I . BOB
QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI URCHITISH.
I.1 Uy hayvonlarining kelib chiqishi va evolutsiyasi.
Qishloq xo„jalik hayvonlarining kelib chiqishini o„rganish nazariy va amaliy
ahamiyat kasb etadi. Hayvonlarning kelib chiqishini o„rganish bilan ulardagi
evolutsion jarayonda ro„y bergan o„zgarishni ilg„ash bilan birga amaliy ahamiyat
kasb etadi, ya‟ni yovvoyi ajdodlardan foydalanib yangi zotlar yaratish,
mavjudlarini takomillashtirish imkoniyatlarini beradi.
Qishloq xo„jalik hayvonlarini qo„lga o„rgatish va xonakilashtirish bundan 10-
12 ming burun ibtidoiy odamlarning yovvoyi hayvonlarni ovlashidan boshlangan.
Ovdan bo„shashgan va yarador hayvonlarning olib kelinishi, yosh yovvoyi
hayvonlarni turli usullar bilan ushlab ularni qo„ra yoki g„orlarda saqlash qo„lga
o„rgatishning boshlanishidan dalolat, odamlar ushbu hayvonlarni asosan zaxira
go„sht va hayrat uchun saqlaganlar.
Qo„lga o„rgatilgan hayvonlarni odamlar himoya qilgan, oziqlantirilgan,
asragan, lekin ko„pchilik hollarda ular tutqunlikda avlod bermaganlar, ayrimlaridan
shunday sharoitda ham avlod olingan. Yosh hayvonlar osonroq qo„lga o„rgangan.
Uy
hayvonlarining kelib chiqish mintaqalari ularning yovvoyi ajdodlarini
tarqalishiga qarab ro„y bergan. Asosiy xonakilashtirish mintaqalari bo„lib Yefrat va
Tigr daryolari vodiysi, Hindiston, Hindixitoy, Xitoy, Shimoliy-Sharqiy Afrika-Nil
daryosining quyi oqimi, Kavkaz orti, Dnepr daryosining quyi oqimi, Eron va O‟rta
Osiyo hisoblanadi.
Ko„pchilik hayvonlar Osiyoda qo„lga o„rgatilib, xonakilashtirilgan(it,
qoramol, ot, qutos, echki, qo„y, cho„chqa, bug„u, ikki o„rkachli tuya, tovuqlar,
tovuslar, kaptarlar, g„ozlar, o„rdaklar, asalari va ipak qurti, Yevropada- it, qoramol,
ot, qo„y, quyon, cho„chqa, g„oz, o„rdak va asalarilar hisoblanadi. Amerikada
lamalar, kurkalar va muskus o„rdaklari, Avstraliyada esa faqat nandu tuyaqushlari
xonakilashtirilgan).
Yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirilishi qator fanlar va usullar yordamida
ikkilamchi ko„rsatgichlar asosida o„rganiladi: arxeologik, anatomik, fiziologik,
etnografik.
Arxeolglar qo„rg„onlar, ibtidoiy kulbalar joylarini qazish natijasida topilmalar
chiqqan qatlamlar asosida xonakilashtirilish yoshini aniqlaydilar.
Anatomlar esa qazilmalarda topilgan suyaklarni hayvonlarning suyaklari bilan
solishtirib o„xshashligini va evolutsiya davomidagi o„zgarishlarni bilib oladilar.
Fiziologik usul yordamida xonaki hayvonlar bilan yovvoyi ajdodlarining oqsil
tarkibi, qoni bilan solishtirib ularning kelib chiqishini aniqlash mumkin.
Etnografik usul esa ajdodlarimizning hayvonlarning tasviri tog„, qoya
toshlariga va turli madaniy turmush ashyolarga tushirishiga qarab aniqlanadi, ya‟ni
qoya tasvirlar hozirgi hayvonlar tana tuzilishi bilan solishtirib turiladi.
Hayvonlar quyidagi guruhlarga bo„linadi:
10
A) Yovvoyi hayvonlar-tabiat mahsuloti bo„lib, himoya tusi, ko„zgaluvchan
nerv tipi, kam mahsuloti va kech yetilishi bilan ta‟riflanadi.
B) Qo„lga o„rgatilgan hayvonlar-tutqunlikda ko„payishi va avlod qoldirish
imkoniyatlaridan mahrum(fillar, ov burgutlari).
V) Uy hayvonlari – xonakilashtirilgan va inson mehnati singgan hayvonlar.
G) Qishloq xo„jalik hayvonlari – xonaki hayvonlar bo„lib, insonlarning chorva
mahsulotlariga bo„lgan talablarini qondirish maqsadida ishlab chiqarishda
foydalanadilar.
Ibtidoiy odamlar dastlab osonlikcha qo„lga o„rgatish mumkin bo„lgan mayda
hayvonlarni xonakilashtirishgan. Itlardan keyin 7-8 ming burun qo„y va echkilar
qo„lga urgatilgan. Qo„ylarning yovvoyi ajdodlari bo„lib muflon, arhar va argali
hisoblanadi. Echkilar qilichsimon va parsimon shoxli, hamda ibeks yovvoyi
echkilaridan kelib chiqqan. Bundan 5-6 yil ilgari Osiyo va Yevropa tung„izlari
xonakilashtirilgan.
Qoramollar eramizdan 5 ming yil oldin xonakilashtirilgan, uning ajdodi – tur
hisoblanadi, faqatgina 4-5 ming yil burun otlar xonakilashtirilgan. Otlarning ajdodi
bo„lib Prjevalskiy oti va tarpan hisoblanadi. Eshshaklar yovvoyi Afrika
eshshaklaridan kelib chiqqan.
Eramizdan
3-2
ming
yil
oldin
ikki
o„rkachli(bakterian),
bir
o„rkachli(dramedar) tuyalar xonakilashtirilgan. Shimol bug„ulari esa otlardan
oldin yovvoyi shimol bug„usidan kelib chiqqan. Quyonlar eramizdan oldingi I
asrda yovvoyi quyonlardan, xonaki o„rdaklar eramizdan oldingi I asrda yovvoyi-
baqirok o„rdaklarni xonakilashtirish natijasida, g„ozlar yovvoyi kulrang g„ozdan,
kaptarlar yovvoyi kaptarlar, asalarilar yovvoyi asalaridan, karp baliqlar esa zog„ora
baliqdan kelib chiqqan.
Xonakilashtirishdan keyin evvolutsion jarayonda hayvonlar keskin o„zgarib
o„zlarining yovvoyi ajdodlaridan ancha farqlanadilar. Hayvonlar tirik vazni,
mahsuldorligi, tana tuzilishi va tana qismlarining nisbati bilan har xillikga
erishganlar. Ularning yovvoyi ajdodlari tabiiy tanlash oqibatida bir xillikda bo„ladi.
Xonaki hayvonlar vazni ba‟zilarida yovvoyi xillariga nisbatan oshgan bo„lsa,
ba‟zilarida kamayganligiga guvoh bo„lamiz. Romanov va qorako„l qo„ylari tirik
vazni hisor qo„ylariga nisbatan 2 barobar kam. Simmental zotli qoramollar jersey
zotli qoramollarga nisbatan qariyib ikki barobar ko„p tosh bosadi. Skelet o„zgarib,
u yengil, suyaklari bo„shashib, nimjonlashgan. Xonaki hayvonlar o„z qismi
qisqargan (qoramol, cho„chqa, it). Shox yovvoyi hayvonlarda yirik bo„lib himoya
vazifasini o„tagan(turda uning uzunligi 1,5 m, vazni 15 kg bo„lgan), hozirgi
hayvonlarda u kichrayib, ba‟zilarida yuqolib ketgan(aberdin-anguss zoti).
Mushaklari bo„shashgan, noziklashgan, ba‟zi hayvonlarda yog„ bilan
qoplangan(marmar go„sht). Teri yupqalashgani bilan teri osti kletchatkasi kuchli
rivojlangan, ayniqsa bu hol go„sht yo„nalishidagi hayvonlarga taalluqli(cho„chqa,
qo„y, qoramol). Terida burmachalar paydo bo„lgan.
11
Ichki a‟zolar qator o„zgarishlarga uchragan. Hayvonlarning mo„l-ko„l
oziqlantirish, ayniqsa yemdan ko„p foydalanish cho„chqalarga ichak kaltalashib,
qoramol va quyonlarda o„zaygan.
Yurak hajmi kichiraygan(arhar yuragi xonaki qo„y yuragidan 2 barobar
hajmi), o„pka, buyrak faoliyati ancha susaygan. Yovvoyi hayvon asosan bir xil
himoya tusiga ega bo„lgan bo„lsa, xonaki hayvonlarda rang-baranglik uchraydi,
oqdan tortib olagacha. Yovvoyi hayvonlar juni dag„al bo„lgan, xonaki qo„ylar juni
uzun va mayinlashgan, ba‟zi hayvonlarda jun butunlay yo„qotilgan(junsiz
cho„chqalar). Mayin junli qo„ylarda bir xil faqat tivitdan iborat jun qirqib olinadi.
Evolutsion jarayonda hayvonlar mahsuldorligi keskin oshgan, unga jussaning
kattalashishi, ayrim tana qismlarining keskin rivojlanishi(orqa, bel, biqin)
hayvonlardan ko„p sifatli, nozik, shirador go„sht olish imkonini yaratib bergan.
Yovvoyi hayvonlar faqat o„z bolalarini boqishga yetarli sut ishlab chiqarganlar,
xonaki hayvonlarda sut(sigirlar) 8-12 marta, tovuqlar tuxumdorligi 10-15 barobar,
qo„ylarning jun mahsuldorligi bir necha barobar ortgan.
Xonakilashgan hayvonlarda jinsiy va jismoniy balog„at yoshi ikki barobar
kamaygan, yoki ular tez yetiluvchan bo„lganlar. Jinsiy faoliyatining mavsumiyligi
yo„qotilib, yil davomida bola olish mumkin bo„lib, hayvonlarning pushtdorligi
oshgan. To„ng„izlar bir yilda bir marta tug„ib 4-6 cho„chqa bolasi bergan bo„lsa,
xonaki cho„chqalar bir yilda 2-2,5 marta tugib 20-25 cho„chqa bolasi beradi.
Xonakilashtirish jarayonida hayvonlar asab faoliyati ham o„zgarishga uchradi. Ular
kam harakat, yuvvosh bo„lib, xurkaklik va g„araz fe‟llarini, hamda yovvoyi
hayvonlar ba‟zi shartli va shartsiz reflekslarini yo„qotgan.
Xonakilashtirish jarayonida ro„y bergan o„zgarishlarning sababi quyidagilar
hisoblanadi:
1.
Harakatlanishning
chegaralanishi.
Hayvonlarning
erkinlikni
yo„qotishi(chegaralangan joyda saqlash) organizmdagi o„zgarishlarga sabab
bo„lgan, muskullar ishi susayganligi uchun ko„proq yog‟
2.
to‟planadi, skelet bo„shashdi, yurak, upka va boshqa a‟zolar faoliyatining
pasayishiga sabab bo„ldi.
3.
Oziqlantirish sharoitining o„zgarishi. Oziqlantirish me‟yori va xilining
hayvon talablariga to„liq javob berishi ularning mo„tanosib rivojlanishi va yuqori
mahsuldorligiga sabab bo„ldi.
4.
Hayvonlarni odamlar o„z himoyasiga olishi, ularning bo„shashishiga,
tabiiy tanlash ta‟sirining yo„qolishiga olib keldi.
5.
Insonlar hayvonlarni tanlash natijasida o„zi uchun kerakli hayvonlarga
erishdi.
6.
Hayvonlarni bir jug„rofiy xududdan boshqa xududga, bir qit‟adan ikkinchi
qit‟aga olib o„tilishi ularning evolutsion jarayoniga sezilarli ta‟sir ko„rsatadi.
7.
Hayvonlarni favqulodda turli tur, zot, xillarini chatishtirish ularning
shakllanishiga sabab bo„ldi.
12
8.
Oxirgi XIX asr oxiri va XX asrda hayvonlarni ongli tanlash va juftlash,
yosh hayvonlarni maqsadli o„stirish ularning shakllanishida asosiy o„rin to„tadi.
Hayvonlar evolutsion jarayonida inson harakatlantiruvchi kuch bo„lib
maydonga tushgan.
Yer yuzidagi 1500 mingdan ortiq turdagi mavjudoddan inson faqat qishloq
xo„jalik ishlab chiqarishga faqat 60 turinigina jalb qila oldi xolos, shularga ipak
qurti, asalari va karp balig„i ham kiradi.
Xonakilashtirilgan hayvonlar ikki tipga mansub:
A) Xordalilar tipi, umurtqalilar kenja tipi; sut emizuvchilar, qushlar va baliqlar
sinfi, sut emizuvchilar sinfidan.
Jufttuyoqlilar turkumiga(qoramol, qo„tos, gayal, banteng, buyvol, shimol
bug„isi, echki, tuya, lama, qo„y va cho„chqa);
Yirtqichlar turkumi (it, mushuk); kemiruvchilar otryadi (quyonlar); qushlar
sinfidan (tovuq, tovus, tustovuq, sesarka, kurka). Suvda suzuvchi parrandalar
turkumidan (o„rdak va g„oz). Kaptardoshlar turkumidan (kaptar).
B) Bug„inoyoqlilar tipi, hashoratlar sinfi, pardaqanotlilar turkimi(asalari);
tangacha qanotlilar turkumi (ipak qurti). Tabiatda hali foydalanilmagan hayvonot
olami vakillari mavjud, shu boisdan xonakilshtirish jarayoni tugallangan deyish
qiyin. Bu jarayon ba‟zi mo„ynali hayvonlar, bug„ular, loslar, tuyaqushlar, bedonalar
va boshqalarda davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |