Sanoat chatishtirishi. Ushbu chatishtirishning maqsadi kelgusida urchitish ko„zda tutilmagan
mahsuldor, chidamli(geterozis hodisasi) go„shtdor hayvonlar olishdan iborat.
Chatishtirish uchun albatta monand zotlar tanlab olinadi. M: broyler jo„jalari olish
uchun plimutrok va kornish zotlari tanlangan.
Barcha olingan chatishma hayvon va parrandalar to„liq go„sht uchun
o„stiriladi.
Bu usulni go„shtdor qoramolchilikda qo„llash 15% gacha go„shtni
ko„paytirish va 10-15% oziqa sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Cho„chqachilikda 3 zotlik chatishmalar olish ijobiy natijalar beradi: yirik oq x Shimoliy Kavkaz x Landras. Bunday chatishma cho„chqalar ikki zotliklariga
nisbatan ayrim ko„rsatkichlari bo„yicha ustun turadi.