir muddati: 7-yanvar
Joyi: Mirzaobod Akm o’quv zali
2022-yilning 7-yanvar kuni Mirzaobod axborot-kutubxona markazida axborot-bibliografiya xizmati xodimi M.Abduqodirova tomonidan yangi kelgan adabiyotlarga bag’ishlab kitob ko’rgazmasi va ularning taqdimoti tashkil etildi.
Taqdimotda yangi adabiyotlardan o’zbek adiblaridan Mirmuhsinning “Temur Malik”, Tog’ay Murodning “Saylanma” hamda jahon adabiyoti vakili Antuan de Sent- Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asar lari asosiy o’rin egalladi.
O’zbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsinning “Temur Malik” romani o’tmishdagi xalq ozodlik harakatiga bag’ishlangan. Vatan, xalq erki, ozodligi yo’lidagi jasorati, mardligi bilan allaqachon mangulik ramziga aylangan ulug’ ajdodimiz Temur Malik va uning davri haqidagi mazkur roman bugungi kun yoshlarining qalbida ongushuurida Tuproq, Yer, Vatan va Burch singari muqaddas tuyg’ularni tarbiyalashda yordam beradi.
O’zbekiston xalq yozuvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat sovrindori Tog’ay Murodning el orasida dovrug’ qozongan ikki romanidan tashkil topgan II jildli “Saylanma”si aziz kitobsevarlarga taqdim etilmoqda. Mazkur “Saylanma”ning birinchi jildiga adibning Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan, o’zbek kitobxonlari kitob javonidan munosib o’rin egallagan “Otamdan qolgan dalalar” romani kiritilgan. Romanda o’zbek xalqining bir asrlik tarixi badiiy talqin etiladi.
Jahon adaboyoti vakili, fransuz adabiyotining yetuk namoyondasi Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina Shahzoda” asari nafaqat bolalar, balki kata yoshdagi kitobxonlar uchun kenggroq tavsiya etiladi. Kitob ertak talqinida yozilgan bo’lsada yozuvchi asarda inson hayotining ma’nosi va mazmuni haqidagi dardlari, falsafiy mushohadalari, insonlar o’rtasidaggi do’stlik, hamdarlik, hurmat munosabatlari, shuningdek, yovuzlik va yomonlikka qarshi kurash g’oyalari aks ettirilgan.
Kitobxonlarga yangi kelgan adabiyotlar juda manzur bo’ldi. Bu borada kitobxonlardan J.Jo’rayeva, B.Xalilov va S.Ahmedovalar o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
AKM mutaxassisi: O. Ochilova
Do'stlaringiz bilan baham: |