MAQOM TUSHUNCHASINING TA’RIFLARI, UNING MAHALLIY VARIANTLARI
Maqom haqida umumiy tushunchalar.
Maqom, shashmaqom va bu mumtoz asarlar boyligi.
Maqomning Mahalliy uslublardagi farqi.
Maqom (arab. — joy, makon, oʻrin) — musulmon Sharqi musiqasida asosiy tushunchalardan biri. Dastlab mu-ayyan balandlikdagi tovushni hosil etish uchun torli cholgʻuning dastasida barmoq bilan bosiladigan joy, parda maʼnosida ishlatilgan.
Maqom (arab. — joy, makon, oʻrin) — musulmon Sharqi musiqasida asosiy tushunchalardan biri.
Maqom (tasavvufda) (tasavvufda) — islomda sufiylikka xos tushuncha, har bir sufiy bosib oʻtishi lozim boʻlgan bosqichlar.
Maqom (huquqda) (huquqda) — saylab qoʻyiladigan shaxslar, fuqarolar, davlat idoralari, tashkilot, muassasa, xalqaro tashkilotlarning normativ akt bilan rasmiylashtirilgan huquqiy holati, ular huquq va majburiyatlarining yigʻindisi.
Keyinchalik Sharq musiqa nazariyasi rivojlanishi jarayonida M.ning mazmun doirasi to-bora kengayib, bir-biriga nisbatan bogʻliq boshqa maʼnolarni ham anglata boshladi: lad tuzilmasi, lad tizimi; muayyan pardalar zaminida vujudga kelgan kuy-ohanglar; shakl, janr; bir qismli yoki turkumli cholgʻu va ashula yoʻllari; musiqiy uslub va boshqa M.larga oid nazariy va musiqiyestetik masalalar Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy va Forobiy (9—10-asr), Ibn Sino va Ibn Zayla (11-asr), Safiuddin al-Urmaviy (13-asr), Mah-mud ashSheroziy va Abdulqodir Marogʻiy (14-asr), Jomiy va Zaynulobiddin Husayniy (15-asr), Najmiddin Kavkabiy Buxoriy (16-asr), Darvishali Changiy (17-asr) va boshqa olimlarning musiqiy risolalarida tadqiq etilgan. Yaqin va Oʻrta Sharq mumtoz musiqa nazariyasida 13-asrga qadar M.lar soni aniq belgilanmagan. Safiuddin al-Urmaviy M. nomlaridagi parda tuzilmalarini ilmiy tasniflab, Oʻn ikki maqom tizimini ishlab chiqqan. Ushbu tizim birmuncha takomillashtirilgan holda qariyb 17-asrga qadar qoʻllanib kelingan. Oʻn ikki maqom negizida keyinchalik har xil milliy hamda mintaqaviy M. turlari va turkumlari vujudga keldi. Bular oʻzbek va tojiklarda M. deyilsa, turkman va uygʻurlarda muqom, eron xalqlari, ozarbayjon va armanlarda murom yoki dastgoh, turklarda makam, arab xalqlarida maqam shaklida talaffuz qilinadi.
Xalqchil, milliymahalliy anʼanalar taʼsiri ostida M.larning musiqiy va ijroviy xususiyatlari yangi hislatlar bilan boyigan holda umumiy soni, nomlanishi, tartibi hamda tuzilishida muayyan mushtaraklik va tafovutlar mavjud.
Xalq kuylari xam maqomlar tartibida yozilgan: Chuli Irok, Nasrulloyi, Ilgor, Miskin, Beksulton, Eshvoy, Kurd, Norim-norim va boshqalar.
Ilgari xam, xozirgi kunda xam bastakorlar maqom asosida kuylar yaratmoqdalar. Ularda uxshashlik va qondoshlik ko’p: Munojat 1, 11, 111, Аjam taronalari, Usmoniya, Girya kozok, Kari navo va Dilxiroj va boshqalarda Peshrav oxanglarini uchratish mumkin. Masalan: Shodiyona, Fargona-Toshkent yullaridagi Rok shuʼbasining aynan uzi va u xalq sayllarida doimo chalib kelinadi.
O’zbek bastakorlari asarlari xam maqom oxanglari bilan yugrilgan. T.Jalilovning "Ishk seli", Yu.Rajabiyning "Raʼnolanmasun", D.Zokirovning "Ey,sabo", "Kurmadim", S.Kalonovning "Ey, Nasimiy", "Topmadim" va boshqa asarlari turli maqom shuʼbalari bilan xam oxangdoshdir.
Uzbek bastakorlari uz opera, balet, simfoniya, syuita, kontata va oratoriyalarda xalq musiqiy merosimizda unumli foydalanadilar.
O’n ikki maqom
XIII-XVII asrlarda O’rta Osiyo, Xuroson, Ozarbayjon xalqlari musiqasida o’n ikki (duvozdax) maqomi keng tarqalgan. O’n ikki maqom to shashmaqom yaratilgan davrgacha yaxlit xolda yashab kelgan.
Oʻn ikki maqomm. tizimidan oʻrin olgan ovoza vashoʻʼba guruhlari pardalarining sifat tuzilishi nuqtai nazaridan 12 maqomdan keyingi darajalarni tashkil etadi. Jumladan, shoʻʼbalar guruhida Sharq xalqlari (turk, eron, arab va boshqalar) qadimiy kuyashulalarining ohanglari tovushqatorlar tarzida tasnif etilgan. Ular kasbiy musiqa kesimida mustaqil badiiy qiymatga ega boʻlmagan koʻrinadi. Chunki ular, asosan, ikki (Dugoh, Mubarqaʼ), uch (Segoh, Rakb, Zovuliy) toʻrt (Chorgoh) kabi tarkibi kam sonli nomukammal tovushlar uyushmasidan iborat boʻlgan. Ularni talab (komillik) darajasiga qadar rivojlantirish maqsadida 12 maqomning har biriga ikkitadan shoʻʼba biriktirilgan. Bunda Oʻn ikki maqomm.ning mukammal pardalari musiqiy yoʻl (suluk) oʻrnida namoyon boʻlib, shoʻʼba kuy tuzilmalari esa muayyan maqomning parda bosqichlariga tayangan holda rivojlantirilgan. Mas, ikki pogʻonali Dugoh shoʻʼbasi Husayniy maqomiga, uch pogʻonali Segoh shoʻʼbasi Hijoz maqomiga, toʻrt pogʻonali Chorgoh shoʻʼbasi Zangula maqomi pardalariga bogʻlangan. Oʻn ikki maqomm. tizimining Oʻrta Osiyoda uzilkesil shakllanishi va uning mumtoz koʻrinishlari qaror topishi Amir Temur va Temuriylar davriga toʻgʻri keladi. Mazkur tizimning tarixiy rivojlanishi pirovardida Shashmaqom, Xorazm maqomlari hamda Fargʻona—Toshkenpg maqom yoʻllari yuzaga kelgan.
“O’n ikki maqom” va uning ijro xususiyatlari.
O’zbekiston Respublikasi qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan kelib chiqib, mustaqillik yillari davomida milliy mumtoz san’atimizga bo’lgan ahamiyat yanada kuchaydi. Dunyo miqyosida har ikki yilda o’tkazilayotgan Samarqanddagi «SHarq taronalari» xalqaro musiqiy festivali, Respublika miqyosidagi «Nihol», «Kelajak ovozi» tanlovlari, har to’rt yilda Toshkent davlat konservatoriyada o’tkazilayotgan «Yunus Rajabiy nomli maqomchilar ko’rik-tanlovlari», har ikki yilda O’zbekiston litsey va kollejlar orasidagi o’takzilayotgan maqomchilar ko’rik tanlovlari yoshlarimizning milliy san’atimiz bo’lmish mumtoz kuy va qo’shiqlarni, “SHashmaqom” kabi durdona musiqa merosimizni qiziqib, o’rganishlariga katta turtki bo’lmoqda.
Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga, o’zibo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.
O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q.
Dunyodagi zo’ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o’ziga tobe qilib, bo’ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo’lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo’lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi.
Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Hega deganda, ulug’ adib CHo’lpon aytganidek, adabiyot yashasa — millat yashaydi.
Hozirgi kunda M.lar oʻz salmogʻi va maz-muni bilan koʻpgina musulmon Sharq xa-lqlari musiqa merosining asosiy kismini tashkil etadi. Ular shaklan va usluban rangbarang ohangdor kuy va ashula yoʻllaridan iborat. Xususan, oʻzbek mumtoz musiqasida Buxoro Shashmaqomi, Xorazm maqomlari, Fargʻona — Toshkent maqom yoʻllari, shuningdek, yovvoyi M., surnay, dutor M. yoʻllari yuzaga kelgan. Milliy musiqa merosining salmoqli qismini tashkil etgan M. nomidagi cholgʻu va aytim musiqa asarlari oʻtmish bastakorlik ijodiyotining mumtoz mahsuli boʻlib, asrlar davomida ogʻzaki anʼanada sayqal topib bizgacha yetib kelgan.
20-asr boshlaridan shu kunga qadar oʻzbek bastakorlari va komggozitorlari M.lardan unumli foydalanib kelmoqdalar. M. negizi va uslubida bastalangan Hoji Abdulaziz, Sodirxon hofiz, Yu. Rajabiy, F. Sodiqov, K. Jabborov, S. Kalonov, O. Hotamov, F. Mamadaliyev va boshqalarning kuy va ashulalari, V. Uspenskiyning "Farhod va Shirin" musiqali dramasi, R. Glier va T. Sodiqovlarning "Layli va Maj-nun", M. Ashrafiyning "Dilorom" operalari, M. Burhonovning "Alisher Navoiyga qasida"si, M. Mahmudovning "Navo", M. Tojiyevning 3,9 va 11sim-foniyalari, shuningdek, poema, syuita, oratoriya, kantata, xor kabi janrlarni ijodiy oʻzlashtirishda oʻzbek M.i qonuniyatlari hamda oʻziga xos ifoda vositalari muhim omil boʻlib xizmat qildi. Koʻhna M. sanʼati oʻzining barkamol badiiy-estetik ahami-yatini tiklab, zamonaviy musiqiy jarayonning ajralmas tarkibiy qismi sifatida oʻzining beqiyos ijodiy, ijroviy va ilmiy salohiyatini namoyon etmoqda. Xususan, M. ijrochilarining respublika tanlovlari 1983 yildan eʼti-boran har 4 yilda muntazam oʻtkazib kelinmoqda. M. masalalariga bagʻishlangan koʻplab ilmiy-ijodiy konferen-siyalar ("Rajabiyxonlik", 1993, 1996, 1999), seminarlar, xalqaro musiqashu-noslik simpoziumlari (Samarqand, 1978, 1983, 1987, 2001; Berlin 1988, Finlyandiya 1996, Istanbul 1999) oʻtkazilmoqda. M.larning ilmiynazariy hamda amaliy asoslari mamlakatning boshlangʻich, oʻrta maxsus, oliy musika va sanʼat taʼlimi muassasalarida oʻqitilib, malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. 1987 yildan YUNESKO huzuridagi Anʼanaviy musiqa boʻyicha xalqaro uyushma (IFMC) qoshidagi "Maqam" ilmiy guruhi faoliyat koʻrsatmoqda.
Oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, parda tuzilmalari tushunchasini hamda ularga mos holda yaratilgan quy va ashulalarni ifodaladi. Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi, 13-asrda esa Safiuddin al-Urmaviy ularni oʻn ikki asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi. 17-asrdan soʻng Oʻn ikki maqom tizimi inqirozga uchrab, uning negizida Sharq xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. Xususan, 18-asrning oʻrtalarida Oʻrta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiyijrochilik faoliyatida Sh. uzilkesil shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro Shashmaqomi nomlarida ham yuritildi. Oʻzbek maqom turlaridan Xorazm maqomlari, FargʻonaToshkent maqom yoʻllari, shuningdek, yovvoyi (erkin koʻrinishdagi) maqomlar, surnay, dutor yoʻllari va boshqalar Sh. taʼsirida rivojlandi. Oʻtgan zamon bastakorligida keng qoʻllanilgan amal, kor, naqsh, peshrav, savt, tarona, qavl kabi janrlarning noyob namunalari Sh. tarkibida bizgacha yetib keldi.
SH. Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan tashkil topgan boʻlib, jami 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunalaridan iborat. Shu qunga qadar sozanda, hofiz va bastakorlar maqom yoʻllarining qoʻplab ijroviy talqinlarini kashf etdilar, ovoz, tanbur, surnay, dutor va boshqalar maqom yoʻllarida bir qismli va turkumli asarlar ijod qildilar, ular asosida yangi kuy va ashulalar yaratdilar.
Maqomlar sozanda va xonandalar tomonidan yakka tarzda, shuningdek, joʻrovozlik va joʻrnavozlikda ijro etib kelingan. Xususan, Buxoro amirlari saroyida eng soʻnggi davrda joʻrnavozlik asosan, 2 tanbur, 2 doira (doirachilar xonanda ham boʻlgan), afgʻon rubobi, sato yoki qoʻbiz, imkonga koʻra boʻlamon cholgʻularidan iborat boʻlgan. Maqom ijrochiligida tanbur yetakchi soz hisoblanadi. Chunki u torlarini maqom pardalariga moslab sozlashda va maqom yoʻllarini mukammal yangratishda birmuncha qulayliklarga ega. Doira esa sozanda va xonandalarning Sh. qismlarini belgilangan usul negizida ijro etishlari uchun zarur vosita boʻlib xizmat qiladi.
Har bir maqomning bosh tovushqatori oʻziga xos va nisbatan barqaror boʻlib, turkumning toʻliq musiqiy ijro jarayonida uning pardalarida ayrim oʻzgarishlar ham sodir boʻlib turadi. Chunki Sh. shakllanishida maqomlar tarkibiga 12 maqomdan mazkur maqom pardalariga yaqin, kuy mavzui tabiatiga ohangdosh oʻzga shoʻʼba va maqom yoʻllari ham kiritilgan. Ularning ladtonalligi asosiy maqom yoʻllariga baʼzan mos kelmasligi ham mumkin.
shahrini tashkil etgan maqomlarning har biri ikki — cholgʻu (mushkilot) va ashula (nasr) yirik boʻlimlaridan iborat. Cholgʻu boʻlimlarida bir xil nom bilan ataluvchi cholgʻu qismlari mavjud boʻlib, ohanglari oʻzlari mansub boʻlgan maqom kuyiga xos, doira usullari esa bir xildir. Ulardan asosiylari Tasnif, Tarje, Gardun, Muxammas va Saqil deb ataladi. Bu kismlar maqom nomlariga qoʻshib (mas, Tasnifi Buzruk, Tarjei Dugoh, Garduni Segoh kabi), ayrimlari esa bastakorlar nomi bilan birga (mas, Muxammasi Nasrulloyi, Saqili Islimxon) ataladi. Baʼzi cholgʻu qismlari alohida nomga ega (mas, Nagʻmai Orazi Navo), Dugoh va Segoxda esa maqom nomi bilan qoʻshib aytiladi (mas, Peshravi Dugoh, Samoi Dugoh, Xafifi Segoh). shahrining cholgʻu qismlari xona va bozgoʻy kuy tuzilmalaridan tashkil topadi. Bunda muntazam ravishda oʻzgaruvchi xonalarning rivojlanishi uchun qoʻllanadigan peshrav uslubi alohida ahamiyat kasb etadi. Tasnif, Tarje, Nagʻmai Oraz, Samoi, Xafif kabi cholgʻu qismlari bir-biriga oʻxshash, kichik hajmli; Gardun va Peshrav birmuncha rivojlangan; Muxammas va Saqil yoʻllari uzun va murakkab doira usullari negizida ijod etilgan. Sh. cholgʻu yoʻllarining ichki tuzilishi murakkab boʻlsada, oʻzining ravon ohangdorligi va rangbarangligi bilan shu maqom quy mavzulari bilan bevosita bogʻlikdir. Bu asarlar teran falsafiy va turfa lirik kayfiyatlarni ifodalaydi, tinglovchilardan esa eshitish koʻnikmalariga ega boʻlishni talab etadi.
Odatda, Sh. cholgʻu qismlari birinketin yaxlit tarzda ijro etilgandan soʻng uning "Nasr" boʻlimiga oʻtiladi. Ashula qismlari ancha murakkab shakldagi shoʻʼbalar, ularning tarona yoki shoxobchalaridan iborat. Bular ham yaxlit turkum tarzida ijro etiladi. Sh. ashula boʻlimlari tuzilish jihatidan bir-biridan farqlanadigan ikki toifa shoʻʼbalar guruhidan tashkil topgan; birinchisiga Saraxbor, Talqin, Nasr deb nomlanuvchi shoʻʼbalar va yakuniy Ufar qismi, ikkinchisiga esa, asosan, Savt va Moʻgʻulcha nomli shoʻʼbalar va ularning shoxobchalari kiradi. shahridagi nomdosh shoʻʼbalar (Saraxbori Buzruk, Saraxbori Navo va boshqalar)ning kuyohanglari turlicha boʻlsada, doira usuli va kuylariga bogʻlab aytiladigan sheʼr vaznlari bir xildir. Shoʻʼbalarning ikkinchi guruhida Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar deb nomlanadigan shoxobchalar mavjud va ular shu nomdagi oʻziga xos doira usullarida yangraydi. Sh. shoʻʼbalarining rivojlanishida avj va namudlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ashulaning yirik shakl olishi va mazmunan chuqurlashishida hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Namudlar maqom yoʻllarida yakka avj yoki guruh tartibida erkin ishlatiladi. Oʻtmishda hofizlarning xohish va imkoniyatiga qarab namudlar soni (bir shoʻʼbada 4 tagacha) oʻzgarib turgan.
SH. ashula boʻlimi shoʻʼbalari shaklan barkamol boʻlib, ichki tuzilmalar tarkibi turlicha boʻlishi mumkin. Mas, har bir shoʻʼba yoʻli cholgʻu muqaddimasi bilan boshlanadi. Keyin daromad nomli bosh xat ijro etiladi va oʻrta pardalarda bayon etiluvchi miyonxat jumlalariga oʻtiladi. Urniga qarab dunasr tuzilmasida yuqori pardalar zabt etiladi. Soʻngra shoʻʼbalarga xos avjda namudlar aytilib, ashula yoʻli miyonxat orqali yoki usiz ulanib ketadigan furovard (tushirim) tuzilmasi bilan yakunlanadi. Baʼzi shoʻʼbalar tuzilishi boshqacharoq boʻlishi ham mumkin.
SH. ashula boʻlimining birinchi guruh shoʻʼbalari turkumli tarzda yaxlit ijro etilganida, Saraxbor bilan boshlanib, soʻng uning taronalari (6 tagacha) oʻqiladi. Taronalarning oxirgisi talqin doira usulida aytiladigan suporish qismi vositasi bilan Talqin shoʻʼbasiga silliq ulanib boradi. Talqin taronasi ijro etilib, nasr doira usulidagi suporish orqali Nasr shoʻʼbasi va uning taronalariga oʻtiladi (Nasr shoʻʼba namunalari bitta maqomda 2—3 tagacha yetadi). Oxirgi Nasr shoʻʼbasi, odatda, taronasiz oʻqilib, bevosita Ufar ashula yoʻllariga qoʻshiladi va oxirgi suporish bilan turkum yakunlanadi.
SH. ashula boʻlimining ikkinchi guruhidagi shoʻʼbalar oʻzaro bogʻlanmagan tarzda mustaqil ashula yoʻllari hisoblanib, ularning har biri, asosan, 5 qismli turkumni tashkil etadi. Mas, asosiy Savt yoki Moʻgʻulcha ashula yoʻlidan keyin unga ushbu kuy mavzuining yangicha vaznusulli (Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar) namunalari navbatmanavbat ulanadi.
Maqomlarning tarixiy, nazariy, estetik masalalari uzoq oʻtmishdan shu kunga qadar musiqashunoslar tomonidan har tomonlama oʻrganilmoqda. Xususan, Urta asrlar musiqa risolalarida Sharq mumtoz musiqasiga xos pardalad tuzilmalari keltirilib, maqomot hamda xalq musiqasiga xos tovushqator va usullar tuzilishi haqida mulohazalar yuritilgan. 19-asr boshi va oʻrtalarida shahriga oid maxsus yozma sheʼriy toʻplam — bayozlar yuzaga keldi. Ularda maqomlarga aytilgan gʻazal matnlari keltirilgan, maqom va shoʻʼbalar nomlari hamda ijro etiladigan ashulalar turkumining tartibi koʻrsatilgan. Komil Xorazmiy va uning oʻgʻli Muhammad Rasul tanbur chizigʻi yordamida yozib olgan Xorazm maqomlari ham shahrining 19-asr namunalari haqida qimmatli maʼlumot beradi.
SH. ashula yoʻllarida oʻzbek hamda fors mumtoz shoirlaridan Rudakiy, Jomiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Hofiz, Amiriy, Nodira, Zebunniso, Ogahiy va boshqalarning ishqiylirik, falsafiy, nasihatomuz, diniy mazmundagi gʻazallari, shuningdek, xalq toʻrtliklari jalb etilgan.
SH., asosan, ogʻzaki tarzda avloddanavlodga ustozshogird anʼanasida oʻtib keldi. 1920-yillarda Buxoro, Samarqand, Toshkent shahrilarida maxsus musiqa maktablari, bilim yurtlari tashkil qilinib, ularda maqom va xalq musiqa namunalarini oʻzlashtirishga eʼtibor qaratildi; Ota Jalol, Otagʻiyos Abdugʻaniyev, Domla Halim Ibodov, Shorahim Shoumarov, Abdusoat Vahobov, Usto Shodi Azizov kabi maqomdon sozanda va hofizlar yoshlarga saboq berish uchun jalb etildilar.
shahrini ilk bor V.A.Uspenskiy Ota Jalol va Ota Gʻiyos ijrolaridan hozirgi nota yozuviga olib nashr ettirdi ("Shashmakom, Shest muzmkalnix poem", M. — Buxoro, 1924). Mulla Bekjon Rahmon oʻgʻli va Muhammad Yusuf Devonzodaning "Xorazm musiqiy tarixchasi" (M., 1925), Fitratning "Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi" (Samarqand — T., 1927) risolalari 20-asr maqomshunosligining dastlabki namunalari boʻlib, qimmatli maʼlumotlarga ega. shahrini oʻrganishga, ayniqsa, 1950-yillardan koʻproq ahamiyat berila boshlandi. I.Rajabov qalamiga mansub "Maqomlar masalasiga doir" (T., 1963) tadqiqoti oʻzbek maqomshunosligi rivojlanishini yangi bosqichga koʻtardi. Tojikistonda B. Fayzullayev, Sh.Sohibov va F. Shahobovlar oʻz ijrolarida notaga olib, V.M.Belyayev tahriri ostida shahrining 5 jildini nashr ettirdilar ("Shashmaqom", M., 1950—67). Oʻzbekistonda Sh. ni Yunus Rajabiy oʻzi va boshqalar sozanda va xonandalar ijrosidan yozib olib, ikki marta — "Oʻzbek xalq musiqasi" (V j., T., 1959) va "Shashmaqom" (I—VI j. lar, T., 1966—75) nomi bilan nashr ettirdi. Toshkent konservatoriyasida "Sharq musiqasi" kafedrasi (1972-yil), u asosda "Musiqiy sharqshunoslik" va "Anʼanaviy ijrochilik" (1992-yildan) kafedralari orqali shahrini ilmiy oʻrganish va amaliy oʻzlashtirish oliy, oʻrta maxsus hamda boshlangʻich taʼlim bosqichlarida yoʻlga qoʻyildi. 1983-yildan boshlab maqom ijrochilarining respublika tanlovi (1991-yildan Yu.Rajabiy nomida) muntazam oʻtkazib kelinmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Ad.h Rajabov I., Maqomlar masalasiga doyr, T., 1963; Ibrohimo v O., Maqom va makon, T., 1996
Makom asoslari. i.rajabov. t: uzb. madaniyat vazirligi, madaniyat bulimi, 1992. 90-b.
www.ziyonet.uz
arxiv.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |