B) Geterogen (har xil) juftlash. Bu usulda bir - biriga o„xshash bo„lmagan
erkak va urg„ochi hayvonlar (tana tuzilishi, yoshi, mahsuldorligi va hokazo)
juftlanadi. Har xil juftlash quyidagi hollarda qo„llaniladi:
1. Podada belgilar har xilligini ta‟minlash asosida hayvonlarda yangi qiymatli
belgilarni yaratish maqsadida;
2. Erkak va urg„ochi hayvonning asl belgilarini mujassam qilgan avlodlar
olish uchun ;
3. Geterozis natijasida avlod hayotchanligi va mahsuldorligini ko„tarish;
4. Ayrim va guruh hayvonlarning ba‟zi kamchiliklarini tug„irlash uchun. Bu
usul mahsuldor chorvachilikda keng foydalanib, ba‟zi paytlarda yangi zot
yaratishning dastlabki bosqichida qo„llaniladi.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |