Qatoiyyan reglamentlashtirilgan mashq usuliyati harakat shaklini, nagruzka kattaligini, uning ortishini, dam olish bilan to’g’ri navbatlashuvini va hokazolarni reglament-lashtirish orqali harakat faoliyatini ko’p marotabalab baja-rish bilan xarakterlanadi. Buning natijasida alohida harakat-larni tanlab olib, asta-sekinlik bilan ulardan zarur bo’lgan harakat faoliyatini tuzishga imkoniyat yaratiladi.
Harakat faoliyatini o’zlashtirishdagi bo’laklarga (qism-larga) ajratishni to’la o’rgatish usuliyati bilan bir birini to’ldirishi va turli sharoitga muvofiq, o’quv vazifalarini aniq belgilab o’quvchilarning guruhli va individual xarakteristi-kasiga, taolim etaplari, o’quv materialining xarakteri va mazmuni, o’quv vositalarining soni (jihozlar, snaryadlar va boshqalar)ga qarab qo’llanilishi kerak. Asosan, bu usuliyatdan jismoniy sifatlarni rivojlantirish maqsadida foydalani-ladi. Mashq belgilangan vaqt ichida tanlangan harakat suroati (tempi), ritmi, amplitudasi harakat fazalarini o’zgarishsiz berilgan ketma-ketlikda oldindan tuzilgan dastur asosida bajarishni taqazo qiladi.
Qismlarga (bo’laklarga) ajratish bilan o’zlashtirish usuliyati boshlanishida harakat faoliyatini alohida bo’laklarga ajratib, ularni asta-sekin zarur bo’lgan umumiylikka birlash-tirishni nazarda tutadi. Bu usuliyatni to’laqonli amalga oshirish ko’p holda harakat faoliyatining alohida bo’laklarini qismlarga ajrata olish va uni ajratish lozim emasligini bilishni hamda amalda uni bajara olishni uddalay oladimi-yo’qmi shunga bog’liq. Pedagogika amaliyotidagi qator ilmiy va amaliy izlanishlar har qanday harakat faoliyatini tarkib topdirgan bo’laklarga - qismlarga ajratish mumkinligini isbotladi. Qismlarga ajratish chegarasi va uning xarakteri taolimning vazifalariga muvofiq holda, mashqni bo’laklay olishni bilishni taqazo etadi. Bir butun tarkibdagi alohida elementlar orasida belgilangan munosabatlar o’rnatiladi. Bir butun bo’lishni aniqlash faqat uni qismlarga ajratishni ang-lash, bir butun bo’lish qonuniyatlarini bilish orqali amalga oshiriladi.
Bo’laklarga bo’lish qismlarga ajratib o’rgatish usuliya-tining xarakterli belgisi hisobdlanadi. U butun bir harakat faoliyatini egallashni yengllashtiruvchi boshlang’ich bir etap xolos, yakuni bo’lib harakatni to’la o’rganish tushuniladi. Yakunida o’quvchilar harakat faoliyatini boshlanishidan oxiri-gacha bir butun deb qabul qilishlari lozim. Bu qo’shilishning ijrosida asosiy va ikkinchi darajali elementlar bo’lishi mumkin emas, ularning hammasi muhimdir. Barchasi u yoki bu darajada o’zida umumiy yutuqga poydevor quradi.
Harakat faoliyatini qismlarga ajratish usullari turli tuman bo’ladi, lekin ularning har biri oxirida aniq yo’llanma beruvchi mashqlarning vujudga kelishiga olib keladi. O’zining vazifasiga ko’ra hamda tabiatiga ko’ra to’la bir butun hara-katning “bo’laklari-elementlari” bilan printsipial farqga ega bo’lmaydi va maqsadga muvofiq yo’naltirilgan bo’laklarga bo’lish jarayonining natijasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |