O’sishning davriyligi. O‟sish qonuniy ravishda davriy jadallashib va susayib
turadi . Masalan, buzoq va quyon bolalarida bir davriy jadal o„sish va susayishi 12
kunni tashkil etadi. Davrning jadal o„sish qismida hayvon iste‟mol qilgan
oziqalaridan samaraliroq foydalanadi, susayishi paytida aksincha, bu bois ishlab
chiqarishda bu imkoniyatdan oqilona foydalansa bo„ladi.
Hayvon organizmi o„sish va rivojlanish jarayonida hayot tarzida turli xil
talablar qo„yadi, bu tiriklik qonuniyati bo„lib, u o„sish va uning saylab olishida o„z
aksini topadi. Shu talablarning u yoki bu davrda bajarmaslik hayvon rivojlanishi va
tana mutanosibligiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi.
22
Hayvonlarni yosh davrida oziqlantirish va saqlash sharoitlari orqali o„sish va
rivojlanishiga ta‟sir etish mumkin, chunki shu davrda ular tanasi tashqi muhit
ta‟siriga juda sezuvchan bo„ladi.