Maqsad: Talabalarda massivlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan algoritmlarni ishlab chiqish, dasturlashtirish va testlash ko‘nikmasini hosil qilish. Laboratoriya ishini bajarish uchun zarur jihozlar



Download 56,54 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi56,54 Kb.
#263850
1   2   3
Bog'liq
1-laboratoriya ishi (1)

Labotoriya topshirig‘i sharti. O‘rin almashtirishlardan iborat bo‘lgan N (N<=100) o‘lchamli A butun sonli massiv berilgan. Ushbu o‘rin almashtirishlardagi inversiyalari soni, ya’ni shartni qanoatlantiruvchi barcha juftliklar soni topilsin.

Masalani yechish algoritmi. Masalani yechish algoritmi massivning har bir A[i] elementini undan keyin joylashgan barcha A[j] elementlar bilan solishtirib, A[i]>A[j] shartni qanoatlantiradigan juftliklar sonini aniqlashga asoslangan. Bu g‘oyani quyidagi psevdokod orqali ifodalash mumkin:


Algoritm: Inversiyalar sonini aniqlash

Kirish: N – massivdagi elementlar soni

A[N] – inversiyalar soni aniqlanadigan massiv

Chiqish: Count – inversiyalar soni

Yordamchi o‘zgaruvchilar:

i,j – sikl parametrlari

Kiritish N

Sikl i=0 to N-1 gacha

Kiritish A[i]

Count=0;

Sikl i=0 to N-2 gacha

Sikl j=i+1 to N-1 gacha

Agar A[i]>A[j] u holda Count=Count+1

Chiqarish Count

juda sodda bo‘lgani uchun, uning C++ dagi dasturi matnini keltiramiz:

#include

using namespace std;

ifstream cin("input.txt");

ofstream cout("output.txt");

{

const int NMax=1000;



int A[NMax];

int N;


int Count=0;

cin >> N;

for (int i=0; i

cin >> A[i];

for (int i=0; i

for(int j=i+1; j

if (A[i]>A[j])

Count++;

cout << Count;

return 0;

}

Kiruvchi ma’lumotlar fayli (input.txt) namunasi


20

3

11

17

4

12

7

9

5

13

15

8

6

20

10

16

14

1

2

19

18



Chiquvchi ma’lumotlar (natija) fayli (“output.txt”) fayli namunasi

Massivdagi inversiyalar soni=77



Laboratoriya ishini bajarish tartibi. Laboratoriya ishini bajarishda quyidagi tartibga amal qiling:

  1. Guruh jurnalidagi nomerga ko‘ra o‘z variantingizni aniqlang

  2. Masalani yechish uchun algoritm va dastur quring.

  3. Kichik hajmdagi ma’lumotlar uchun dasturning to‘g‘ri ishlayotganligiga ishonch hosil qiling.

  4. Bajarilgan ishlar xaqida hisobot tayyorlang

Laboratoriya topshiriqlari variantlari



Topshiriq matni

1

N o`lchamli massiv berilgan. O`zining chap yonidagi elementdan katta bo`lgan massiv elementlarining nomerlari va shunday elementlar soni topilib, topilgan nomerlar kamayish tartibida chiqarilsin.

2

N o`lchamli massiv berilgan. Uning birinchi local minimumining nomeri topilsin. (local minimum – o`zining har ikki yonidagi elementdan kichik bo`lgan element)

3

N o`lchamli massiv berilgan. Uning oxirgi local maksimumining nomeri topilsin. (local maksimum – o`zining har ikki yonidagi elementdan katta bo`lgan element)

4

N o`lchamli massiv berilgan. Uning local minimumlari ichida eng kattasi topilsin. (Agar bunday element bo`lmasa 0 chiqarilsin.)

5

N o`lchamli massiv berilgan. Uning local maksimumlari ichida eng kichigi topilsin. (Agar bunday element bo`lmasa 0 chiqarilsin.)

6

N o`lchamli massiv berilgan. Uning local maksimumini ham local minimumini ham tashkil etmaydigan eng katta elementi topilsin.

7

N o`lchamli massiv berilgan. Uning monoton o`suvchi bo`laklari soni topilsin.

8

N o`lchamli massiv berilgan. Uning monoton kamayuvchi bo`laklari soni topilsin.

9

N o`lchamli massiv berilgan. Uning monoton oraliqlar (ya’ni elementlar o`suvchi yoki kamayuvchi bo`lgan bo`laklar) soni topilsin.

10

R soni va N o`lchamli A massiv berilgan. R soniga eng yaqin bo`lgan massiv elementlari topilsin.(shunday Ak element bo`lsa |Ak-R| qiymat minimal bo`ladu)

11

N o`lchamli massiv berilgan. Massivning yig`indisi eng katta bo`ladigan 2 ta yonma-yon turuvchi elementlari topilib bu elementlarning indekslari o`sish tartibida chiqatirilsin. Bunday yig`indilar bir nechta bo`lsa oxirgisi olinsin.

12

R soni va N o`lchamli massiv berilgan. Yig`indisi R soniga eng yaqin bo`lgan 2 ta yonma-yon massiv elementlari topilib, bu elementlarning indekslari o`sish tartibida chiqatirilsin. Bunday yig`indilar bir nechta bo`lsa oxirgisi olinsin.

13

N o`lchamli butun tipli massiv berilgan, hamma elementlari(o`sish yoki kamayish bo`yicha) tartiblangan. Faqat toq nomerdagi elementlari ekranga chiqarilsin.

14

Ikkita bir xil elementga ega bo`lgan N o`lchamli butun tipli massiv berilgan. Bir xil elementlar nomeri topilib o`sish tartibida chiqarilsin.

15

N o`lchamli massiv berilgan. Massivning ikkita eng yaqin elementlari nomerlari topilib(ya’ni elementlar ayirmasi moduli eng kichkina bo`lgan) o`sish tartibida chiqarilsin. Bunday yig`indilar bir nechta bo`lsa oxirgisi olinsin.

16

R soni va N o`lchamli massiv berilgan. Yig`idisi R ga eng yaqin bo`lgan 2 ta elementlar topilib, indekslari berilgan tartibda chiqarilsin. Bunday yig`indilar bir nechta bo`lsa oxirgisi olinsin.

17

N o`lchamli butun sonli massiv berilgan. Berilgan massivdagi har xil elementlar soni topilsin.

18

N o`lchamli butun sonli massiv berilgan. Undagi eng ko`p uchraydigan bir xil element miqdori topilsin.

19

N o`lchamli butun sonli massiv berilgan. Agar u o`rin almashtirishlardan iborat bo`lsa ya`ni 1 dan to N gacha hamma sonlarni o`z ichiga olsa 0 chiqarilsin aks holda 1-yo`l qo`ymaydigan element nomeri chiqarilsin.

20

N o`lchamli A butun sonlar massivi berilgan. Berilgan o`rin almashtirishlarda inversiyalar soni topilsin. (ya’ni uning 2 ta Ai va Aj elementlari kattasi kichkinasidan chapda joylashsa, Ai >Aj. Bunda i>j)

21

Bir xil N o`lchamli A va B massiv berilgan. A va B massivlardagi mos elementlarning qiymatlari almashtirilsin. Avval A massivning o`zgargan elementlari keyin B massivning o`zgargan element-lari chiqarilsin.

22

N o`lchamli A massiv berilgan. Xuddi shunday o`lchamli elementlari quyidagi ko`rinishda aniqlanadigan yangi B massiv hosil qilinsin.

Bk=2Ak agar Ak<5

aks holda Ak/2.



23

Bir xil N o`lchamli 2 ta A va B massiv berilgan. Elementi bir xil indeksli A va B massiv elementlarining eng kattasiga teng. Shunday o`lchamli yangi C massiv ifodalansin.

24

N o`lchamli butun sonli A massiv berilgan. Kiritilgan massivdagi barcha juft sonlarni yangi butun tipli B massivga yozilsin(shu tartibda) va hosil qilingan B massivning o`lchami hamda uning elementlari chiqarilsin.

25

N(N≤15) o`lchamli butun tipli A massiv berilgan. Toq nomerdagi barcha elementlarini yangi butun tipli B massivga yozilib, hosil qilingan B massivning o`lchami hamda uning elementlari chiqarilsin. Shart operatoridan foydalanilmasin.

26

N(N≤15) o`lchamli butun tipli A massiv berilgan. Massivdagi tartib nomeri 3 ga karrali bo`lgan (3, 6, …) elementlar yangi butun tipli B massivga yozilib, hosil qilingan B massivning o`lchami va elementlari chiqarilsin. Shart operatoridan foydalanilmasin.

27

N o`lchamli butun tipli A massiv berilgan. Shunday o`lchamli yangi butun tipli B massivga A massivning avval barcha juft nomerdagi elementlari keyin toq nomerdagi elementlari yozilsin. A2, A4, …. A1, A3, ….

Shart operatoridan foydalanilmasin.



28

N o`lchamli A massiv berilgan. Quyidagi tartib bo`yicha shunday o`lchamli yangi B massiv ifodalansin. Bk elementi A massivning 1-dan K gacha nomerli elementlar yig`indisiga teng.

29

N o`lchamli A massiv berilgan. Quyidagi qoida bo`yicha shunday o`lchamli yangi B massiv tuzilsin: Bk elementi A massivning 1-dan K-gacha nomerli elementlarining o`rta arifmetigiga teng.

30

N o`lchamli A massiv berilgan. Shunday o`lchamli yangi B massiv quyidagi qoida bo`yicha ifodalan-sin: Bk elementi A massivning K-dan N-gacha nomerli elementlari yig`indisiga teng.

Download 56,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish