MANTIQIY SAVOLLAR:
1. Mark Tven shunday degan edi: “Baqa yeyishga to„g„ri kelsa, uni tongda
yeganing ma‟qul. Agar ikki baqadan birini yeyishga to„g„ri kelsa, avval semizini
yegan ma‟qul”.
Savol: Mark Tvenning so„zlarini izohlang. Qanday ishlarni bajarish siz uchun
“baqa yeyish” bilan barobar. O„zingizga yoqmaydigan ishni bajarishda
qanday qoidaga amal qilasiz?
Baqa yeyishga to„g„ri kelsa, uni tongda yeganing ma‟qul. Chunki, bugun siz
bilan bundan yomoni bo'lmasligini bilib, kun bo'yi mamnun bo'lishingiz mumkin.
Agar ikki baqadan birini yeyishga to„g„ri kelsa, avval semizini yegan ma‟qul.Bu
yerda esa agar oldimizda bir nechta vazifalar bo'lsa, unda biz eng qiyin va
yoqimsizlaridan boshlashimiz kerakligi nazarda tutilgan. Agar biz kechiktirmoqchi
bo'lgan qiyin vazifani yengib,birinchi bajarganimizdan ilhomlanib, qolganini
bemalol va ishtiyoq bilan qilamiz. Masalan maktabda uy vazifasini
bajarganimizda, biz boshida eng qiyin narsani qilishga harakat qilardik,yoki eng
yomon o‟qituvchining darsini bajarardik va unga ko'proq vaqt sarfladik, lekin
keyin qolgan hamma narsani osongina hal qilardik. Bu yerda ham asosiy g‟oya
shunday.
Mening ham usulim usulum huddi shunday. Birinchi o‟zimga yoqmaydigan
murakkab ishlarimni qilib olaman. Chunki qiyin mashqqa navbat kelganda, miya
charchagan edi, men hech narsa qilishni xohlamadim,men sayr qilaman, keyin buni
"yangi" bosh bilan qilaman" yoki "men ertalab erta turaman va buni qilaman." kabi
bohonalar bo‟lishi tabiiy albatta.Oqibatda esa topshiriq yo bajarilmaydi, yo
shoshqaloqlik bilan bajariladi. Birinchi navbatda kunni “qurbaqalaringizni" qanday
qilib to'g'ri aniqlashni o'rganish va kunni ularni "yeyish" bilan boshlashdan kifoya.
2. Yuridik argumentatsiya har bir huquqshunos faoliyatining asosi sanaladi.
Xususan, sud-tergov faoliyatida jinoyat sodir etilgan shart-sharoit, gumondorning
shaxsi, jinoiy ashyo, o„g„irlangan narsalar saqlanayotgan joy haqidagi fikrlar ilgari
suriladi va isbotlanadi.
Yuridik argumentasiyani samarali tashkil etish usullarini izohlang.
Huquq sohasida ham ta‟sirchan nutqning, notiqlikning o„rni va ahamiyati
nihoyatda katta. Zero, sohaning qonun ijodkorligi, sud, prokuratura, advokatura,
huquqiy profilaktika, huquqiy targ„ibot va tashviqot singari turli yo„nalishlarida
faoliyat olib boruvchi huquqshunos-mutaxassislarning asosiy qurollaridan biri
ta‟sirchan nutq, san‟at darajasidagi notiqlik hisoblanadi. Ular shu orqali o„zlarining
mashaqqatli faoliyati davomida topgan dalillari, asoslari, xulosalari, hukmlari,
haqiqatlariga boshqalarni ishontiradilar.Ko‟plab baxslarga duch keladilar. Shuning
uchun ham huquqshunoslar uchun tanqidiy fikrlashni egallashlari muhim vazifa
hisoblanadi.
Bugungi kunda huquqiy argumentatsiya predmeti quyidagi asosiy talablarga
javob berishi kerak: jiddiylik; javobgarlik; halollik; tinglovchilar bilan muloqotda
ochiqlik. Menimcha,yuridik argumentatsiyani tashkil etishda bir nechta qoidalarga
rioya qilishimiz kerak.
Birinchi qoida:Ishonchli, aniq, tushunarli va sodda atamalardan foydalanish.
Shuni unutmasligimiz kerakki, agar dalillar noaniq va mavhum bo'lsa, ishonchlilik
osongina yo'qoladi.
Ikkinchi qoida:Alohida keltirilgan dalillar va faktlar birgalikda taqdim
etilganidan ko'ra samaraliroq hisoblanadi shuning uchun dalillarni alohida taqdim
etish kerak.Bundan tashqari bahslar "qahramonlik" monologi yoki deklaratsiya
shaklida bo'lmasligi kerakSo'zlar oqimidan ko'ra, yaxshi intervalli pauzalar bilan
yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Bayonotlarning passiv emas, balki faol tuzilishi suhbatdoshga ko'proq ta'sir
qiladi, ayniqsa dalillarni taqdim etish zarur .
Uchinchi qoida; Mulohaza har doim to'g'ri ko'rinishi kerak. Ya‟ni agar odam
haq bo'lsa, oqibatlari siz uchun noqulay bo'lishi mumkin bo'lsa ham, buni ochiq tan
olishdir.
Bundan tashqari,diqqatning pasayishini ko'rsatadigan va vaqt o'tkazish yoki
suhbat mavzusini izlash uchun noto'g'ri pauzalarga olib keladigan soxta
iboralardan saqlanish ham kerak .
To'rtinchi qoida ; Tushunish va bahslashishni qiyinlashtiradigan so'z va
iboralarni ishlatmaslikka harakat qilish.Dalillaringizni, mulohazalaringizni va
g'oyalaringizni misollar va taqqoslashlar bilan iloji boricha aniqroq taqdim etishga
intiling, lekin unutmangki, ular suhbatdoshning tajribasiga rozi bo'lmasligi kerak,
ya'ni unga yaqin va tushunarli bo'lishi kerak.Raqibning ishonchsizligini
qo'zg'atmaslik va barcha bahs-munozaralaringizni shubha ostiga qo'ymaslik uchun
haddan tashqari va bo'rttirishdan saqlanish lozim.
Xulosa qiladigan bo‟lsak, yuqoridagi qoidalar orqali yuridik argumentasiyani
samarali tashkil etish mumk
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‟YXATI;
1.
Shaxsiy rivojlanish.Darslik .-T.:TDTU, 2019.-225 b
2.Stiven Tulmin (1958) The uses of Argument
Do'stlaringiz bilan baham: |