Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


Sigirlar sut mahsuldorligiga  ta’sir  qiluvchi omillar



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/433
Sana30.09.2021
Hajmi3,26 Mb.
#189918
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   433
Bog'liq
chorvachilik asoslari

Sigirlar sut mahsuldorligiga  ta’sir  qiluvchi omillar. 
Sigirlar  sut  mahsuldorligi    va  uning  xususiyatlari,    sutning  tarkibi  kabi    irsiy 
belgi hisoblanadi.  
Genotip  tomonidan  belgilangan  yuqori    sut  mahsuldorligi  genetik  imkoniy 
ko„rsatkichdir.  Sigirlarning  irsiy  belgilari  yuqori  sut    mahsuldorligi  tashqi  
muhitning qulay sharoitlarda  ro„yobga chiqadi.  
Barcha qoramol zotlarida sigirlar sut mahsuldorligi juda o„zgaruvchan bo„ladi. 
Bir  zotniig  ichida  sigirlar  sut  mahsuldorligi  4000-5000  kg  dan  27000  kg  gacha 
bo„lganini guvohimiz. 
Sigirlar sut mahsuldorligi ma‟lum darajada uning tirik vazniga bog„liq, chunki 
u rivojlanish va semizlik mezoni hisoblanadi. Ko„pincha  yirik sigirlar ko„p oziqa 
iste‟mol qilib ularni hazmlash qobiliyatiga ega, bu esa yuqori sut mahsuldorligini 
ta‟minlaydi. Bejiz emas ko„pgina rekordchi sigirlar vazni andozadan ancha yuqori 
bo„lgan. 
Sigirlar sut  mahsuldorligi urg„ochi tanalarni  qochirish  muddatiga  bog„liq.Sut 
yo„nalishidagi  urg„ochi  tanalarni  I6-I8  oyligida  qochirish  maqsadga  muvofiqdir. 
Lekin bu borada ularning vazni muayyan podadagi voyaga yettan sigirlar vaznining 
65-70% tashkil qilganda amalga oshirish kerak.  
Jadal o„stirilgan va meyorlarda qochirilib tug„ishga to„g„ri tayyorlab natijasida 
birinchi tug„ishdayoq 3000-4000 kg sut sog„ib olish mumkin.  
Birinchi  tug„im  sigirlar  sut  mahsuldorligiga  ularni  iydirish  (razdoy)    muhim 
ta‟sir  ko„rsatadi.  Agarda  birinchi  tug„im  natijalariga  ko„ra    sigirning  sut 
mahsuldorligi  podaning  o„rtacha  ko„rsatkichidan  30%  kam  bo„lsa,  ular  sigirlar 
podasiga ko„chirilmay puchak qilinadi. 
Sigirlar  sut  mahsuldorligi  ularning  yoshida  o„z  aksini  topadi.  Aksariyat  I-II 
ba‟zan III tug„im sigirlari voyaga yetgan sigirlar sut mahsuldorligi kam bo„ladi. 
 Ko„pincha  I  tug„im  sigirlarning  sut  mahsuldorligi  voyaga  yetgan  sigirlar 
sutining 75%, II tug„imda 85-87%, uchinchi tug„imda 95-98% ini tashkil qiladi.  
Keyinchalik 2-Z tug„imda sigirlar sut mahsuldorligi yuqori darajada saqlanadi, 
so„nggi  tug„imlarda  bu  ko„rsatkich  asta-sekin  kamayib  boradi.  Sigirlardan 
xo„jalikda  8-10  yil  foydalanish  ko„proq  samara  beradi,  ayrim  hollarda  yuqori 
mahsuldor, qiymatli sigirlar mutaxassislar tomonidan  uzoq vaqt podalarda saqlanib 
qoladi. 
Sigirlarning    sut  mahsuldorligini    oshirishning  asosiy  kaliti  ularning    tanlash 
va  saralash  hisoblanadi.  Sigirlar  sut  mahsuldorligi  I  tug„im  natijalariga  qarab 
baholanadi  va  tanlanadi.  Shuning    uchun  barcha  sutchilik  fermalarida  nazorat 


 
135 
sigirxonalari tashkil qilinib, har bir I tug„im sigir shu  joyda tekshirilib keyin asosiy 
sigirxonaga o„tkaziladi. 
Mahsuldorligi  past,  mashinada  sog„ishga  yaroqsiz  sigilar  podadan  chiqarib 
olinadi. 
Xo„jalikda    sigirlardan    iloji  boricha  uzoq  vaqt  foydalanish,  ayniqsa  bozor 
iqtisodiyoti  sharoitida  alohida    kasb  etadi.  Chunki    sigirlarni  o„stirish  uchun 
sarflangan harajatlar faqat  IV tug„imdan keyin koplanadi. Agarda sigir II yoki III 
tug„imdayoq    podadan  chiqarib  yuborilsa,  ularni  o„stirishga    ketgan  harajatlarni 
qoplamaydi. 
 Ayniqsa  naslchilik  xo„jaliklarida  sigirlarni  uzoq  vaqt  saqlash  yuqori  sifatli 
sigirlardan ko„proq podani to„ldiruvchi  yosh hayvonlar  olish imkonini  beradi. 
Eng  muhim  sutdorlik  omili  bo„lib  sigirlarni  oziqlantirish    darajasi  va 
xususiyatlari hisoblanadi, chunki bu omilsiz sigirning irsiy imkoniyatlari ro„yobga 
chiqmaydi. 
Ayniqsa    yangi  tuqqan  va  sermahsul  sigirlar  oziqlantirish  darajasiga  juda 
talabchan  bo„ladi.  Sigirlarni  yuqori    va  to„la  qiymatli  oziqalar    bilan  ta‟minlab, 
yaxshi asramasa ulardan yuqori  sut mahsuldorligini  kutib bo„lmaydi. 
Sigirlar  sut  mahsuldorligi    ular  laktasiya    davrining    davomiyligiga  bog„liq 
bo„lib, u servis va quruqlik davrlarining natijasi hisoblanadi. 
Sigirlar  bo„g„ozligining  ikkinchi  davrida  bez  hujayralarining  jadal  tiklanishi 
kuzatiladi,  unda  eski  alveolalar  so„rilib  yangi    bez  to„qimalari    paydo  bo„lishni  
boshlaydi. Bu jarayon tug„ishga 1,5-2 oy qolganda jadal kechadi, shuning uchun bu 
davrda sigirni sutdan chiqarish talab qilinadi.  
Bu tadbir sigir qornida homilani yaxshi rivojlanishiga ham ijobiy ta‟sir qiladi.  
Sigirlar sut mahsuldorligi ularning tug„im fasllariga ham bog„liq. O‟zbekiston 
sharoitida  qish oxiri va erta bahorda tuqqan sigirlar yozda tuqqan sigirlar  nisbatan 
300-500 kg ko„p sut beradi.  
Sigirlarning  sut  mahsuldorligi  ularning  salomatligiga  bog„liq  bo„lib,  yelin 
kasalliklari salbiy ta‟sir ko„rsatadi. 
 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   433




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish