1-sinf matematika DARS ISHLANMA
O’qituvchi: Mirxonova M.
”Matematika” darsi uchun 1-soatlik dars ishlanma
(1-sinf uchun)
Maqsadlar:
ta’limiy: o'quvchilarga qo'shish amalining hadlari haqida tushuncha berish. Misol va masalalar yechish orqali ularning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirib borish. O'quvchilarning matematika faniga qiziqishini oshirish;
tarbiyaviy: estetik tarbiya berish, kattalarni hurmat qilishga, tabiatga ongli munosabatda bo'lishga o'rgatish, ingiliz tiliga qiziqishlarini o‘stirish;
rivojlantiruvchi: o'quvchilarning og'zaki va yozma hisoblash malakasini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: noan’anaviy, tushuntirish, savol-javob, yechim, musobaqa.
Dars jihozi: ko'rgazmalar, klaster usulidagi ko'rgazma, savollar yozilgan mevalar maketi, kompyuter, guruhlarning nomi yozib qo'yilgan konvertlar, uch xil rangdagi: qizil — 5, yashil — 4, sariq — 3 balni bildiruvchi kartochkalar, g'olib guruh uchun yasalgan maxsus medalyon.
Do'stlaringiz bilan baham: |