MAVZU: O’ZBEK XALQ MAQOLLARI
Reja:
Maqol haqida
O’zbek xalq maqollari.
Maqollarning iste’moldan chiqish omillari
Maqol - og‘zaki ijodning eng faol janri. Maqol deb xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so‘zlarga aytiladi. Maqol o‘zbek tilida maqol, tojiklarda zarbulmasal, ruslarda poslovitsa, arablarda (jonli so‘zlashuvda) naql, turklarda ata so‘zi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamasi arabcha - qavlun - gapirmoq, aytmoq so‘zidan olingan.
Folklorshunos olimlar maqollar va matallarni o‘rganuvchi sohani paremiologiya deb atashadi. Paremiya - yunoncha chuqur ma’noli gap, hikmatli so‘z, ibora, maqol, matal ma’nosini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |