Maqsadi va vazifalari



Download 302,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.08.2021
Hajmi302,21 Kb.
#136723
  1   2   3   4
Bog'liq
1 - Mavzu 1



MA’RUZA № 1 

TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINING PREDMETI, 

MAQSADI VA VAZIFALARI 

REJA: 

1.  Ta’limda axborot texnologiyalari 

2.  Pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan usul va vositalar 

3.  Axborot o’lchovlari. Sintaktik, semantik va paragmatik o’lchovlari 



 

Ta’limda axborot texnologiyalari 

Bugungi  kunda  axborot  texnologiyalari  jamiyatimiz  rivojlanishiga  ta’sir 

etuvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalari insoniyat 

taraqqiyotining  turli  bosqichlarida  ham  mavjud  bo‘lib,  hozirgi  zamon 

axborotlashgan 

jamiyatning 

o‘ziga  xos  xususiyati  shundaki,  axborot 

texnologiyalari  barcha  mavjud  texnologiyalar,  xususan  yangi  texnologiyalar 

orasida etakchi o‘rin egallamoqda. 

Axborot  texnologiyasi  va  texnik  vositalar  samarasini  belgilaydigan  didaktik 

materiallardan  keng  foydalanish  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarning  asosiy 

belgilaridan  biridir.  Milliy  dasturda  ta’lim-tarbiya  jarayonini  boshqarishning  bu 

muhim vositasiga alohida urg‘u berilgan. Axborotli vositalar (kompyuter, elektron 

aloqa, radio, televidenie) dan foydalanish darajasi ikki omil bilan aniqlanadi: 

 

1.  O‘quv jarayoni uchun axborotli vositalar samara beradigan mavzular yuzasidan 



didaktik materiallarni ishlab chiqish. 

2.  Pedagoglarning o‘z amaliy faoliyatlarida texnik vositalar va didaktik material-

lardan metodik jihatdan to‘g‘ri foydalana olish tayyorgarligini tekshirish. 

 

Axborotli ta’lim jarayoni oldindan pedagogik loyihalangandagina ko‘zlangan 



maqsadga  erishish  mumkin.  Pedagogik  jarayonni  kompyuterlashtirish  asosiy 

yo‘nalishlaridan  biri  va  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarning  shug‘ullanishi 

lozim bo‘lgan sohasidir.  

Axborot texnologiyalari – bu odamlarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularn-

ing texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kengayti-

radigan ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari 

va  texnik  vositalaridir.  YAna  shuningdek,  axborot  texnologiyalari  deganda, 

ma’lum  bir  maqsadga  erishish  uchun  amalga  oshiriladigan  jarayonlar  zanjiridan 

iborat  yaratuvchi  faoliyat  tushuniladi.  Agar  texnologik  zanjirni  tashkil  etuvchi 

jarayonlar,  ular  orasidagi  axborot  almashinuvini  tashkil  etish  va  ularni 

uyg‘unlashtirishda  kompyuterlardan  foydalanish  imkoniyati  yaratilsa,  har  qanday 

texnologiyaning samaradorligi ortadi. Albatta, buning uchun mazkur texnologiyani 

sinchiklab  o‘rganish,  jarayonlardagi  va  ular  o‘rtasidagi  axborot  almashinuvini, 

shuningdek,  jarayonlar  zanjirini  (ya’ni  texnologiyani)  boshqarishning  axborot 

ta’minotini tahlil etish zaruriyati paydo bo‘ladi.  

Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining asosini quyidagi uchta texnika yu-

tug‘i tashkil etadi:’ 

 

1.  Axborotning  mashina  o‘qiydigan  tushunchalarda  jamlash  muhitining  paydo 




bo‘lishi 

(magnit, 

lentalar, 

kinofilmlar, 

magnit 

disklar 


va 

h.); 


2. Axborotni er sharining istalgan nuqtasiga vaqt va masofa bo‘yicha muhim chek-

lashlarsiz etkazishini ta’minlovchi aloqa vositalarining rivojlanishi, aholining aloqa 

vositalari  bilan  keng  qamrab  olinishi  (radio  eshittirish,  televidenie,  ma’lumotlarni 

uzatish tarmoqlari, yo‘ldosh aloqa, telefon tarmog‘i va h.); 

3.  Axborotni kompyuterlar yordamida berilgan algoritm bo‘yicha avtomatlashtiril-

gan  ishlab  chiqish  imkonini  (saralash,  tasniflash,  kerakli  shaklda  ifodalash, 

yaratish va h.) oshirish. 

 

Axborot  texnologiyalari,  birinchidan,  axborotning  sirkulyasiyasi  va  ishlov 



berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir. 

Axborot texnologiyalari ta’lim jarayonida muhim o‘rin tutib, quyidagi vazifa-

larni hal etishga yordam beradi: 

-  har  bir  odamga  xos  noyob  fazilatlardan  iborat  individual  qobiliyatlarni 

o‘qitilayotgan  o‘quvchi  va  talabalarda  ochish,  saqlash  va  rivojlantirish,  ularda 

bilish qobiliyatlarini, o‘zini o‘zi kamolotga etkazishga intilishni shakllantirish; 

-  voqea  va  hodisalarni  kompleks  o‘rganishni,  aniq,  tabiiy-ilmiy,texnikaviy, 

ijtimoiy,  gumanitar  fanlar  va  san’at  orasidagi  o‘zaro  bog‘liqlikning  chambarchas-

ligini ta’minlash; 

-  o‘quv-tarbiya  jarayonlarining  mazmun,  shakl  va  metodlarini  doimiy  tarzda 

va dinamik ravishda yangilash.  

Ta’lim tizimi nuqtai nazaridan axborot texnologiyalarining joriy etilishi bilan 

birga yuzaga keladigan quyidagi muammolar muhimdir: 

1.  Texnik  muammolar  –  bular  ta’lim  tizimida  foydalaniladigan  elektron-

hisoblash  va  mikroprotsessor  texnikasiga  qo‘yiladigan  talablarni,  ularni  amalda 

qo‘llash xususiyatlarini belgilaydi; 

2.  Dastur  muammolari  –  bular  ta’lim  tizimida  foydalanish  uchun  dastur 

ta’minotining tarkibi va turlarini, ularning qo‘llanish tarkibi va xususiyatlarini bel-

gilaydi; 

3. Tayyorgarlik muammolari – bular o‘qituvchi va o‘quvchi, pedagog va tala-

balarning  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalaridan,  shu  jumladan,  hisoblash 

texnikasidan ham foydalanish uquvi bilan bog‘liqdir. 

Bugungi  kunda  ta’limni  axborotlashtirishda  asosiy  yo‘nalish  turli  o‘quv 

fanlari  bo‘yicha  pedagogik  dastur  vositalarini  yaratishdan  iborat  bo‘lib  qoldi. 

Ammo mavjud va ishlab chiqilayotgan kompyuter texnikasi bazasidagi pedagogik 

dastur  vositalari  o‘qitish  nuqtai  nazaridan  ta’lim  sifatida  muhim  siljishlarga  olib 

kelishi  mumkin.  Buning  sabablaridan  biri-kompyuter  texnologiyalari  an’anaviy 

tashkil  etilgan  o‘qitish  jarayonida  joriy  etila  boshlanganligidir.  U  o‘zining  asosiy 

mazmuni  va  metodlari  bo‘yicha  bu  texnologiyalarga  yo‘naltirilmagan  va  ularga 

ehtiyoj sezmaydi. 

Ta’lim  texnologiyalari  doimo  axborotli  bo‘lgan,  chunki  ular  ko‘p  xil  ax-

borotni saqlash, uzatish, foydalanuvchilarga etkazish bilan bog‘liq edi. Kompyuter 

texnikasi  va  kommunikatsiya  vositalari  paydo  bo‘lishi  bilan  o‘qitish  texnologiya-

lari tubdan o‘zgardi. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini amalga oshirilishi 

quyidagilarning mavjud bo‘lishini taqozo etadi: 



- ta’limning texnik vositalari sifatida kompyuterlar va kommunikatsiya vosita-

lari; 


-  ta’lim  jarayonini  tashkil  etish  uchun  unga  mos  tizimli  va  amaliy  dastur 

ta’minoti; 

-  ta’lim-tarbiya  jarayonida  yangi  o‘quv-texnika  vositalarini  tatbiq  etish 

bo‘yicha mos metodik ishlanmalar. 

Keyingi  vaqtlarda  «o‘qitishning  kompyuter  texnologiyalari»  tushunchasi 

tarqalib,  bunda  kompyuterlar  bazasida  amalga  oshirilgan  o‘qitish  texnologiyalari 

tushuniladi.  Biroq  axborot  texnologiyalari  tushunchasi  o‘qitishning  kompyuter 

texnologiyalari  tushunchasidan  kengroqdir,  chunki  kompyuterlar  axborot  tex-

nologiyalari texnik vositalarining tarkibiy qismidir.  

Bugungi kunda turli optik xotirlovchi qurilmalar (videodisklar, optik disklar) 

keng  tarqaldi.  Ulardan  foydalanish  matnli  grafik  axborotni  bir  vaqtda  birgalikda 

yozish  imkonini  beradi,  shu  bilan  birga  uni  qayta  tiklashda  yuqori  sifatli  tasvir 

paydo  bo‘ladi.  Magnit  yozuvdan  farqli  o‘laroq,  optik  disklardagi  yozuv  istalgan 

sondagi qayta tiklashlarda ham yomonlashmaydi. Kompyuterlar ishining dasturiy-

matematik  ta’minoti  yuqori  texnologik  ishlab  chiqarish  taraqqiyotining  muhim 

yo‘nalishi bo‘lmoqda. 

SHuningdek,  texnik  va  dasturli  axborot  texnologiyalari  ham  mavjud  bo‘lib, 

ularga quyidagilar kiradi: 




Download 302,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish