Maqsad: Ta’limiy: O`quvchilarga Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash haqida ma’lumot berish; Tarbiyaviy



Download 48,31 Kb.
Sana20.01.2022
Hajmi48,31 Kb.
#392833
Bog'liq
6VVVV


Fan:Informatika.

Sinf: 6”V”

Mavzu: Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash.

Maqsad:

Ta’limiy:O`quvchilarga Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash haqida ma’lumot berish;

Tarbiyaviy: O`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish;

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish,

DTS: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari haqida ma’lumotga ega bo`lish.

Kompetensiya:

TK3 - doimiy ravishda o’z-o’zini intelektual va kreativ rivojlantirish, hayot davomida mustaqil kognitivlik ko’nikmalarini mustaqil ravishda rivojlantirib boradi;

FK1 - axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish ko’nikmasiga ega bo’ladi

Dars o`tish metodi:Aqliy hujum, aralash, interfaol.

Dars jihozi:Tarqatma materilallar, 9-sinf darsligi, jadvallar.

Texnik jixozlar:Kompyuter, multimedia vositalari, slaydlar, proektor.

Darsni borishi:

I. Tashkiliy davr

1) salomlashish;

2) davomatni aniqlash.

II. Takrorlash

Y A N G I M A V Z U N I N G B A Y O N I

MS Word rasmlar kolleksiyasidagi rasmni hujjatga joylashtirish

Hujjatlarga rasmlarni turli usul bilan joylashtirish mumkin. Shulardan biri faylda saqlanayotgan tayyor rasmlarni matnli hujjatga joylashtirish. Word matn protsessori bu vazifani qanday amalga oshirishini ko’rib chiqamiz.

Word matn protsessori dasturiy ta’minotiga 100 dan ziyod rasmlar kirgan bo’lib, ulardan turli hujjatlarni bezatishda foydalanish mumkin. Buning uchun yurgich matnning rasm joylashtirilishi kerakbo’lgan joyiga o’rnatiladi. So’ngra Joylashtirish menyusining Rasm (Рисунок) bo’limidan Rasmlar bandi tanlanadi. Natijada ekranga Kliplar kolleksiyasi nomli muliqot oynasi chiqadi. U izlash ,ko’rib chiqsh,obyektlarni izlashbandlari hamda mavjud rasmlar aks etib turuvchi maxsus oynadan iborat.



Hujjatdagi rasm formatini o’zgartirish

Hujjatda rasm matn bilan uyg’un joylashishi uchun ko’p hollarda rasm-ning o’lchamlari va joylashish holatini, ya’ni formatini o’zgartirish lozim bo’ladi. Hujjatga joylashtirilgan rasm formatini o’zgartirish uchun awal, tegishli rasm belgilab olinadi. Buning uchun sichqoncha ko’rsatkichi rasm ustiga olib kelinib, chap tugmasi bosiladi. Belgilangan rasm atrofi (chegarasi) chiziq bilan o’raladi. U to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lib, uchlari va tomonlarining o’rtalarida rasm o’lchamini o’zgartitirish imkonini beruvchi nuqtalari bor. Sichqoncha ko’rsatkichini ushbu nuqtalardan birining ustiga olib kelib, chap tugmasi bosilgan holda biror tomonga siljitilsa, rasm kichrayadi yoki, aksincha, kattalashadi. Belgilangan rasmdan nusxa ko’chirish yoki uni o’chirish belgilangan matnlarni nusxalash va o’chirish kabi amalga oshiriladi.

Word da rasmni matnga nisbatan joylashish holatini tanlash imkoniyati bor. Buning uchun rasmni belgilab, sichqoncha ko’rsatkichi rasm ustida turgan holda o’ng tugmasi bosiladi. Hosil bo’lgan kontekst menyudan Rasm formati (Формат рисунка) bandi tanlanadi. Ekranda aks etgan Rasm formati lavhasidan Holat bandi tanlanadi. Endi quyida keltirilgan 5 ta holatdan birini sichqoncha yordamida tanlash mumkin.

1. matn orasida 2. Ramka atrofida 3. Kontur bo’ylab 4. Matnning orqasida 5. Matn oldida

Mazkur holatlarni tanlash uchun Rasm formati lavhasida ularga mos rasmchalar berilgan. Bu rasmchalarda sahifaga joylashtirilgan rasm matnga nisbatan qanday joylashishi tasvirlangan. Kerakli holatni tanlash uchun unga mos rasmcha ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib kelib, chap tugmasi bosiladi. Natijada tanlangan rasmcha atrofida ko’k rangli hoshiya hosil bo’ladi. So’ngra

sichqoncha yordamida OK tugmasi bosiladi.

Ta’kidlash joizki, matn orasida holatida rasm matnning ajralmas qismi (shrift) sifatidajoylashadi. Uni sahifadagi satrlarbo’ylab matnning bir bo’lagi sifatida siljitish mumkin. Qolgan holatlarda esa, rasm matndan aloxida bo’lib, uni sahifaning istalgan yeriga joylashtirish mumkin

MS Word dasturining quyidagi CHIZISH ([Рисование ) uskunalar

paneli yordamida bir nechta rasmni birlashtirish yoki birlashtirilgan rasmlami ajratish, joylashish usulini o’zgartirish, Rasmlar, Tayyor shakllar va WordArt obyekti bo’limlariga kirish, rasmning chegara chiziqlari rangini, o’chamini va ko’rinishini o’zgartirish, rasmlarga soya berish mumkin.




Savol va topshiriqlar

  1. Matnli hujjatlarga nima uchun rasm vajadvallar joylashtiriladi?

  2. Hujjatlarda rasm joylashtirish kerak bo’lgan joy qanday ko’rsatiladi?

  3. Hujjatlarga rasm joylashtirish uchun Word matn protsessorida qanday amallar bajariladi?

  4. Hujjatdagi rasm qanday belgilanadi?

Yangi mavzuni mustahkamlash:

1.O’tilgan mavzuni savollar asosida bir necha o’quvchidan so’rab, o’qituvchi tomonidan mustahkamlab baholash.

2.Savol – javob kartochkalari

3.Test


Vazifa: 2-3-mashq
Download 48,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish