Maqsad: sun'iy oziqlanadigan bolalarda asosiy tish kasalliklarining oldini olish. Tadqiqot maqsadiga erishish uchun biz quyidagi vazifalar


Maqsad: sun'iy oziqlanadigan bolalarda asosiy tish kasalliklarining oldini olish. Tadqiqot maqsadiga erishish uchun biz quyidagi vazifalar



Download 19,48 Kb.
bet2/2
Sana01.01.2022
Hajmi19,48 Kb.
#303764
1   2
Bog'liq
Dolzarbligi

Maqsad: sun'iy oziqlanadigan bolalarda asosiy tish kasalliklarining oldini olish.

Tadqiqot maqsadiga erishish uchun biz quyidagi vazifalarni bajardik: sun'iy va tabiiy oziqlantirishda bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalarda og'iz bo'shlig'i va tishlarning holatini o'rganish.

Mazkur vazifalarni hal etish uchun Buxoro viloyatidagi 52, 16, 20, 5 maktabgacha ta'lim muassasalarida tadqiqot o'tkazdik. Ishni bajarish uchun 150 ta ota-onalardan so'rovnoma o'tkazdik va 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning og’iz bo’shlig’i holati o'rganildi. Tadqiqot doirasida barcha bemorlar ikki guruhga bo'lindi:

1) tabiiy oziqlantirishda bo'lgan bolalar; 2) sun'iy oziqlantirishda bo'lgan bolalar;

Tadqiqot davomida so'rov natijalariga ko'ra: tug'ilgan paytdan boshlab o'rganilayotgan guruhdagi bolalarning 87 foizi tabiiy oziqlantirishda bo'lgan, ammo 12 oygacha bo'lgan davrda sun'iy oziqlantirishga ko'chirilgan. Ulardan 19% bolalar tabiiy oziqlantirishda bir oydan ortiq bo'lmagan. 44 % bolalar 3-6 oylik, 51 % – 6-9 oylikda sun'iy oziqlantirishga o'tkazilgan. Faqat 43% bolalar 1 yilgacha tabiiy oziqlantirishda bo’lgan. 6 oylik tabiiy oziqlantirishdan keyin bolalarning aksariyati 1 yoshgacha sun'iy yoki aralash ovqatga o'tkazilgan, bu 73% tashkil etdi. Ko'pchilik hollarda ota-onalar buni gipolaktiya, onaning erta ishga(o'qish) chiqishi va emizishni amalga oshirishning mumkin emasligiga bog’lashadi.

Hayotining birinchi yilida bolalarni sun'iy oziqlantirish sut tishlarining erta chiqishiga olib keladi. Bu esa tish qattiq to'qimalarining emirilishi, kariesning rivojlanishiga, tishning yo'qotilishiga olib keladi va doimiy tishlov shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Tug'ilishidan sun'iy oziqlantirishda bo’lgan bolalarga pastki jag' qoziq tishlarining (o'rtacha 2 oy) va pastki jag' ikkinchi molyarlarining (3 oy uchun) ilgari chiqishi xos hisoblanadi. Bolalarning sut tishlarini muddatidan kech ciqishi 5,8% hollarda qayd etilganligi aniqlandi. Bunda pastki markaziy kurak tishlar bir yildan keyin paydo bo'lgan, bu esa bolaning sut tishlari chiqish jarayoniga genetik omilning ta'siri bilan bog'langan.

Tishlarning chiqish fiziologiyasi ularning nafaqat chiqish muddati, balki juftligi va chiqishning ketma-ketligini ham o'z ichiga oladi.

Karioz zararlanish bolalar hayotining ilk yilida barcha, ikkinchi yilida 95,2%, uchinchi yilida 60,6% - tishlar yemirilishi “shisha idishga bog’liq” (“babi bottle syndrome”, “butilochniy karies”) hisoblanadi. Bu yassi karies sifatida baholanib, unda kesuvchi tishlarning tanglay va dahliz tomoni zararlanadi. Qoziq tishlarning chiqish muddati kechroq bo’lgani sababli ular kamdan-kam hollarda zararlanadi. Pastki jag' kesuvchi tishlarini til himoya qilganligi sababli ular zaralanmaydi.

Ko'krak suti bilan oziqlanishning kam yoki umuman yo'qligi disbakterioz rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari tish va paradont kasalliklarining rivojlanishi, ovqat hazm qilish jarayonlariga ham salbiy ta'sir qiladi. Qator tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki bolaning ko'krakni emishi chaynov mushaklarining rivojlanishida katta ahamiyatga ega, bu ilk bolalik davrida yuz jag’ sistemasinig shakllanishiga ta'sir qiladi. Retrospektiv ma’lumotlarga ko'ra, patologik prikus sun’iy oziqlangan chaqaloqlar orasida 1,84 marta ko’p namoyon bo'ladi va bu ta'sir ushbu turdagi ovqatlanishning davomiyligi bilan kuchayib boradi. Kamida 12 oy davomida tabiiy oziqlangan bolalar chaynov funktsiyasining o'rtacha ko'rsatkichlari sun’iy oziqlangan bolalarnikiga qaraganda sezilarli darajada yuqori bo’ladi.

Tabiiy va sun’iy oziqlantirishda bo’lgan ilk yoshdagi bolalarning stomatologik holatini baholanganda pastki jag'ning faol harakati, og'izning aylana mushaklarining yaxshi rivojlanganligi, yarim aylana shakldagi kuchli rivojlangan milk so’rg’ichlari qayd etildi, bu esa o’z navbatida jag'larning uyg'un rivojlanishini va keyinchalik fiziologik tishlov shakllanishiga zamin yaratadi. Sun'iy oziqlantirishda bo’lgan bolalarda esa aksincha, pastki jagning yutish harakatlari kuzatildi, bu keyinchalik pastki jag' o'sishining kechikishiga va patologik tishlov shakllanishiga olib kelishi mumkin.

Shunday qilib, bizning tadqiqotlarimiz natijalari asosiy stomatologik kasalliklarni shakllanishida sun'iy oziqlantirishning yuqori salbiy ko'rsatkichlarini ko'rsatdi.

Yuqoridagi ma'lumotlarga asoslanib, quyidagi xulosalarga keldik: sun'iy oziqlantirishda bo'lgan bolalar asosiy stomatologik kasalliklar rivojlanishi xavfi ostidadir, bu esa oldini olish mumkin va oldini olish kerak bo’lgan muammolarimizdan hisoblanadi. Homilador ayollar orasida ma'rifiy tushuntirish ishlarni muntazam ravishda amalga oshirish, ularga bolalarda keng tarqalgan stomatologik kasalliklar rivojlanish xavfi omillarini tushuntirish, bolani hech bolmaganda 1 yilgacha tabiiy oziqlantirish zarurligini tushuntirish muhimdir. Bolani uglevod saqlovchi shirin sut mahsulotlari bilan ovqatlantirishni rad etish lozim. Ota-onalar asosiy stomatologik kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish maqsadida tish shifokoriga bolani muntazam profilaktik ko’ruvga qatnashini shakllantirish muhimdir.



Bolani sun'iy oziqlantirishga o’tkazishda, qo'shimcha ovqatlar berishdan oldin pediatr va stomatologlar bilan maslahatlashgan holda amalga oshirish lozim. Shirin sut mahsulotlari va qo’shimchalar bilan oziqlantirishni rad etish zarur.

Tishlar patologiyasini erta aniqlash va oldini olish uchun tish shifokoriga bolaning muntazam profilaktik ko’ruvi uchun ota-onalarning mas’uliyatini shakllantirish muhimdir.
Download 19,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish