bilib eshitish orqali bilish asosida;
tajriba asosida:
sabab va oqibat orqali;
bevosita idrok asosida:
-Fan madaniyat ishlab chiqarishning taraqqiyoti yangi bilimlar ishlab chiqarishga turtki bo’ldi. XUSH asrning o’rtalarida falsafaga Emperizm nazariyasi kirib kela boshladi. Bu nazariyaning asoschisi buyuk ingliz olimi F.Bekon hisoblanadi. Bu ta’limotning rivojlanishi va fanda mustahkam o’rin olishga Bekoning izdoshlari G.Gobos (1588-1679) va D.Lok (1632- 1709) katta hissa qo’shdi. Gobos Dekartning ikkita substantsiya haqidagi ta’limotiga qarshi chiqdi. Tana va ruh bir xil narsa deb tushuntiradi. Agar ikki xil narsa bo’lsa, u bir-birini yo’q qiladi. Ong-esa bu harakat tushunchasi bilan vujudga keladi. Sezgi-bu organizmlarimizning harakati deb tushuntiradi. Psixika real materiallar jarayoni soyasi bo’lib, uning sababini parallelizm ruhida tushuntirishga harakat qildi. Gobosning eng asosiy fikri-bu obrazlardir. U qobiliyatlar haqidagi ta’limotga ham asos soldi. Qobiliyatlarning tug’ma bo’lishi mumkin emas, tug’ilgan vaqtda hamma bir xil bo’ladi degan epifenomenni fanga kiritdi. U sub’ektsiz psixologiyani vujudga kelishiga harakat qildi. Ongni esa mazmunning mexanik harakatlari kartasidan ko’chirma deb qaradi. SHaxs esa mutlaqo psixologik ma’noga ega emas deb hisoblaydi. Emperik psixologiyaning eng asosiy otasi- bu ingliz faylasufi, pedagogi va davlat arbobi D.Lok hisoblanadi. Uning asosiy izlanishlari bilishning kelib chiqishi va hajmi hisoblanadi. O’rta asr sxolastikasi va Dekart ta’limotiga qarshi chiqqan holda inson ruhi passiv ko’rish deb hisoblaydi. Uning qalbini toza pataga o’xshatadi. Tarixiy tajriba va insonning bilish jarayonini boyitadi. Tajriba ikkita manbaga ega:
sezgilar
refleksiya yoki aqlimizning ichki idrok qilish holati;
Tajriba- ichki tashqi ko’rinishlar ega, bu ta’limot bilan u interspektiv psixologiyani vujudga keltirdi. Lok ta’limotini nemis filosofi idealisti G.Lebents (1646-1716) bilan tortishuvni yuzaga keltirdi. Lebents psixofizik muammolarni hal qilishni «Garmonlar taqsimlanishi» gipotezasi orqali bayon qildi. U jon va tana alohida qonuniyatlarga bo’ysunadi. Jon maqsadli vositalarga tayanadi, tana harakatlarga tayanadi degan fikrni ilgari surdi. Lebents bilan Lokning orasidagi asosiy tortishuv-«bizning tortishuvimiz asosiy muammoga kelib taqaladi, ya’ni jon haqiqatdan ham tajribalar yordamida yoziladigan toza taxtaga o’xshaydimi yoki u biron-bir nazariya va tushunchaga asoslanadimi degan savoldir» . Lebents tug’ma g’oyalarning mavjudligini ta’kidlab, olam predmetlardan iborat bo’lib, ular aqlni va fikrni yuzaga keltirdir deydi. U psixologiya faniga birinchi bo’lib apperseptsiya tushunchasini kiritdi. Uning fikricha apperseptsiya bu ruhning alohida kuchi bo’lib, tashqi taassurotlar bilan birgalikda bizning bilishimizni va xulqimizni aniqlaydi va qaror qabul qilishni yuzaga keltiradi. Lebents pertseptsiya va apperseptsiya tushunchalari bilan bir qatorda ongsizlik muammosini ham psixologiya faniga olib keldi.
XUSH asrda ingliz psixologiyasida emperizm yo’nalishining rivojlanishi assotsiativ psixologiyaning shakllanishiga olib keldi. Bu borada qator ingliz olimlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |