1.
Kelib chiqishiga qarab tanlash;
2.
Yosh nasldor erkak hayvonlar o„sish jadalligi, rivojlanishi, konstitutsiyasi
va pushtdorligi bo„yicha tanlanadi;
3.
Oxirgi pirovard bosqich genotipik baholash bo„lib, erkak nasldor
hayvonlar avlodlarining sifati bo„yicha tanlanadi.
Hal qiluvchi 3 bosqich hisoblanadi, lekin 1,2 bosqichlar ham 3 bosqich
ma‟lumotlari (5 yosh) olinguncha ishlatiladi.
Avlodlarning sifati bo„yicha erkak nasldor hayvonlarni tanlashda o„zidan
tashqari qator omillar ta‟sir etadi: onasining ta‟siri, o„stirish va oziqlantirish, uning
barcha avlodlarini baholash, olingan avlodlar soni, juftlanayotgan hayvonlar yoshi,
erkak va urg„ochi hayvonning mosligi, avlodni kompleks baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |