26-27 darslar sana .3.12 sinf- 9 KO’RDIM: _________ O’TIBDO ‘
Mavzu :3-nazorat ishi .Ijodiy bayon “Baxt saroyi “
Maqsadi:ta’limiy –o’quvchilarning bilimini boyitish va mavzu haqidagi ma’lumotlarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy-o’quvchilarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish va fikrlarni chiroyli ifodalar bilan bayon eta olish malakasini oshirish.
Tipi : mustahkamlash .
Uslubi:evristik
Jihozi:” Bayonlar to’plami” ,AKT .
Darsning borishi
Tashkiliy qism .O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash .
Uy vazifasini so’rash.
Qo’shma gaplarning turlaridan foydalangan holda bayon yozamiz .
Yangi mavzu bayoni .
Qish kuni . Kech bo’la boshlagandi. Bir yigit yo’lda ketar ekan, unga katta bir o’rmon ichidan o’tishga tog’ri kelib qolibdi. O’rmon qorongi, qalin daraxtlar bilan qoplangandi. Yigit o’rmon ichida yura –yura yo’lni yo’qotib qo’ydi , adashdi.
Hushdan ketib yiqildi. Birozdan keyin ochlik va sovuq ta’siri bilan hushiga kelib ko’zini ochdi-yu ,yonida uch kishining turganini ko’rib, qo’rqib, nima qilishini bilmay hayron bo’lib qoldi. Bulardan biri ipak ko’ylak kiygan, beliga oltin kamar bog’lagan , ikkinchisi qora ko’ylak kiygan , qora kamar bog’lagan , uchinchisi esa havorang ko’ylak kiygan , qayishdan kamar bog’lagan odam edi. Bu kishilarning hammasi birdan :
-Ey, yigit, sen bu yerda nima qilib yuribsan ?-deb so’radilar .Yigit titrab
- Bekorchiman , hech bir ish qilmayman , o’rmonda o’tayotib adashib qoldim ,-dedi.U Kishilar :
- Ayt , bizdan nima istaysan ? –deb so’ragan edilar, yigit bu qo’rqinchli o’rmondan qutqazishlarini o’tindi.
U kishilar yigitga :
-Senga bir yo’l ko’rsatuvchi kerak ekan, qani birimizni tanlab ol, qaysi birimiz senga yo’lboshchilik qilaylik?- dedilar.
Yigit o’ylab- o’ylab , nihoyat, ipak ko’ylak kiygan, beliga oltin kamar bog’lagan kishini tanladi . Ular o’rmon ichida yo’lga tushdilar. Yurdilar-yurdilar, yigit oxiri charchab to’xtab qoldi . U kishi:
-Nega to’xtab qolding? Qani yur, hali ancha yurishimiz kerak, -degan edi,yigit yurishga majoli qolmaganini aytdi. Boy savdogar qiyofali kishi yonidan o’tkir pichoq olib:
- Mana shu o’tkir pichoqni ol,-deb uni yigitning qo’liga berdi. Yigit esa undan nima qilishi lozimligini so’radi. Yo’lda kelayotgan kishini o’ldirish kerakligini aytdi. Yigit bundan norozi bo’lib, kim ekanligini so’radi .
- Mening otim yomonlik, Kel , men ko’rsatgan yo’ldan yur, shogirdim bo’l.
Yigit esa yomonlar shohining so’zlaridan nafratlanib :
-Ket, yo’qol , mal’un, men sendek yaramasliklar qilmayman , yomon yo’lga yurmayman, - deb baqiribdi. O’zidan ketib yiqilibdi.
Yigit hushiga kelib qarasa . tepasida ikki kishi turgan ekan. Ulardan qora ko’ylak kiygan , qora kamar bog’lagan kishini tanlabdi . Yo’l yurib jar yoqasiga yetib kelibdilar . Yigit charchagan , madori qolmagan edi, to’xtab dam olmoqchi bo’ldi U kishi yigitning to’xtab qolganini ko’rib:
-Nega to’xtab qolding? Qani yur, hali ancha yurishimiz kerak, dam olishni istaysanmi,unda o’zingni mana bu baland yerdan tashla, pastda rohatlanib dam olasan ,-dedi. Yigit bundan norozi bo’lib, kim ekanligini so’radi .
- Mening otim Umidsizlik, sen yalqov , ishyoqmas bolaga o’xsaysan. Mening taklifimni qabul qil , -debdi.
-Ket, yo’qol , mal’un, men sen ko’rsatgan yo’lga yurmayman ,men yashashni istayman , yalqov ham emasman - deb baqiribdi. O’zidan ketib yiqilibdi.
Yigit hushiga kelib qarasa . tepasida havorang ko’ylak kiygan , qayishdan kamar bog’lagan turgan ekan.U bilan o’rmon ichidan birga chiqib ketibdi . Bir yerda yo’gon daraxt shoxini ko’rib qolibdi va uni olib , yelqasiga qo’yib olibdi . O’rmondan chiqishibdi , yo’lning bir tomonida buyuk va go’zal saroy ko’rinibdi .
-o’g’lim, bu o’rmonni va daraxt shoxini unutma, shoxni yerga tashlab saroyga kir, barcha maqsading hosil bo’lib, baxtli umr kechirasan ,-debdi va o’rmonga qaytibdi . Yigit juda ham hayratda qolibdi :
-Otajon , to’xtang, ochiq-ravshan yo’lga soldingiz, siz kimsiz, bu qanday saroy? –deb so’rabdi .O’rmon ichidan baland ovoz bilan :
-O’g’lim , mening otim mehnat, laqabim sa’y –g’ayrat. Bu –mehnat saroyi ,-deb aytibdi, - saroyga kirib, chin ixlos bilan ishla, sa’y –g’ayratni qo’ldan berma.Yigit sevin mehnat saroyiga kirdi, unga baxt-u iqbol eshiklari ochildi .
Mustahkamlash .Reja tuzamiz .
1. Qish kunlarining birida .
2. Yomonlikning umri qisqa.
3. Umidsiz bo’lmagan yigit.
4.Mehnat –baxt keltirar .
Daftarlar tekshiriladi va o’quvchilar faoliyati baholanadi
Vazifa: O’tilgan mavzularni takrorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |