folklorizm deb ataladi. Bu holat ijodkorning xalq og'zaki ijodiga bo'lgan munosabati ijobiy ekanini tasdiqlaydi.
Xalqimiz yaratgan maqollar mazmun jihatdan chuqur bo'lishi bilan birga badiiy jihatdan ham mukammaldir. Ularda go'zal o'xshatishlar, tovushdoshlik, mubolag'alar, majoziy obrazlar yetakchi o'rinni egallaydi. «Ona bilan bola — gul bilan lola» maqolida o'xshatish badiiy san'ati qo'llangan. Maqolning mazmunida ona bilan bolaning gul bilan lolaga o'xshatilishi nazarda tutiladi. «Olim bo'lsang, olam saniki» maqolida «l», «m», «s» tovushlari alliteratsiya- tovushdoshlik holatini vujudga keltirgan. Endi «Boy boyga boqar, suv soyga oqar» maqoliga diqqat qilaylik. Bu maqol- da «boyga» va «soyga» so'zlari ichki qofiyani, «boqar» va «oqar» so'zlari tashqi qofiyani tashkil etadi. Qizig'i shunda- ki, har ikkala qofiyadosh so'zlarda ham faqat bitta tovush- da farq seziladi. Bu esa maqolning badiiy jihatdan mukam- malligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni chog'da «b», «o», «e», «r», «s» kabi tovushlar vositasida tovushdoshlik holati vujudga keltirilgan. Ma'lum bo'ladiki, xalqimiz yaratgan maqollar faqat mazmun jihatdan emas, badiiy jihatdan ham ajoyib so'z san'ati namunalari sifatida baholanishi mumkin.
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin:
Xalq maqollari asrlar davomida o'zbek xalqining hayot tajribasini badiiy jihatdan ifodalovchi so'z san'ati namu- nalari sifatida yashab keldi.
Xalq maqollari ming yil davomida shoir va yozuvchilar tomonidan badiiy asarlarga kiritildi va folklorizm namunasi sifatida so'z san'atidan o'rin oldi.
Mahmud Koshg'ariyning turkiy so'zlarga izoh berish maqsadida keltirgan maqollari o'z davrida o'rta asr olimi tomonidan dastlabki o'rganish ob'ekti bo'lgani sifatida baholanishi mumkin. Keyinchalik esa, bu an'ana o'zbek folklorshunos olimlari tomonidan rivojlantirilganini e'tirof etish joizdir. Bu olimlar ko'p asrlik madaniy merosimizdan munosib o'rin olgan otalar so'zini to'pladilar, ilmiy tahlil- dan o'tkazdilar, nashrdan chiqardilar va xalqqa taqdim etdilar.
Maqollar mundarijasi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'- naviy masalalarga oid mavzulardan iboratdir. Ularda o'zbekning vataniga, xalqiga, mehnatga, ilmga, hunarga, oilaga, mardlikka, ahillikka bo'lgan munosabatlari o'zining badiiy ifodasini topgan.
Badiiy jihatdan mukammallik maqollarning asosiy fazi- latlaridan biri hisoblanadi. O'xshatish, tovushdoshlik, sifat- lash, istiora, majoz kabi badiiy san'atlar keng qo'llanilgan- ligi bilan ular o'quvchi diqqatini o'ziga jalb etadi.
Maqollar uzoq o'tmishda bo'lgani kabi bugungi kunda ham mustaqillikka erishgan o'zbek xalqining yosh avlodini ajdodlar havas qilgan barkamol inson darajasiga yetaklovchi asosiy tarbiya vositalaridandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |