Mavzu: Mirtemirning “Bulut” “Baliq ovi” she`rlarini o`rganish.
Maqsad:
o`quvchilarga she`rlarning mavzusi va g`oyasi haqida bilim berish.
O`quvchilarda ona tabiatga mehr-muhabbat tuyg`ularini tarbiyalash, do`stlik hamkorlik hislarini singdirish.
d) she`riy asarlarga bo`lgan qiziqishlarini rivojlantirish.
Dars jihozi: adibning surati, rag`bat kartochkalari.
Dars metodi: interfaol.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism 2 daqiqa
O`tilgan mavzuni so`rash. 13 daqiqa
O`tilgan mavzular “Bingo” va “Qorbo`ron” interfaol o`yin mashqlari asosida so`raladi. “Bingo” o`yini shartiga ko`ra qog`ozga adiblar nomi va asarlari yozilgan. Yozuvchilar va asarlari o`quvchilar tomonidan bir xil rangga bo`yalishi kerak.
“Qorbo`ron” o`yini quyidagicha o`tkaziladi.
O`qituvchi qog`ozdan yasalgan qor parchasini o`quvchilarga otayotrib har bir guruhga 3 tadan savol beradi. Qor parchasini ilib olgan o`quvchi savolga javob beradi.
Savollar:
Ko`ziga oyni berkitgan shoir kim?
Qaysi yozuvchining otasi o`g`liga muzqaymoq olib beraolmagan?
Bolaligida eng ko`p ertak eshitgan shoir kim?
Umri xola qaysi asar qahramoni?
Qaysi yozuvchining uyiga bolaligida o`g`ri tushgan?
Qaysi adib onasiga gilam paypoq sovg`a qilgan?
O`z onasini kitob qilib yozgan adib kim?
Qaysi jonzot Chin hoqonini o`limdan saqlab qolgan?
“Uloqda” hikoyasini kim yozgan?
O`zbek she`riyatining bobodehqoni kim?
Yangi mavzu 15 daqiqa.
Mirtemir she`rlari o`zbek she`riyatini har jihatdan boyitgan mazmunan teran va badiiy yuksak namunalaridir. Ularda tabiat va inson hayotining xilma-xil ko`rinishlari, taassurot va kechinmalari g`oyat topqirlik va noziklik bilan aks ettiriladi.
Uning tabiat hodisalarini kuzatish orqali teran falsafiy xulosalar go`zal qiyoslar, betakror obrazlar yaratish mahorati XX asrning 50-60 yillarida yozilgan. “Bulut”, “SHudring” nomli she`rlarida yaqqol seziladi.
Bulut – bu yomg`ir darakchisi. Kimdir bulutli kunni, yomg`ir yog`ishini yoqtirmaydi. Osmonni qop-qora bulut bosib, bemavrid yomg`ir yog`sa, ko`pchilikning kayfiyati buziladi. Ammo shoirning qo`liga qalam tutqazgan bu tabiat hodisasi yorug`lik, to`kinlik, belgisi.
Ko`k yuzida dam qaldiroq, dam sukut
Yog`may o`tma, pag`a bulut – oq bulut
Yog`ib o`tsang, tizza bo`yi o`t bo`lur
O`t bo`lur, ham sut bo`lur, ham qut bo`lur.
Shoir lirik merosida tabiat manzaralari va bolalik xotiralari bilan bog`liq she`rlar salmoqli o`rin egallaydi.
Uning o`zi “Baliq ovi” she`rida shunday yozadi.
Bizning qishloq tog` bag`rida
Tog` bag`rida – bog` bag`rida
Etagida chopqillar soy
Yozda tiniq, kuzda tiniq.
Guruhlarga topshiriq.
Har bir guruh she`rlaridagi o`xshatish, jonlantirishlarni aniqlaydilar.
O`xshatish “Bulut” she`ri.
Osmon to`la oq quv
Baland qorli cho`qqilar
Oq barqut, tepa-tepa
Paxta
“Baliq ovi” she`ri.
Chopqillar soy – jonlantirish.
Guruhlarga 3 daqiqa vaqt beriladi. Ular shu vaqt ichida she`rlardan parcha yodlashga harakat qiladilar.
“Piramida” o`yin mash`i o`tkaziladi.
Guruh a`zolari1 to`rtlik aytib qo`llari yordamida piramida yasaydilar. She`rlarni yodlashga ulgirmagan o`quvchilar Mirtemir ijodi haqida fikrlar aytishlari ham mumkin.
5 daqiqa.
Mirtemir qaysi asarlarni o`zbek tiliga tarjima qilgan?
“Bulut” she`rida badiiylik, ohangdoshlik nimalarda ko`rinadi?
Baliq oviga borganmisiz? “Baliq ovi” she`ridagi manzaraga guvoh bo`lganmisiz?
Baholash 3 daqiqa
Y – yaxshi Darsda nima yaxshi bo`ldi?
Q – qiziqarli. Nima qiziqarli bo`ldi?
H – halaqit berdi. Nima halaqit berdi?
O` – o`zim bilan olib ketaman. Nimani olib ketaman.
M – mening kayfiyatim
Uyga vazifa. 2 daqiqa. She`rlardan parcha yod olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |