Maple shaxsiy kompyuterdan foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lganligi tufayli keng tarqalgan. Maple tizimidan o‘quv masalalarini yechishdan tortib murakkab fizik ob’yektlarni, sistema va qurilmalarni, hatto tasviriy san’at asarlarini yaratish bilan bog‘liq bir qator ishlarni bajarish hamda murakkab matematik hisoblash-larni amalga oshirish zarur bo‘lganda unumli foydalanish mumkin.
Maple – tipik integrallashgan sistema bo‘lib, u quyida-gilarni o‘z ichiga oladi:
keng imkoniyatli dasturlash tili (sistema bilan interaktiv murojaat qilish uchun til);
dastur va hujjatlarni tahrirlash, tayyorlash uchun muharrir;
dialog rejimida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan zamonaviy ko‘p oynali foydalanuvchi interfeysi;
yechilishi keltirilgan ko‘plab misollar bilan ta’minlangan kuchli ma’lumot olish sistemasi;
matematik ifodalarni almashtirish qoidalari va algoritmlari yadrosi;
simvolli va sonli protsessorlar ;
tashxislash sistemasi;
turli-tuman ishlarni bajarishga mo‘ljallangan paketlar kutubxonasi;
boshqa dasturlash tillari bilan moslashish imkoniyatlari.
Maple da simvolli almashtirishlar bilan ishlash uchun asosiy yadro sistemasi mavjud. U o‘zida yuzlab simvolli almashtirish-larning algoritmlari va avvaldan aniqlangan funksiyalarni mujas-samlashtirgan. Bundan tashqari, funksiyalar, buyruqlar va operator-lar kutubxonasiga hamda bir qator yuklanadigan paketlarga ham ega.
Maple – simvolli (analitik) va sonli hisoblashlarni bajaruv-chi, oddiy va xususiy hosilali tenglamalarning analitik ko‘rinishdagi (formulali) va sonli yechimlarini topuvchi, funksiyalar grafiklarini quruvchi va shunga o‘xshash matematik masalalarni yechish qudra tiga ega bo‘lgan kuchli matematik muhitdir. Maple ning Maple 9.5 veriyasi 35000 dan ortiq buyruqlarni bajara oladi. Bu buyruqlar tarkibiga arifmetik va algebraik ifodalar bilan ishlash, turli xil tenglamalarni yechish va grafiklarini qurish, programmalashtirish buyruqlari va h.k.lar kiradi. Maple foydalanuvchi uchun juda qulay bo‘lgan grafik interfeysga ega. Shuning uchun Maple dasturidan (muhitidan) ta’limda, nazariy va amaliy-ilmiy tadqiqotlarda keng foydalaninish mumkin.
Bu bobda barcha boshlovchi foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan Maple interfiysi haqidagi asosiy ma’lumotlarni keltiramiz.
Maple oddiy va xususiy hosilali differensial tenglamalarni hamda ularning sistemalarini sonlu usulda hamda ba’zi sinf tenglamalarini simvolik ko‘rinishda (analitik) yechishga, ular ustida turli shakl almashtirishlarni bajarishga hamda yechim grafiklarini qurishga imkon beradi. Bunda ba’zi boshlang‘ich masala (Koshi masalasi) va chegaraviy masalalar ham yechilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |