2.7.Sport turlari bo’yicha yosh yo’riqchilarni tayyorlash sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllaridan biri.
Yo’riqchilarni oldingi bo’limlarimizda qayd qilinganimizdek 12-13 yoshdan kichik bo’lmagan, sport sektsiyasida bir yildan ortiqroq shug’ullangan, jismoniy jihatdan tayyorgarligi yaxshi sanalgan, tashkilotchilik qobiliyatlari bilan o’rtoqlaridan ajralib turadigan, o’zining orqasidan bolalarni ergashtira oladigan o’quvchilardan tanlanadi.
Ularni tayyorlash mashg’ulotlar davomida kichik topshiriqlarni berish bilan yoki maxsus ajratilgan vaqt davomidagi alohida mashg’ulotlarda (seminarda) olib boriladi. Yosh yo’riqchilarni tarbiyalash nazariy va Amaliy mashg’ulotlar tarzida yo’lga qo’yiladi. Nazariy mashg’ulotlar suhbat ko’rinishida olib boriladi. Bunda o’quvchilar uchun maxsus adabiyotlar tavsiya qilinib, ulardan mustaqil tayyorlanish talab qilinadi. Har bir mashg’ulotdan so’ng o’zlashtirilgan mavzuning asosiy savollari haqida qisqa suhbat o’tkazish tavsiya qilinadi.
Asosiy eotiborni o’qitish (o’rgatish)ning va trenirovka jarayonining umumiy asoslari, mashg’ulotlarni tashkillash va o’tkazish metodikasi, mashqlarni bajarishda yordam va havfsizlikni oldini olish degan mavzularga ko’proq qaratish lozim.
Amaliy mashg’ulotlarda dars yoki trenirovka paytida yosh yo’riqchilar tayyorlov va yo’llanma beruvchi mashqlarni qo’llay olishga oid zaruriy bilimlarni, harakatlarni o’zlashtirishni ketma-ketligi, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va tarbiyalash haqidagi maxsus bilimlar va o’qitish metodikasini o’zlashtiradilar.
Dars davomida yo’riqchi trenirovka darsining alohida bo’limi (qismi)ni o’tkazishga, o’qituvchining roli va faoliyati haqida tasavvur hosil qiladi, mashg’ulotlarni ayrim qismlarini yoki uni o’zi to’la mustaqil o’tkazish metodikasi, malakasi va ko’nikmalariga ega bo’ladi, buyruq berish, uni ijrosini nazorat qilish, topshiriqni bajarilishini tahlil qilish va uni nazoratini yo’lga qo’yish, xatolarni aniqlash va uni tuzatishga o’rganadi.
Yo’riqchilar tayyorlash seminari oxirida ular «Yosh yo’riqchi» nishonini olish uchun sinov topshiradilar. Nazariy kurch bo’yicha 2-3 nafar tinglovchi bilan suhbat tarzida sinov o’tkaziladi. O’rtacha har bir yo’riqchining sinovi uchun 10-15 minut vaqt sarflanadi.
Amaliy bo’lim bo’yicha yo’riqchi o’qituvchidan alohida topshiriqlar olib shu topshiriqlarga baho olish bilan sinovdan o’tadi. Aolo, yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz-deb baholar bayonnomada qayd qilinadi. Seminar mashg’ulotini olib borgan o’qituvchi maxsus jurnal yuritadi va bu jurnalda yo’riqchilar tayyorlash dasturi materiallari qayd qilinadi, qatnashuvchilarning davomati, o’zlashtirish baholari, topshiriqlarni bajarganligining joriy va yakuniy baholari, amaliy va nazariy materialni bilish, bilmasligi yozib boriladi va jurnal «Yosh yo’riqchi» unvonini olish uchun o’quvchilar ko’ngilli sport jamiyatiga (Yosh kuch) topshiriladi.
Yo’riqchiga belgilangan namunadagi nishon va guvohnoma beriladi. Yosh yo’riqchi jismoniy tarbiya o’qituvchilarining tayanchig’i, ishongan yordamchisi bo’libxizmat qiladi va uning majburiyatlar quyidagilar hisoblanadi:
-jismoniy tarbiya o’qituvchisining 1-3 sinflarda olib boriladigan o’quv ishlariga birinchi yordamchi bo’lish, uni topshiriqlarini bajarishga faol yordam ko’rsatish;
-o’quvchilar bilan o’tkaziladigan ommaviy sport-spog’lomlashtirish ishlarini: darsgacha gimnastika, jismoniy tarbiya pauzalari, tanaffuslardagi harakatli o’yinlar, salomatlik kuni, poxodlar, sayohatlarda tashkilochilardan biri bo’lish va bitta maktab sport sektsiyasining o’quv guruhida doimiy trenirovka mashg’ulotlarini olib borish;
-maktabda, mahallada o’tkaziladigan turli xil sport musobaqalarini tashkillashda faol ishtirok etish;
-o’qishda va intizomda namuna bo’lish.
«Yosh yo’riqchi» u yoki bu sport turiga yo’nalishda tayyorlanish va o’qituvchining doimiy nazorati ostida mashg’ulotlarni mustaqil tashkillash va o’tkazishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |