Maqsad: Talabalarning mavzu doirasidagi bilimlarini kengaytirish, logopediya, surdopedagogika haqida tushuncha berish. Mavzuning qisqacha bayoni



Download 33,9 Kb.
bet1/3
Sana14.06.2022
Hajmi33,9 Kb.
#668478
  1   2   3
Bog'liq
4 Amaliy


Logopediya, surdopedagogika
Maqsad: Talabalarning mavzu doirasidagi bilimlarini kengaytirish, logopediya, surdopedagogika haqida tushuncha berish.
Mavzuning qisqacha bayoni
Logopediya fanining maqsadi, vazifalari va ob’ekti Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari, mexanizmlari, alomatlari, oqimlari tarkibini o‘rganadi. Shuning uchun uni maxsus pedagogika sirasiga qo‘shadilar. «Logopediya» yunon tilida «logos» (so‘z, nutq), «peydeo» (tarbiyalayman, o‘qitaman) so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, «to‘g‘ri nutqni tarbiyalash» ma’nosini bildiradi. Logopediyada nutq normalari va uning buzilishi tushunchasini farqlash muhimdir. «Nutq normasi» deganda, nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati holatida uning psixofiziologik mexanizmlari saqlangan bo‘ladi. Nutq kamchiliklari gapiruvchi shaxsning ma’lum til muhitida qabul qilingan, nutq faoliyati zaiflashuviga bog‘liq holda til me’yorlaridan chetlashuvi bilan belgilanadi. Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda, nutq buzilishlari bu aloqa vositasining buzilishidir.
Logopediya fanining maqsadi: nutq kamchiligini o‘rganish, bartaraf etish va oldini olish. Logopediya fanining ob’ekti: nutq kamchiligiga ega bo‘lgan shaxs. Logopediya fanining vazifalari:
1. Nutq kamchiliklarini aniqlash, saralash, logopedik ko‘rikdan o‘tkazish;
2. Nutq kamchiliklarining kelib chiqish sabablarini aniqlash;
3. Nutq kamchiliklarini logopedik ko‘rikdan o‘tkazish metodlarini ishlab chiqish va qo‘llash;
4. Nutq kamchiliklarini bartaraf etish metodlari va vositalarini ishlab chiqish;
5. Nutq kamchiliklarini tartibga solish;
6.Nutq kamchiliklarining oldini olish metodlarini takomillashtirish;
7. Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish;
8. Yangi pedagogik texnologiyalarni amaliy logopediyaga kiritish.
Qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
● Fanlararo aloqalardan foydalanish va nutq hamda undagi nuqsonlarni o‘rganuvchi ko‘plab mutaxassislar (psixologlar, neyropsixologlar, neyrofiziologlar, tilshunoslar, pedagoglar, turli ixtisosdagi shifokorlar va boshqa kishilar) ni hamkorlikda ish olib borishga jalb etish.
● Nazariya sohasidagi yangiliklarni amaliyotga tezroq tatbiq etish uchun fan va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni, nazariy muassasalar orasidagi hamkorlikni ta’minlash.
● Nutqning buzilishini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish tamoyillarini amalga oshirish. Nutq buzilishining oldini olish uchun aholi o‘rtasida logopedik bilimlar targ‘ibotini olib borish.
Logoped – bolalar va kattalar nuqtidagi kamchiliklarni bartaraf etish bilan shug‘ullanadigan pedagog. Logopedning vazifasi nutqida nuqsonlari bor kishilarni aniqlash, nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etish, nuqsonlarning oldini olish, logopediya bilimlarini aholi va o‘qituvchilar o‘rtasida tashviq qilishdan iborat. Oliy defektologiya ma’lumotiga ega bo‘lganlargina logoped bo‘lib ishlashlari mumkin. Universitetining defektologiya fakultetlari logopedlarni tayyorlaydi. Logoped umumta’lim maktablari qoshidagi logopedik punktlarda, maxsus nutq o‘stirish maktablarida va bog‘chalarda, poliklinika, psixonevrologik dispanserlar qoshidagi logopedik kabinetlarda ishlashlari mumkin.
Logopedik ta’sir nutqiy faoliyat buzilishini tuzatish, nutqi buzilgan bolani tarbiyalash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni o‘z ichiga oladi.

Download 33,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish