Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich


II.4.5 Qishloq xo‘jalik parrandalarini oziqlantirish



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/433
Sana30.09.2021
Hajmi3,26 Mb.
#189918
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   433
Bog'liq
chorvachilik asoslari

II.4.5 Qishloq xo‘jalik parrandalarini oziqlantirish
Parrandalar o„ziga xos hayot xususiyatliriga  ega ularda hayot jarayonlari  tez 
kechadi,  shuning  uchun  ularning  tana  harorati  yuqori(42◦S  )  va  1  kg  tirik  vazni 
uchun  ko„proq  kislorod  iste‟mol  qiladi,  hamda  nafas  olishi  va  yurak  urishi  tez 
kechadi.  Modda  almashinuvining  tezligi  parrandalar  sermahsulligi  asosi 
hisoblanadi.  Tovuq,  o„rdak  va  kurkalar  har  xil  oziqalarni  yeyivchilar,  g„ozlar  esa   
o„txurlar toifasiga  kiradi. 
Oziq hazm qilish a‟zolari parrandalarda boshqa qishloq xo„jalik hayvonlaridan 
keskin  farq  qiladi.  Oziq  hazm    qilish  a‟zolari  kalta  ulardan  oziqa  qisqa    vaqtda 
o„tadi, hazm jarayoni tez  tugaydi, jo„jalarda va tovuqlarda ushbu jarayon hammasi 
bo„lib 4-5 soat davom etadi. Oziqalarni maydalab berish bu jarayonni tezlashtiradi. 
 Parrandalar  jadal  o„sadi,  broylerlar  va  o„rdak  jo„jalari  dastlabki  50  kunda 
tuxumdan chiqqan vazniga nisbatan 40, g„oz jo„jalari 35 barobar vaznini oshiradi. 
Parrandalarning  og„iz  bo„shligida  tishi  bo„lmaydi,  oziqani  tumshug„i  bilan 
olib, sulak bilan biroz xo„llab yutadi. 
Ogiz bo„shlig„idan oziqa kizilungachga tushadi. Don yeyuvchi parrandalarda u 
ko„krakka  kirish  oldidan  kengayib  jig„ildonni  tashkil  etadi,  u  yerda  oziqalar 
yumshab, oziqa fermenti va mikroorganizmlar yordamida biroz parchalanadi. 
Jigildondan  oziqa  qizilungachga  oxirida  joylashgan  bezli  oshqozonga  tushib 
pepsin va xlorid kislotasi  ta‟siriga uchraydi, shundan keyin u muskulli oshqozonga 
tushib  oshqozon  devori  va  toshchalar  yordamida  obdan  maydalanadi  va  bezli 
oshqozondan tushgan shira bilan aralashadi.  Oshqozonda oziqa ichaklarga o„tadi, u 
yerda kislotali muhit hukm suradi. 
Oshqozon-ichaklarni  butun  don  va  un  oziqalarni  hazm  qilish  ancha  sekin 
kechadi.  
Parrandalar 
kletchatkaga 
boy 
organik 
moddalar 
kovshovchilar 
va 
cho„chqalarga  nisbatan  yomon  hazm  qiladilar,  yoki  kletchatkani  hazmlanish 
darajasi  0-25%  ni  tashkil  qiladi.  Shu  bois  tovuqlar  ratsionida  esa  6-10  dan  ortib 
ketmasligi  kerak,  aks  holda  parrandalar  mahsuldorligi  pasayib  cho„kish  ro„y  
beradi. 


 
113 
Barcha  to„yimli  moddalar  manbai  oziqa  hisoblanadi.  Parranda  oshqozon-
ichaklarida organik moddalar parchalanadi: oqsillar – aminokislotalarga, uglevodlar 
– monosaharidlarga, yog„lar esa gliserin va yog„ kislotalariga. 
Bu moddalar organizmda  yangi hujayralar, ferment, gormon, vitaminlar hosil 
bo„lishi , hamda organik moddalar parchalanishi natijasida energiya ajralib chiqadi 
,  u  tana  haroratini  ushlab  turishi,  muskullar  faoliyatini  ta‟minlash  va  yangi  
moddalar hosil bo„lishiga sarflanadi. 
Parrandalarning  to„yimli  moddalarga  talabi  qator  ko„rsatkichlar  bo„yicha 
inobatga olinadi, ulardan eng zaruri energiya bo„lib energetik birlik hisoblanadi. Bu 
narsa  oziqalar  energiyasining  ko„payishi,  ularning  energiyasi  va  energo-protein  
nisbatini nazorat qilib borishni  taqozo etadi. 
Proteindan  samarali  foydalanish  belgisi  ratsionning  kalloriyaligini    proteinga 
nisbati  hisoblanadi.  Energo  protein  nisbati  1%    proteinga  qancha  almashinuvchi 
energiya  to„g„ri  kelishi  bilan  aniqlanadi.  Buni  aniqlash  uchun  ratsiondagi 
almashinuvchi  energiya  (kkal)    miqdorini  xom  proteinga  (%)  bo„lish  bilan 
hisoblanadi. Parrandalarni oziqlantirishda protein nisbati  alohida o„rin tutadi., yoki 
parrandalar mahsuldorligining 20-25% shunga bog„liq. 
Proteinni  faqat  me‟yorda  berish  kerak,  kam  bo„lsa  mahsuldorlik  va 
saqlanuvchanlikka  salbiy    ta‟sir  qiladi,  ko„p  bo„lsa  behudaga  energiyaga  aylanib 
ketadi, bunday ratsion qimmat bo„lib parrandachilik mahsulotlarini samaradorligini 
pasaytirib yuboradi. 
Oziqalarning  protein  to„laqimmatligini  nafaqat  xom  protein,  balki  ular 
tarkibidagi  aminokislotalar  bilan  baholanadi.  Ko„pincha  metionin, lizin  , triptofan 
kabi aminokislotalar yetishmasligi seziladi. 
 Parrandalarni  proteinga  bo„lgan  talabining    40-45%    o„rni  almashmaydigan, 
qolgan qismi esa  o„rni almashadigan aminokislotalarga to„g„ri keladi. 
Parrandalar  oziqlantirishda  vitaminlarning  me‟yor  darajasida    bo„lishiga 
alohida  e‟tibor  beriladi,  aks  holda  modda  almashinuvi  buzilishi  asnosida 
mahsuldorlik pastlab, parrandalarning salomatligi yomonlashadi. 
Parrandalarning 
barcha 
turlari 
ratsionlari 
mineral 
moddalar 
bilan 
tenglashtirilishi shart. 
Barcha  turdagi  parrandalar  me‟yorlari  talablariga  binoan  omixta  yemlar 
tayyorlanadi,    ular  to„laqimmatligi  asosiy  oziqa  manbalari  hayvonot  dunyosi  va 
oziqa qo„shimchalari evaziga ta‟minlanadi. 
Tovuqlarni  oziqlantirish    quruq  to„laqimmatli  omixta  yemlar  bilan  amalga 
oshiriladi. 
Tovuqlar    tuxumlashi  50%  bo„lganda  1  kg  oziqada  1%  proteinga  200-207 
kkal, tuxumlash 70% bo„lganda 180-190 kkal , 90% bo„lganda esa 176-183 kkal ni 
tashkil qiladi. Ratsionda xom proteinning nisbati  6% dan oshib ketmasligi kerak. 
 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   433




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish