«Ma’qullayman» «Tasdiqlayman» Ilmiy rahbar: f f. doktori, O`zbek tili va adabiyoti professor Sh. N. Ahmedova kafedrasi mudiri Sh. N. Ahmedova


Ishning jamoatchilik e’tiboridan o`tishi



Download 104,46 Kb.
bet9/43
Sana07.01.2022
Hajmi104,46 Kb.
#325561
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
« boborahim mashrab mustazodlarining g’oyaviy-badiiy tahlili»

Ishning jamoatchilik e’tiboridan o`tishi. Ushbu mavzu Buxoro davlat universiteti O`zbek adabiyoti kafedrasida muhokama qilinib, tasdiqlangan.

Ishning tuzilishi va hajmi. Malakaviy-bitiruv ishi kirish, ishning umumiy tavsifi, ikki bob, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati kabi qismlardan iborat bo`lib, sahifada o`z aksini topgan.
I BOB. BOBORAHIM MASHRAB IJODI VA LIRIKASI HAQIDA

1.1.Mashrabning hayot va ijod yo`li

Boborahim Mashrab o`zbek mumtoz adabiyotida o’ziga xos uslubga ega bo’lgan shoirlarimizdan biridir. O’z hayotini O’rta Osiyoning ko’p shahar va qishloqlarida qalandarona yashab o’tkazgan.Shoir faoliyatiga karomatpesha bir avliyo, darvesh, qalandar sifatida xalq katta ixlos va ehtirom bilan qaragan. Shuning uchun o’z zamonasidan boshlab Mashrabning asarlari xalq orasida keng yoyilgan. U haqida ko’plab rivoyatlar yaratilgan. Majzub Namangoniyning "Tazkirat ul-avliyo", Ishoq Bog`istoniyning "Tazkirai qalandaron", Maleho Samarqandiyning "Muzakkiri ashob" kabi tazkiralarida Hakimxon To’raning "Muntaxab ut-tavorix", Mirzo Olimning "Ansab us-salotin" asarlarida hamShoirhaqida ayrim ma’lumotlar, mulohazalar uchraydi. Mashrabning shaxs va ijodkor sifatidagi qiyofasi haqida mukammalroq tasavvur hosil qiluvchi manba bu Pirmat Setoriy tomonidan tuzilgan "Qissai Mashrab"dir. U XX asr boshlariga qadar "Devona Mashrab”, "Shoh Mashrab", "Eshon Mashrab", "Qissai Mashrab" kabi nomlar bilan juda ko’p nusxalarda chop etilgan. Mazkur kitoblarda shoirning hayoti, ijodi, insoniylik fazilatlari, kiyinishi, yashash tarzi xuddi bir afsonaviy shaxs sifatida bayon qilingan.

Boborahim Mashrab (1653-1711) – tasavvuf g`oyalarini kuylagan – mutasavvuf shoirlardan biri. Tasavvufdagi naqshbandiya tariqatining malomatiya yoki qalandariya maslagi vakili bo`lib, “Ko’h ba ko’h. Sahro ba sahro kezmoq” – uning maslagidir. Bog`istoniyning “Tazkirai qalandaron”ida 1653 yilda tug`ilgani aytilgan. Namanganda Mullavali kosib oilasida tug`ilgan. Shuning uchun u: “Namangandan ketar bo’lsam, meni yo’qlar kishim bormu?” – deb yozadi.

Shoirning she’rlari tarqoq holda etib kelgan. G`azal, mustazod, murabba’, muxammas, musaddas, musabba’ kabi janrlarda ialam tebratgan. Ollohga bo’lgan sevgisini ko’nglida qanday bo’lsa, shundayligicha ochiq tasvirlagan. Ilohiy ishq – she’rlarining, shu bilan birga mustazodlarining bosh mavzusi. U Navoiyni mushohada qilib, o’ychanlik va bosiqlik bilan, Yassaviyni rasmiy shariat doiralaridan uzoqlashmasdan sharh etadi. “Agar oshiqlig`im aytsam, kuyib jonu jahon o’rtar,

Bu ishq sirin bayon etsam, taqi ul xonumon o’rtar”.

Bu Mashrab dardini, jono, ki hech kim boshiga solma

Agar Mashharda oh ursam, behishti jovidon o’rtar.

Fe’l-atvori: a) duch kelgan ojiz-bechoralarga kiyimlarini echib bergan; b) O’spirinligida qaerda go’riston bo’lsa, ziyorat qilib, odamlarning suyaklarini ko’rib: “Ey odamzod, oxir o’lib boshingga tushadigan ish bu”, - deb yig`lab yurgan.

Ustozlari: 1) namanganlik Mullo Bozor oxund, Xo’ja Ubaydulloga 7 yil shogird bo’lgan. Unga “alif”ni aytib, “be” ni aytmagan. Chunki u alifning birligida Ollohning yagonaligini ko’radi. 2) qashqarlik Ofoqxo’ja huzuriga uni Mulla Bozor oxund jo’natadi. Mulla Boqi Oxund va Mulla Soqi Oxund olib boradi. Mashrab laqabini Ofoqxo’ja bergan. Mashrab so’zining ma’nosi: “Ishq sharobini ichgan” yoki “Ichimlik ichiladigan joy, fe’l, odat, xulq, tabiat degani. Mashrab Ofoqxo’ja eshigida 7 yil (3 yil o’tin tashigan, 3 yil suv, 1 yil ostonada yotgan) xizmat qilgan. Ofoqxo’janing To’tibekach ismli kanizini sevib qolgani uchun axta qildirilgan. Pir uning Mansuri Xalloj maqomiga etganini bashorat qiladi. Ibrohim Adham (1 kechada shohona libosini darveshlik jandasiga almashgan) va Mansur Xalloj (erkin fikrlilik ramzi) namuna bilgan. “Ofoqni bir lahzada kezdim, na ajabdir, Mino tog`idin akka sifat hakkalab o’tdim”. – Ofoq – dunyo degani. Mashrab uchun u dunyo bilan bu dunyo oralig’i bir bo`lgan. So`fiysifat bu ijodkor bu dunyo halovatlaridan voz kechib, o`zini u dunyoga bag’ishlagani she`rlaridan ko`rinib turadi: “Murodingga etay desang, qalandar bo’l, qalandar bo’l”.

18 yillik ayriliqdan so’ng u onasi huzuriga keladi. So’fi Olloyor unga do’zaxni, Mashrab esa unga qo’llari orasidagi jannatni ko’rsatadi. Do’sti Pirmat Setoriy bilan 20 yillik safarga ketadi.

Mashrab 1711 yilda Balx hokimi Mahmud Qatag`onning amri bilan Qunduz shahrida dorga osilgan. Uning o’zi ham uch kundan so’ng Mashrab bashoratiga ko’ra o’ldirilgan. “Ajab Majnun erurman dasht ila sahrog`a sig`mamdur, Manga sig`ar ikki jahon, man bu jahonga sig`maram”,- deb yozgan edi.

Mashrab she’rlarining nashr etilishi: 1) 1958-1980 yillarda. 2) Jaloliddin Yusupov tomonidan 1990 yilda “Mehribonim, qaydasan” to’plami. Mashrabning bizgacha etib kelmagan asarlari: “Kimyo”, “Mabdai nur” – Rumiy asarining sharhi. Sharqda Mashrab taxallusli 10 ga yaqinShoiro’tgan. 2 tasi movarounnahrlik: 1) B.Mashrab va qarshilik hofiz Ro’ziboy.

Mashrab: “Lomakondin joy olibman, bu makonni na qilay?” deydi. Lomakon – makondan tashqari degani. U jismi yo’q, faqat ruhlargina yashovchi olam.

Bu maslakning shiori: “Havas bozorini dur aylagil zinhor boshingdin, Qo’lingni ikki dunyodin uzib, dilni qalandar tut”.

Mashrab haqida xalq o’rtasida “Devonai Mashrab”, “Eshoni Mashrab”, “Hazrati shoh Mashrab” qissalari keng tarqalgan. Unda aytilishicha, Mashrab “Mahdiy” va “Zinda” taxalluslari bilan ham ijod etgan. U ko’lga tushib, yo’q bo’lib qoladi. Onasi kelib, she’rlar aytib chaqirsa, chiqadi. U dunyoda ikki ofoq (quyosh) o’tibdur” deganda A.G`ijduvoniy bilan Ofoqxo’jani nazarga oladi. Shuning uchun “Ruhi jonim arshg`a etti, men o’zim osmoniman” deb yozadi.

Ofoqxo’ja buyrug`i bilan Hofiz Sheroziyning “Nazari bilan tufroqni kimyo qiladigan kishilar ko’z ichidan bizga qiyo boqarmikanlar?” she’rini o’yiydi. Ofoqxo’ja: “Hay, bas, agar mundin ziyoda o’qisang, kuyib ketarman” deydi.



Xalq xotirasida qalamidan ilohiy she’r to’kilgan shoirgina emas, ikkiyuzlamachilik, soxtakorlik, nafsga qullikning shafqatsiz dushmanidir.


Download 104,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish