Embrional davrda o‘sish va rivojlanish.
Turli hayvonlarda bu davr davomiyligi turlicha bosqichdan iborat bo„ladi
(G.A.Shmidt bo„yicha) :
1.
Murtak –
otalangandan boshlab embrion belgilari, yoki tanada asosiy tizim
va a‟zolar hosil bo„lgungacha davr. Tuxum hujayrasi tuxumdondan ajralib
chiqqandan keyin tuxum yo„li bo„ylab harakat qiladi, u zahira oziqalaridan, hamda
bachadon
suyuqligidan
foydalanib
yashaydi.
Embrion
hali
plasentaga
yopishmagan. Bu davr qoramollarda-35, qo„ylarda-29, cho„chqalarda-22 kunni
tashkil qiladi.
2.
Homila oldi davri –
ovqat hazm qilish, qon aylanish sistemalari,
muskullar, o„q va atrof skelet shakllanib, suyaklashish jarayoni kechib, sut bezlari
paydo bo„ladi. Homila asosan bachadon suyuqligi bilan oziqlanadi. Bu davr
qoramollarda-26, qo„y va cho„chqalarda-17 kun davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |