Mustahkamlash: 2-mashq. Nusxalash amalidan foydalanib, 14 rasmni chizish.
3-mashq. Paint grafik muharriri yordamida 15 rasmni hosil qiling.
Uyga vazifa : Mavzuni o`rganib kelish
Sana: ___________________
Sinf: __________________
13-dars. Mavzu :Paintda rasmlarni qayta ishlash.
Maqsad:
a) ta`limiy :Mavzu yuzasidan tushuncha berish.
b) tarbiyaviy: O`quvchilarda mustaqil fikr yuritishga , olgan bilimlarini hoyot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did, axloqiy sifatlarini tarbiyalash.
s) rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlashga va u orqali bilim olishga xotirani mustahkamlashga , tez fikrlashga o`rgatish, nutqni o`stirish.
Dars turi: Yangi bilim olish darsi
Dars usuli: Amaliy.og`zaki
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, plakat.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism:
II. O`tilgan mavzuni so`rab baxolash.
III. Yangi mavzu bayoni.
Bir nechta rasm bo`laklarini birlashtirib, yangi mazmundagi rasm hosil qilish mumkin. Buning uchun avval rasmlarning kerakli qismlarini ajratib olib, alohida fayllarda saqlash maqsadga muvofiq. Aksariyat grafik muharrirlardagi kabi Paintda ham rasmning istalgan qismini belgilab olib, biror nom bilan saqlab qo`yish imkoniyati mavjud. Bu vazifa quyidagi ketma –ketlikda amalga oshiriladi.
1. Rasmning kerakli qismi uskunalar panelining yoki uskunasi yordamida belgilanadi.
2. Tahrir menyusining Faylga nusxalash bo`limiga kiriladi.
3. Fayl nomi kiritilib (masalan, “epizod”), ,Saqlash tugmasi tanlanadi yoki “ENTER”klavishi bosiladi.
4. Natijada “epizod” faylida kiyikning oq fonli ko`rinishi hosil bo`ladi.
Bir nechta rasmdan yangi rasm hosil qilish uchun quyidagi ketma-ketlikdagi amallar bajariladi.
Paint grafik muharriri ishga tushiriladi.
Tahrir menyusining Fayldan olib qo`yish bo`limiga kiriladi.
Kerakli fayl tanlanib, Ochish (открыть) tugmasi tanlanadi yoki ENTER klavishi bosiladi.
Ochilgan rasmni ishchi maydanning kerakli joyiga joylashtiriladi va o`lchami zaruratga qarab o`zgartiriladi.
Xuddi birinchi rasm kabi ikkinchi rasm fayli ochiladi.
Keyingi joylashtirilgan rasmlarning oq foni avval joylashtirilgan rasmlarning bir qismini to`sib qo`yadi. Bu kamchilikni bartaraf etush uchun Rasm menyusining Shaffof bo`lmagan fon amali inkor etiladi.
Hosil bo`lgan shaffof fonli rasmni ishchi maydonining kerakli joyiga joylashtirib, kerakli o`lchamga keltiriladi va saqlab qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |