Maqsad: Ta’limiy maqsadi



Download 2,55 Mb.
Sana12.02.2017
Hajmi2,55 Mb.
#2364
Mavzu: Tayanch – harakatlanish sistemasining tuzilishi. Suyaklar

sistemasi.

Maqsad:

1. Ta’limiy maqsadi : O’quvchilarda tayanch harakatlanish sistemasi tuzilishi,

odam skeletining asosiy qismlari, vazifalari haqida ma’lumot berish.

2. Tarbiyaviy maqsadi: Suyaklanish jarayonida ovqatlanish normasi, toza havo,

badantarbiya, jismoniy mehnat va sportning ahamiyatini tushuntirish, sog’lom avlod ruhida tarbiyalash.



3. Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning suyaklarning shakllari, nomlari soni, joylashishi haqidagi bilim ko’nikma, malakalarini, darslik bilan ishlash, mustaqil fikrlash va muloqоt madaniyatini rivojlantirish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

Dars metodi: Suhbat, savol javob,test,didaktik o’yinlar,rasmlar bilan ishlash. Aqliy hujum.

Dars jihozi: Suyaklarning rangli suratlari, kolleksiyalar, testlar, topshiriqlar,darslik.

Odam anatomiyasi fanidan mul’timediyali elektron kitob, kompyuter,kinoproyektor



Darsning borishi.

Tashkiliy qism.

Salomlashish. Davomatni aniqlash.

O’qituvchi: Doskaga yangi mavzuning rejasini yozib qo’yadi yoki o’quvchilarga

e’lon qiladi.



  1. Tayanch – harakatlanish sistemasining tuzilishi va vazifalari.

  2. Odam tanasi skeletining asosiy qismlari.

  3. Suyaklarning shakllari.

  4. Suyaklarning birikishi.

  5. Suyaklarning tuzilshi, tarkibi.

  6. Suyaklarning yoshga bog’liq hususiyatlari.

Tayanch – harakatlanish sistemasi 3 qismdan: suyak, muskul va nerv sistemasidan iborat.



  1. Suyaklar – vazifasi: tayanch – himoya.

  2. Muskullar – vazifasi: qisqarib suyaklarni harakatga keltirish.

  3. Nerv – muskullar harakatini ta’minlash motoneyronlar.

Odam tanasi skeleti 206 ta suyakdan tashkil topgan 85 tasi juft, 36 tasi toq bo’lib, skelet 4 ta asosiy qismga bo;linib o’rganiladi.

1. Bosh. 2. Gavda. 3. Qo’l. 4. Oyoq.

1. Bosh suyagi 2 qismga bo’linadi a) miya qutisi, b) yuz suyaklari.

2. Gavda skeleti 2 qismga bo;linadi.

a) Umurtqa pog’onasi – 33 – 34 ta umutqaning birikishidan hosil bo’lib uzunligi odam bo’yiga qarab 70 – 80 sm. Umurtqa pog’onasi 5 qismdan iborat.

Bo’yin–7 ta, ko’krak–12 ta, bel–5 ta, dumg’aza–5 ta, dum–4–5 ta umurtqadan tashkil topgan.

b) Ko’krak qafasi suyaklari 12 ta ko’krak umurtqasi, 12 juft qovurg’a va to’shdan iborat. Qovurg’alarning 7 jufti chin, 3 jufti soxta, 2 jufti etim qovurg’a deyiladi.


3.Qo’l suyaklari 2 qismga bo’linadi.

a) yelka kamari: kurak va umrov

b) qo’lning erkin suyaklari: yelka, bilak, tirsak, kaft ust, kaft, panja suyaklaridan iborat.
4. Oyoq suyakalari 2 qismga bo’linadi.

a) chanoq – 2 ta nomsiz suyak, dumg’aza, dum umurtqa suyaklardantashkil topgan.

b) ooqning erkin suyaklari: son, katta va kichik boldir, tizza qopqog’i, oyoq panjasi suyaklaridan tashkil topgan. S
Suyaklar 4 xil shaklda bo’ladi.

1. Naysimon boldir. a) uzun naysimon – yelka, bilak, son.

b) kalta naysimon – qo’l, oyoq, kaft, barmoq suyaklari.

2. G’ovak suyaklari. a) uzun g’ovak: qovurg’a, to’sh, o’mrov.

b) kalta g’ovak: umurtqa, qo’l, oyoqning kaft usti, bilakuzuk suyaklari.

3. Yassi suyaklar: bosh suyakdagi tepa, ensa, yuz, kurak va chanoq suyaklari.

4. G’alvirsimon suyaklar: jag’lar, peshona.
Odam tanasi suyaklari 2 xil birikadi.

1. harakatli – bo’g’im hosil qilib birikish – qo’l, oyoq, panja suyaklari, son, chanoq, tizza, boldir va tovon.

2. harakatsiz – bosh, umurtqa va chanoq suyaklari.

Suyaklar ikki qavatdan iborat. Ustki qavati qattiq, zich plastinkasimon, ichki qavati kanalchalardan iborat g’ovaksimon tuzilishda, ularda qon tomirlar va nerv tomirlari joylashgan. Suyak ustki pardasi periost deyiladi.

Suyaklarning kimyoviy tarkibi:

organik moddalar – 1/3 qismi, anorganik moddalar – 2/3 qismi.

Mendeleyevning davriy sistemasidagi elementlarning ko’pchiligi, fosfat tuzlari 60%, Kalsiy karbonat tuzi 5,9% ni tashkil etadi.

Suyaklar odamning yoshiga qarab o’ziga xos hususiyatlarga ega. Bola tug’ilganda uning suyaklarining ko’pchiligi tog’aydan iborat bo’ladi. Yosh bolalarning suyaklari yumshoq, egiluvchan bo’ladi. Yangi tugilgan bolada bosh suyagida o’zaro birikmagan bir necha suyaklar o’rtasida yumshoq joylar bo’ladi. Ular liqildoqlar deyiladi.

Bosh suyagi bola 3-4, 6-8, 11-15 yoshda tez o’sadi, 20-25 yoshgacha davom etadi. Umurtqa suyaklari 17-25 yoshgacha, dum qismi 30 yoshgacha, tosh suyagi 20-25, kurak, o’mrov, yelka, bilak, tirsak suyaklarining suyakka aylanishi 20-25 yoshgacha, qo’l kafti 15-16, barmoqlar 16-20 yoshgacha davom etadi.

Suyaklanish jarayoni normal borishi ovqatlarimiz tarkibi, undagi oqsil, mineral tuz, vitaminlar yetarli miqdorda bo’lishi hamda ochiq havo, quyoshning ultrabinafsha


nurlaridan muntazam foydalanish, jismoniy mehnat, sport mashg’ulaotlari bilan shug’ullanishga bog’liq. Vitaminlar ayniqsa D vitaminining yetishmasligi, quyosh nuridan foydalanmaslik, organizmda P va Ca tuzlarining almashinuviga olib keladi, suyaklanish jarayoni sekinlashadi. Bu qad-qomatning normal shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.


Darsni mustahkamlash.

1. Yangi mavzu yuzasidan kichik testlar tarqatish. Har bir varaqada 5 tadan test. 2 yoki 3 o’quvchiga doskada ishlanadi.


2. Doskaga bir o’quvchi chiqarilib skelet deb tasavvur qilinadi, 2 chi o’quvchi uning suyaklarining nomlarini aytib ko’rsatadi. Bu o’quvchilarning kayfiyatini ko’tarib, qiziqishlarini kuchaytiradi, suyaklarni ko’poq eslab qoladi.

3. Topshiriqlar beriladi: Bosh, qo’l, oyoq, gavda suyaklarining rangli suratlari. Qo’lingizdagi rasm odam tanasi skeletining qismlari, undagi suyaklarning nomlari, sonini, qanday birikishi, suyaklanish yoshi haqida ma’lumot berib, doskaga yopishtirishadi, doskada odam skeleti paydo bo’ladi.










4. Biologik diktant olish mumkin.

Tayanch harakatlanish sistemasi …… qismga bo’lingan. Bular …....., …… va …...., ……dan iborat. Odam tanasi suyaklari 4 xil shaklda bo’ladi.

Bular 1) 2) 3) 4)

Harakatsiz suyaklar ……., ……., …….. yordamida bir-biriga birikadi.

5. Aqliy hujum.

ikki o’quvchi ishtirok etishi mumkin, undan ham ko’p. O’qituvchi bergan savollarga tezda javob berishlari kerak. Kim ko’p va tez javob bersa o’sha baholanadi.

1) Suyak usti pardasi nima deyiladi? – Periost

2) Suyaklar necha xil shaklda bo’ladi? – 4 xil

3) Qaysi suyaklar harakatsiz birikkan? – Miya qutisi

4) Harakatli birikkan suyaklar nima hosil qiladi? – Bo’g’im

5) Bosh suyaklari nechta? – 23 ta

6) Haqiqiy qovurg’alar necha juft? – 7 juft

7) Chanoq suyaklari qayerda joylashgan? – Oyoqda

8) Bilakuzuk suyaklari nechta? – 8 ta

9) Oyoqning erkin suyaklari? – Son, boldir, oyoq panjasi suyaklari

10) Suyaklarning ko’mik qismida qonning qaysi shaklli elementlari ishlab chiqariladi? – eritrosit, leykosit, trambosit.

6. ,Ha” - ,,Yo’q” o’yini. Bugungi darsimizning eng omadli o’quvchisi kim? Bunda o’quvchilarning ruhini ko’tarish, dam oldirish, diqqatini jalb qilish, bilimlarini yanada mustahkamlash mumkin.

O’quvchilar daftarlariga tezda 1 dan 10 gacha bo’lgan raqamning hohlagan 5 tasiga Ha, 5 tasiga Yo’q deb yozib chiqiladi.

O’qituvchi savollarni o’qiydi.

1) umurtqa pog’onangiz soni 33-34 tami ha 10b

2) Son suyak 3 t yuk ko’taradimi yo’q 10b

3) Hamma suyaklaringiz harakatsiz birikkanmi yo’q 10b

4) Gavda qismi 2 qismga bo’lgan ha 10b

5) Odam tanasi 260 ta suyakdan iborat yo’q 10b

6) Son suyagi eng yirik g’ovak suyakmi yo’q 10b

7) Yetim qovurg’a 5 juftmi yo’q 10b

8) Chaqaloqning bo’yi o’rtacha 50 sm ha 10b

9) Periost suyak ust pardasimi ha 10b

10) Panja suyaklar 3 qismdan iborat ha 10b

O’quvch va ‘qiuvchining savollari tasodifan to’g’ri kelib 90-100 ball to’plansa 5 baho qo’yib rag’batlantirish mumkin. Agar javob to’g’ri kelmasa 0 balldan to’plab boradi.

Test topshiriqlari.

1. Odam skeleti necha suyakdan tashkil topgan?

A) 100 ta B) 206 ta C)256 ta D) 300 ta

2. Umurtqa pog’onasi nechta umurtqaning birikishidan hosil bo’lgan?

A) 23-24 ta B) 30-32 ta C) 33-34 ta D) 27-28 ta

3. Bo’yinda nechta umurtqa bo’ladi?

A) 12 ta B) 10 ta C) 5-8 ta D) 7 ta

4. Tosh suyagi qayerda joylashgan?

A) Bosh skeletida B) Ko’krak qafasida

C) Qo’l skeletida D) Oyoq skeletida

5. Qanday moddalar suyaklarni qattiq qiladi?

A) Suv, CaCO3 C) CaCO3 va Ca3(PO4)2

B) Ilik, CO2 D) Garmonlar va anorganik moddalar

1. Panja suyaklari quyidagi qismlardan iborat

A) Bilakuzuk, kaft, barmoq

B) Chanoq, tirsak, barmoq

C) Kaft, barmoq, bilak, tirsak

D) Tosh, o’mrov, yelka

2. Quyidagi suyaklar harakatsiz birikadi

A) bosh, tizza qopqog’i, panjalar

B) bosh, umurtqa, chanoq suyaklar

C) son-chanoq, yelka, tovon, kaft suyaklar

D) qovurg’alar, o’mrov, bilak, tirsak

3. Suyak necha qavatdan iborat

A) 2 B)3 C) 4 D) To’g’ri javob yo’q

4. Suyak ust pardasi nima deb ataladi

A) Periost B) Fibroz C) Assein D) Fassiya

5. skelet qanday vazifani bajarada

A) muskullar qisqarishini ta’minlash

B) tayanch himoya

C) oziqlantirish, harakat

D) to’g’ri javob berilmagan

Darsni yakunlash; o’quvchilarni baholash, rag’batlantirish.
Uyga vazifa. Odam tanasi skeleti asosiy qismlarini darslikdan chizib olish, iboralarga izoh yozib, mavzuni o’qib kelish.

Olmaliq shahar XTMFMT va TEB tasarrufidagi 7-umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi Abdullayeva Kimyoxonning

Tayanch – harakatlanish sistemasining tuzilishi. Suyaklar



sistemasi.” mavzusida bir soatlik Dars ishlanmasi


Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish