Darsning blok-chizmasi
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism
Oquvchilar bilan salomlashish yo’qlama ishlash
Test ko'rinishidagi nazorat ishi uchun avvalgi va joriy bob mavzularida berilgan ochiq va yopiq testlardan variant tayyorlash mumkin. Test vazifalari ko'p variantli bo'lib, test savollari 20-25 ta bo'lishi maqsadga muvofiq.
1-variant
1.Dasturiy ta'minot (DT) nima? Uning tarkibiy qismlarini sanab bering?
2.Operatsion sistema (OS) ning qanday variantlarini bilasiz? Ularning imkoniyatlari va kamchiliklarini ayting.
3.Yangi katalog yaratishni bajarib ko'rsating.
4.Kompyuter xotirasidagi fayllar guruhini nusxalash usulini bajarib bering.
2-variant
l.Operatsion sistema deganda nimani tushunasiz? Uning ta'rifini ayting.
2. MS DOS OS qanday OSlar turkumiga kiradi? Uning ichki va tashqi buyruqlaridan misollar keltiring.
3. "Bir" nomli ikkita fayl yarating.
4. Egiluvchan disklarga axborot yozish amalini bajaring.
3-variant
1. Dasturiy ta’minotning qanday turlarini bilasiz va ularnig asosiy farqi nimada?
2. Interfeysning asosiy vazifasi nima?
3. Bitta katalog yarating va unga bir necha fayl yozing.
4. Disk yurituvchi bilan ishlash tartibini ayting va bajaring.
4-variant
1. Integrallashgan sistemalarga misollar keltiring.
2. OS lar qanday sifatlarga ega bo'lishi lozim?
3. Kompyuterda OSning tashkil qiluvchilarini ko'rsatib bering.
4. EMD, QMD va CD-ROM lar haqida kengroq ma'lumot bering.
5-variant
1. Kompyuterda OSni ishga tushurish amalini bajarib ko'rsating.
2. DT va OSning bog'liqligini aniq misollar bilan izohlab bering.
3. Faylni o'chirish qanday amalga oshiriladi?
4. EMD bilan ishlash tartibini ayting va bajaring.
6-variant
1. Qattiq mahsulotlar deganda nimani tushunasiz? Ularni misollar bilan asoslang.
2. Qanday OSlarni bilasiz? Ular haqida gapirib bering.
3. Katalogni o'chirish qanday amalga oshiriladi?
4. QMD bilan ishlash tartibini ayting va bajaring.
7-variant
1. Egiluvchan mahsulotlar deganda nimani tushunasiz? Ularni misollar bilan asoslang.
2. DOS va LINUX OSlarning aniq farqlarini ayting.
3. Fayl va katalogning farqi nimadan iborat? Misollar bilan asoslang.
4. MOKY bilan ishlash tartibini ayting va bajaring.
8-variant
1. Antivirus dasturlarining vazifasi nimalardan iborat?
2. WINDOWS va LINUX OSlarning aniq farqlarini ayting.
3. Katalog osti nima? Kompyuterda katalogosti yarating.
4. CD-ROM bilan ishlash tartibini ayting va bajaring.
9-variant
1. DTning dasturlash sistemalari deganda nimani tushunasiz? Misollar keltiring.
2. DOS va Windows OSlarning aniq farqlarini ayting.
3. Ona katalog va kataloglarga hayotiy misollar keltiring.
4. Tashqi xotirada fayllar ustida amal bajaring.
10-variant
1. DT va texnik ta'minotning bog'liqligini izohlab aytib bering.
2. Disk OS ning imkoniyatlari va kamchiliklarini sanab bering.
3. Ona katalog va kataloglarga ishlar amallarini bajaring.
4. Tashqi xotira tuzilishiga ko'ra turlarini sanang va vazifalarini ayting.
II. Uyga vazifa:
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun o'tilganlarni takrorlash.
8-sinf informatika 14-dars
Do'stlaringiz bilan baham: |