1-amaliy adabiyot
MAQOLLARDAN TAHLIL
Bolalar xalq og’zaki ijodida maqollar yetakchi o’rinda turadi.Xallq yaratgan g’oyat ixcham,chuqur va tugal ma’noli gaplar maqol deyiladi.Maqol xalqning,bir necha avlodlarning aql-u farosati hamda turmush ajribasining yakuni,ular donishmandligining mahsulidir.Maqollarda hayotning achchiq-chuchugini tatib ko’rgan,sof vijdonli,olijanob,mehnatksh kishining biror voqea-hodisadan chiqargan xulosasi bayon qilinadi.Deyarli barcha maqollarda birinchi navbatda bola tarbiyasi-odob yotar ekan.Masalan:
Avval salom,keyin kalom; Avval o’yla –keyin so’yla; Bola aziz-odobi undan aziz; Inson odobi bilan ,osmon oftobi; Odobning boshi til; Otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l;To’g’ri o’zar ,egri to’zar kabi maqollar bor.Bunday maqollar ro’yxatini yana cho’zish mumkin.
Inson odobi bilan,osmon oftobi bilan.Agar bu maqolni tahlil qiladiga bo’lsak, hamma ham inson ko’rinishida bo’laveradi,lekin ichki ko’rinishing,ichki dunyoying ham odam bo’lishi kerak.Buning uchun esa eng zarur narsa bu, avvalo odob hisoblanadi.Agar odobing ham o’z joyida bo’lsa,el-yurt oldida hurmating baland bo’ladi.Bu maqolda inson odobiga qiyoslab ,osmondagi quyosh keltirilgan. Agar osmonda quyosh bo’lmasa olamni zulmat egallaydi.Agar insonda odob bo’lmasachi ,tasavvur qilib ko’ring,bu insonni ham tubanlik va zulmat egallaydiku. Agar osmonda bulut bo’lsa ,quyosh ko’rinmasa hamma insonni yuzida g’amginlik bo’ladi,quyosh chiqsa hammada quvonch va tabassum.Insonlar ham shunaqa agar odobi axloqi bo’lmasa ,uni hech kim hurmat qilmaydi.Uni uzoqda ko’rishsa ham undan o’zini tortishadi,nega? Chunki hozir u odobsiz ko’nglimga ozor yetkazadi yoki odobsizlik qilib biror gap aytadi.Agar o’zimizni shunaqa odamlar qatorida ko’rishni istamasak o’zimizni odobimizni to’g’rilaylik,odobsiz illalarni tashlab to’g’ri yo’lga o’taylik.Aytishganidek,inson odobi bilan go’zal,osmon oftobi bilan.Demak, odobli bo’lib o’zgalar,atrofimizdagilar ko’ziga go’zal ko’rinishga harakat qilaylik.
Yana bir maqolimiz bu To’g’ri o’zar, egri to’zar.Bu maqol to’rtta so’zdan iborat bo’lishiga qaramay uning ostida ko’plab olam-olam ma’nolar yashiringan. Bu maqolda doimo to’g’ri bo’lishga va shu yo’lda yurishga da’vat qilinadi. To’g’ri bo’lsang doimo oldinda yurasan va yurga yo’lingda bexavotir yurasan.To’g’ri odam doimo olqishga sazovar bo’ladiTo’g’ri odam yo’lida hech qachon qoqilmaydi .Agar egri bo’lsang ko’zlagan maqsadingga hech qachon erisha olmaysan.Erishgan taqdiringda ham bu quvonching uzoqqa cho’zilmaydi.Egrilik bilan topgan mol- dunyongdan doimo havotirlanib yashaysan ,chunki birkunmas bir kun ,albatta sening bu qing’irligingni xalq bilib qolib,xabar topadi va bora-bora sening xalq orasida zarrachayam obro’ying qolmaydi.Undan ko’ra halol yo’l bilan topganing yaxshi emas-mi?
Do'stlaringiz bilan baham: |