erishishdagi ichki tartibi va uning turli qismlari o’rtasidagi o’zaro muvofiqlikni
ta’minlaydi. Yuqoridagi asosiy ikki Boshqaruv funktsiyasi qator vazifalar orqali
amalga oshadi. Masalan, maqsadga yo’naltiruvchi funktsiyani ado etishda
faoliyat tarkibiga: natijani prognozlash; maqsad sari faoliyatni rejalash; amalga
oshirish motivatsiyalari kiradi. Maqsadga yo’nalgan faoliyatni amalga oshirish
tashkiliy funktsiyalar orqali ta’minlanadi. Bu sohadagi
asosiy vazifalardan biri
faoliyatni nazorat etish va kuchlarni safarbar etishdir.
Umuman olganda nazoratni amalga oshirish boshqaruvning ikkala
funktsiyasi uchun xam umumiy bo’lgan universal xususiyat bulib, u boshqaruvning
xar qanday jarayonida doimiy qayta aloqani ta’minlab turadi. Boshqaruv fanidagi
asosiy tushunchalardan biri qayta aloqa tushunchasi bo’lib, bu ibora tuzilmaning o’z
maqsadi sari intilishi qay yo’sinda ketayotgani va qanday jixatlarni o’zgartirish,
yanada mukammallashtirish xaqida ma’lumot olishni anglatadi.Yuqorida qayd
etilgan boshqaruvning ikki asosiy funktsiyasini aloxida
talqin etish juda shartli
bo’lib, aslida ular ajralmas va yagona jarayonlardir.
Raxbar shaxsini o’rganish muammosi kishilik jamiyatining barcha davrlarida
muxim masala bo’lib kelgan. Buning asosiy sababi
birinchidan,
xar
bir davrdagi
ijgimoiy munosabatlar uziga xos ravishda ijtimoiy mavqe jixatidan kimningdir
yuqori darajada turishini taqozo etgan bo’lsa,
ikkiтсhidan,
insonlarning xayot
kechirish tarzi, ravnaqi, darajasi, farovonligi, baxtli turmush kechirishi shu yuqori
mavqedagi shaxsga, uning turli fazilatlari va xislatlariga bog’liq bo’lganligidir.
Mutafakkir ajdodlarimiz ta’limotida, xalq ijodi maxsullarida
adolatli va adolatsiz
munosabatlarning yuzaga kelishi raxbar shaxsi, ya’ni shoxga boglik ekanligi
to’g’risidagi fikrlarni o’qiymiz. Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shaxri»
asarida axolining ma’naviy va psixologik jixatdan boshqarilishida
fozil odamlar
shaxrida shaxar axolisining stratometrik xususiyatlarga ko’ra tabaqalanishi lozimligi
uqtiriladi. Bunda jamiyat a’zolarining o’zlarini boshqarishlarida jamiyatning o’zini-
o’zi boshqarilishiga olib kelish lozim, lekin bu bilan bir vaqtning o’zida xar bir a’zo
o’z psixologik-ma’naviy kamolotini usul xamda yo’nalishiga ko’ra yakkaxol tarzda
mavjud bo’ladi. «Shularning xammasini ikki yo’l bilan olish mumkin.
Birinchidan,
yuqoridagi xodisalar aslida qanday mavjud bo’lsa, inson qalbiga, ko’ngliga
o’shanday o’rnashib qolsa, boshqalarning ko’nglida bu bilimlar qiyosiy yoxud taqlid
asosida vujudga keladi. Ba’zi odamlar o’sha narsalarni o’zlari xis etishlari tufayli
ko’ngillarida shu bilimlar vujudga keladi».
Forobiy
bu fikrni davom ettirib:
«
Ikkinchidan,
ushbu sifatlarga ega bo’lmagan odamlar birikmasi esa, jaxolatdagi va
adashgan shaxarlarning axolisini tashkil qiladi. Forobiy
shuningdek, insonlarning
yaxshi
xayot
kechirishi
boshqaruvchi, ya’ni raxbar shaxsiga bog’liq ekanligini,
uning turli fazilatlari bu
borada unga yordam berishini uqtiradi. Uning fikricha, bu o’rinda raxbar shaxsi
uchun gumanistik, isnonparvarlik xususiyatlari muximdir: «Kimki birovni baxt va
saodatga erishtirish uchun zarur bo’lgan ish-xarakatlarga
ruxlantira olish
qobiliyatiga ega bo’lmasa va bu ish-xarakatni bajara olishga qudratsiz bo’lsa,
bunday odam sira xam raxbar bo’la olmaydi. Ular yo’l-yo’riqlarni o’tmishda yashab
o’tgan boshliqlardan o’rganadilar, lekin shu bilan birga, raxbar kelajak o’tmishdagi
rasm-rusm, yo’l-yo’riqlarni islox qilishni lozim topsa, turmush sharoiti taqozosiga
qarab o’zgartiradi.Shuningdek, yomon odatlarni o’zida ifodalovchi o’tmishni xam
o’zgartirmog’i
kerak.
Aks
xolda
o’tmishning
talablariga
rioya
etib, uning kayfiyati saqlansa, turmushda xech qanday yengillik, o’zgarish va o’sish
xam bo’lmaydi».
Do'stlaringiz bilan baham: