6.3.1.-rasm. Yirik oq cho‘chqa.
Ushbu zotga mansub cho„chqalar oq tusda bo„lib, tanasi mustahkam, jussasi
yirik, voyaga yetgan erkak nasldor cho„chqalari 300 – 350 kg, urg„ochilari esa 200
– 250 kg tosh bosadi. Zot chempioni Samouchka laqabli nasldor erkak cho„chqa
530 kg vaznga erishgan . Urg„ochi cho„chqalarining o„rtacha pushtdordorligi 11,3
cho„chqa bolasini tashkil etib, cho„chqa bolalarining tug„ilgandagi vazni 1,2 – 1,3
kg bo„lib, ona cho„chqalarning sutdorligi 70 –80 kg ni tashkil etadi, 100 kg
vaznga 190 – 200 kunda erishadi, bo„rdoqilash davrida o„rtacha sutkalik semirish
640 – 680 g bo„lib, 1kg semirish uchun 4,5-5,0 oziqa birligi sarflaydi. Ulardan yosh
paytida sergo„sht nimtalar, bo„rdoqilashni cho„zish bilan seryog„ nimtalar olinadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |