Ayoqingg’a tushar har lahza gisu, Masaldurki: ” Chirog’ tubi – qorohg’u” Tutarmen ko’zki tutsam orazingni, Ki derlar: “Oqqan ariqqa oqar su(v)”. Yuzungni tutdim ortuq Oy-u Kundin, “Kishining ko’zidur, ore tarozu”. Qofiya Arabcha “qofiya” so’zi ergashish, izdan chiqish degan ma’nolarni anglatadi. Qofiya she’riy misralarning muayyan o’rnidao’zaro ohangdosh so’z yoki so’zlarning izchil tarorlanib kelishini anglatadi. G’azalda qofiya aa, ba, ea,fa va hakazo davom ettiriladi. Meni shaydo qiladurg’on bu ko’nguldur, bu ko’ngul, (a) Xor-u rasvo qiladurg’on bu ko’nguldur, bu ko’ngul. (a) O’qdayin qomatimizni qora qoshlig’lar uchun, (b) Muttasil yo qiladurg’on bu ko’nguldur, bu ko’ngul. (a) Meni yozg’urma “sevar ” debki, mening haddim emas, (e) Ul tamanno qiladurg’on bu ko’nguldur, bu ko’ngul. (a) Qofiyani yuzaga keltiruvchi, so’z ozagidagi yoki negizidagi oxirgi tovush – RAVIY deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |