Urg‘ochi cho‘chqalar bolalaridan ajratilganidan 4 – 6 kundan keyin
kuyukadi. Bu davrda ularning o„rta semizlikda bo„lishi ta‟minlanadi. Chunki
emizikli davrida ular 30% gacha o„z vaznini yo„qotadi. Oriq urg„ochi cho„chqalar
ratsioni kuchaytirilib o„rtacha semizlikka erishganidan keyin qochiriladi .
Yosh nasldor urg„ochi cho„chqalar naslchilik xo„jaliklarida dastlab 10-11
oyligida vazni 130 – 150 kg bo„lganida qochiriladi. Oddiy xo„jaliklarda esa ular 9
– 10 oyligida vazni 110 – 120 kg bo„lganda qochirilsa bo„laveradi. Ushbu vaznga
yerishmagan cho„chqalar urchish qobiliyati past bo„lib, ko„pincha o„lik bola
tug„adi.