Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet422/435
Sana16.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#371583
1   ...   418   419   420   421   422   423   424   425   ...   435
Bog'liq
Chorvachilik asoslari

 
 
 
VIII.2.5. Tuxum va tuxum mahsulotlari. 
Tuxum  yuqori  to„yimli  ozuqaviy  mahsulot  bo„lib,  unda  almashtirib 
bo„lmaydigan  oqsil  va  yog„lar  birmuncha  saqlanib,  unda  biologik  ahamiyatli 
moddalar ko„pdir. 


 
344 
Tuxum elips shaklida bo„lib, uzunligi kengligiga nisbatan 1:1,32 ga teng. Bir 
tomoni o„tkir va ikkinchi tomoni o„tmasdir. Tuxumda oqsil 54-60%, sariq modda 
28-32% va qobiq 11-14%ni tashkil etadi. 
Qobiq  qismi  mineral  moddalardan  tashkil  topgan.  Qobiqning  rangi 
parrandaning turi va zotiga qarab turlicha bo„ladi. 
Qobiqda teshikchalar bo„lib, gaz almashinuvini ta‟minlaydi. O‟tmas tomonida 
teshikchalar  ko„p  bo„lib,  1sm

100-150  tagacha.  Havo  kamerasi-bo„shligi  o„tmas 
tomonida bo„lib, tuxumni saqlanish muddatiga qarab ortib boradi. Qobiqni sirtida 
yupqa oqsil qobig„i bo„lib, turli mikroblar kirishining oldini oladi. 
Oqsil  qismi  4  qavatdan  iborat:  tashqi-suyuq,  o„rta-zich,  ichki  suyuq  va  ichki 
o„zak  qismlardan.  Oqsilining  70  %  to„laqiymatli  ovoalbumindan  iborat.  Bundan 
tashqari oqsilda ovomukoid, konaalbumin, mizosim va musin uchraydi. 
Lizosim  bakteriasidlik  xususiyatiga  ega.  Bu  modda  bahor  va  yoz  faslida 
tug„ilgan  tuxumlarda  ko„p  uchraydi.  Mukoid  antiferment  xususiyatiga  ega. 
Oshqozon  shirasidagi  trepsin  fermentining  kuchini  pasaytirib,  shu  sababli  xom 
holatda iste‟mol qilingan tuxumdagi 30 % oqsil hazmlanmaydi. 
Sariq  qismi-sirtidan  yupqa  oqsil  qobiq  bilan  o„ralgan  bo„lib,  shar  shaklidadir 
va  u  oqsil  qismi  bilan  aralashib  ketishning  oldini  oladi.  Rangi  och  sariqdan  to„q 
binafsha  rangigacha  bo„lib,  karotinoidlarning  miqdoriga  bog„liqdir.  Tuxum 
sarig„ida to„laqiymatli oqsillardan vitellin 78 % va levitin 22 % tashkil etadi. 
Sariqlik  indeksi  sariq  balandligining  diametriga  bo„lgan  nisbatidir.  Bu 
tuxumning sifatini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Sariqlik indeksi yangi tuxumda 
0,48-0,5 bo„lib, saqlangan tuxumda 0,25ga teng. 
Sog„lom tovuqdan endigina olingan tuxum har xil mikroblardan holi bo„ladi. 
Ammo  uni  qobig„i  har  xil  mikroblar  bilan  zararlangan  bo„lib,  ularning  ichkariga 
kirishiga  harorat,  ifloslanganlik  darajasi  ta‟sir  qiladi.  Tuxumlarni  saqlash  vaqtida 
unga bakteriya va zamburug„lar sporasi ichki qismiga o„tadi. 
Mikroblar tuxum oqsilini parchalaydi natijada u suyuqlanadi. Sariq qismi to„q 
rangga  o„tib  qattiqlashib  qoladi.  Har  xil  gazlar  hosil  bo„ladi:  N
2
S,  NH

va  tuxum 
iste‟molga yaroqsiz bo„lib qoladi.  
Odatda  zamburug„lar  tuxumning  o„tmas  qismiga  yig„iladi  va  har  xil  to„q 
rangli qora, ko„k va jigar rangli dog„lar hosil qiladi. 
Vaqt o„tishi bilan zamburug„lar butun oqsil qismini qamrab oladi va katta dog„ 
hosil qiladi yoki butkul tuxumni qoplab oladi (tumak). 
Tuxumda  har  xil  infeksion  kasallik  tarqatuvchi  mikroblar  tuberkulyoz, 
salmonellez  bo„lishi  ham  mumkin.  Ko„proq  suvda  suzuvchi  parrandalarning  
tuxumida  salmonella  guruhidagi  bakteriyalar  uchraydi.  Shu  sababli  ularni 
to„g„ridan-to„g„ri savdoga ruxsat etilmaydi. Ular non sanoatida ishlatilgani ma‟qul. 
U  yerda  ularga  yuqori  haroratda  ishlov  beriladi.  Shuningdek,  bu 
parrandalarning  tuxumini  boshqa  turdagi  parrandalar  tuxumidan  alohida  ajratib 
saqlash talab etiladi.  


 
345 
Saqlash  davrida  tuxumlar  quriydi,  og„irligi  kamayadi,  bu  jarayon  namligini 
yo„qotish  hisobiga  bo„ladi.  Natijada  havo  kamerasining  hajmi  ortib  boradi.  Havo 
bo„shlig„ining  hajmiga  va  tuxum  og„irligining  kamayishiga  qarab  uning  olingan 
vaqtini aniqlash mumkin. 
Tuxum tez buzuluvchi oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi, shuning uchun ularni 
saqlash  me‟yorlarini  tashkil  qilish  muhim  amaliy  ahamiyatga  ega.  Yog„och 
yashiklarga  4  qatordan  720  tuxum  joylanadi.  Karton  yashiklarga  360  dona  tuxum 
joylanadi.  Har  bir  qator  oralig„iga  yog„och  qirindisi,  somon  yoki  maxsus  karton 
joylashtirgichlar qo„yiladi. 
Saqlash uchun ajratilgan tuxumlar oldin +2 +3
0
 da sovutiladi va +1 +2 +2,5

da  85-88%  namlikda  6-7  oy  saqlanadi.  Ohakli  suvda  (10%)  li  4-5  oy  saqlash 
mumkin.  Ba‟zan  qobiqni  sirtiga,  moy  (parafinni  trixloretilen  bilan  aralashmasi) 
surtilib 3-4 oy saqlash mumkin. 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   418   419   420   421   422   423   424   425   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish