Мақола ва тезислар номи


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Abdurahmonov.G’, Rustamov.A, “Qadimgi turkiy til” T- 1982; 71-130 betlar; 
2.
Azimov. I, Rahmatov.M. “Qadimgi turkiy til” Toshkent-2005,67-80 betlar; 
3.
Mahmudov. N, “Yozuv tarixidan qisqacha lug‘at-ma’lumotnoma” T-1990; 
4.
Rahmonov. N, Sodiqov.Q, “Qadimgi turkiy til”, Toshkent-2009; 
 
54
N.Rahmonov. O’rxun Enisey yodnomalari. 172-b 


127 
ATOQLI HOFIZ VA BASTAKOR, USTOZ FATTOHXON MAMADALIEVNING 
IJODIY FAOLIYATIGA NAZAR 
 
Allambergenova G. 
O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabasi 
O‘zbek xalqining qadimiy, o‘ziga hos, serqatlam va usluban boy musiqa merosini to‘plash, 
xujjatlashtirish, uning ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish hamda amaliy, ijodiy o‘zlashtirish borasida 
o‘tgan yarim asrdan ziyodroq vaqt mobaynida ulkan yutuqlar qo‘lga kiritildi. Keyingi yillarda 
o‘lkamizda bu ishlarni izchil davom ettirish bilan bir qatorda yosh avlodni bu jabhalardan muntazam 
ravishta voqif qilib borish tinglovchilarning talab va ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirishga 
qaratilgan ma’sul vazifalar ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Bu o‘rinda avvalo madaniyat va san’at o‘quv 
yurtlarida jahon xalqlari musiqa san’atining adabiyot va tarixini puxta o‘rganish, ayniqsa o‘zbek milliy 
va mahalliy badiiy an’analarini mufassal o‘zlashtirish, musiqiy nazariy qonuniyatlarni chuqurroq idrok 
ettirish kabi muhim masalalar hamon dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Ko‘zlagan maqsadlarga erishmoq uchun bir qancha yangi tadbir choralarini amalga oshirish 
lozim. O‘zbek xalqi musiqa merosining turli qatlamlariga rosmana xalq musiqasi, dostonchilik, 
maqomchilik, o‘tmish va zamonaviy bastakorlik ijodiyotiga bag‘ishlangan maxsus o‘quv fanlarini 
joriy etish,o‘z navbatida ularni yangilangan o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar, darsliklar bilan ta’minlab 
borish shular jumlasidandir. 
O‘zbek xalqining boy musiqa merosini o‘rganish va uni keng omma ichida targ‘ib qilish ishlari 
san’atimizning jonkuyar tashabbuskorlari, mohir ijrochilari zimmasida bo‘lmog‘i zarur. Chunki 
bizning davrimizgacha yetib kelgan ulkan musiqiy merosning ustozdan shogirdga bevosita o‘tishida 
tabarruk zotlar ko‘prik vazifasini o‘tash bilan birgalikda, o‘zlarining ijrolari bilan ham na’muna 
bo‘lganlar. 
Hozirgi kunda an’anaviy musiqa ijrochiligi sohasiga nazar tashlasak, naqadar serqirra, serjilo va 
borgan sari sayqal topayotganiga guvoh bo‘lamiz. Ana shunday an’anani davom ettirish uchun hozirgi 
yosh ijrochilar chin dildan harakat qilib, kelgusida mutaxasislik o‘qituvchi ya’ni bilimdon ustoz 
sifatida kamolga yetishlari lozim. Bunday mutaxasislarning yetishib chiqishlari kelajak avlodlarga 
an’anaviy musiqa merosimiz yanada sayqal topgan holda singib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Fattohxon Mamadaliev deganda an’anaviy ijrochilik bo’stonining nodir ovoz sohibi, el suygan 
san’atkor, qo’shiqchilik olamida o’ziga hos uslub va ijrochilik yo’lini yaratgan manzurnafas hofiz ko’z 
o’ngimizda gavdalanadi. Ustoz ijro etgan qo’shiqlar o’zining yorqin, serjilo qirralari bilan eshituvchini 
befarq qoldirmaydi. Dunyo ishlaridan biroz bo’lsada holi bo’lib, beixtiyor ko’zni yumib tinglab orom 
olishga chorlaydi. Bunday noyob ijrochilik san’ati shinavandaning yuragida bir umr o’chmas iz 
qoldiradi. Shuning uchun ham qo’shiqlari umrboqiy bo’lib qoldi.
O’zbekiston xalq hofizi, mashhur xonanda, mumtoz musiqa yo’lida bir qator asarlar yaratgan 
bastakor Fattohxon Mamadaliyev 1923-yili Farg’ona vodiysining Andijon viloyati Baliqchi tumani 
Haqqulobod qishlog’ida dehqon oilasida tavallud topgan. Bolalik chog‘laridan xalq musiqa 
ijrochiligiga katta mehr qo‘ygan. Qishloqning madaniyat uyi qoshidagi badiiy havaskorlik to‘garagida 
tanbur, dutor kabi cholg‘ular ijrochiligini o‘rgana boshlaydi. Andijonlik mashhur g‘ijjakchi sozanda 
Mo‘minjon Karimov unga nafaqat cholg‘u ijrochiligi, balki xonandalik sirlarini ham o‘rgatadi. 
Ayniqsa, u o‘z zamonasining keksa avlod hofizlarining ijrolariga katta e’tibor bilan yondashadi va 
ularning ijro uslublarini hamda ijro repertuarlarini o‘zlashtirishga harakat qiladi. 
U 1968-yili Andijon davlat pedagogika institutining tarix - filologiya fakultetini muvaffaqiyatli 
tamomlaydi. Ijodiy faoliyatini musiqa san’atining rivojiga bag‘ishlashga ahd qiladi.Andijon 
viloyatining Xo‘jaobod, Izboskan kabi tuman madaniyat uylarida, Andijon davlat pedagogika 
institutida havaskorlardan iborat «Maqomchilar ansambli» jamoalarini tashkil qiladi. 
1985-yildan boshlab umrining ohirgi damlarigacha M. Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat 
konservatoriyasi (hozirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi) Sharq musiqasi (keyinchalik An’anaviy 
ijrochilik) kafedrasida faoliyat olib boradi. Mashhur hofiz an’anaviy xonandalik ixtisosligi bo‘yicha 
talabalarga qariyb o‘n besh yil davomida saboq beradi. Ushbu jamoada dotsent, so‘ngra 1993-yildan 


128 
professor lavozimlarida pedagogik faoliyat olib boradi. Shu davr ichida bir qator iqtidorli xonandalarni 
kamolot sari tarbiyalaydi. Maryam Sattorova (O‘zbekiston xalq artisti), Soyib Niyozov (O‘zbekiston 
xalq hofizi), Abror Parpiyev (Nihol mukofoti sovrindori) kabi taniqli san’atkorlar shular jumlasidandir. 
F. Mamadaliyev an’anaviy xonandalikning ijrochilik mezonlari, bastakorlik an’analari 
muammolari bilan qiziqib o‘rganib kelgan va ularni ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq qilishga harakat 
qilgan. Shulardan biri xalq mumtoz ijrochiligidagi hofizlar ovozi xususiyatlarini o‘rganish va ilmiy 
mushohadalardir. Muallifning ilmiy maqola tarzida bayon etilgan ishlari uning vafotidan so‘ng 
«Musiqa ijrochiligi masalalari» nomi bilan dunyo yuzini ko‘rdi. 
Musiqa ijrochiligi amaliyotida Fattohxon Mamadaliyev hofizlik, ya’ni xonandalik bilan birga 
an’anaviy musiqa bastakorligiga ham katta e’tibor bergan. Uning bastakorlik ijodida 4 uslub 
ustuvordir. Jumladan: 1) qadimiy kuylarni qaytadan tiklash;
2) musiqiy meros namunalarini yangicha uslubda talqin etish; 3) musiqiy meros namunalaridan 
o‘rin olgan asarlarni turkumlashtirish; 4) bastakorlik ijodi (original asarlar). Ijodidagi ahamiyatli omil, 
ishlangan va yaratilgan asarlar, bastakor uslubiga mos ekanligi bilan xarakterlanadi. Jumladan, 
«Intizor» (Ulfatiy so‘zi), «Oqibat», 
«Sog‘indim», 
«Falak», 
«Mehmon», «Judo keldi» va «Yuzni 
hajrida» (Nodira so‘zlari), «Ahd 
qildim» (Muqimiy so‘zi), «Jononim 
mening» (Hayratiy so‘zi), «Orzu» va 
«Dehqonlarim» (V. Sa’dullo g‘azali), 
«So‘rmasa», 
«Kalomingdan» 
va 
«Dilkusho» (H. Azimov so‘zi), 
«O‘lmag‘ay» 
(Navoiy 
g‘azali), 
«Ko‘ngil» 
va 
«Sirri 
ishqim» 
(X.Yahyoyev so‘zi), «Ra’no gullari» 
va «Sog‘inurman» (O. Xoldor so‘zi) 
kabi ashulalarni misol qilish o‘rinlidir.
Shashmaqom 
tarkibida 
“Qashqarcha” nomida yuritilivchi 
jozibli ashula namunalari savt yoki 
mo’g’ulcha kabi asosiy sho’balarning shoxobchasi bo’lib xizmat qilishi ma’lum. F.Mamadaliev endi 
“tiklovchi-to’quvchi’ bastakor vazifasini ado etishga qo’l urdi. Natijada u Farg’ona – Toshkent 
uslubidagi “Qashqarchai Ushshoq”ning savti, talqinchasi, soqiynomasi va ufarini bastalashga 
muvaffaq bo’ldi. Bu masalada xofizning shaxsan iqror bo’lganini eslashimiz kerak: “Men 
“Ushshoq”ning qashqarchasiga tayangan holda uning savtini, talqinchasini, soqiynomasi va ufarini 
tiklashga urindim”. 
Bunda ancha yillar muqaddam “Nasrulloyi” mumtoz chulg’u yo’llari F.Mamadaliev tomonidan 
ashulaga aylantirildi. Ushbu muhtasham turkum 1995-yilning dekabrida oynai jahon orqali taralgan 
musiqiy ko’rsatuvda ilk bor tanishtirilgan edi. O’sha teleko’rsatuv studiyada tasvirga tushurilayotgan 
suhbat paytida Fattohxon Mamadaliev boshlovchi savoliga “Nasrulloyi” kuylari “...keng nafasligi, 
badiiy barkamolligidanmi, har holda ashulaga juda moyil”, - deya javob bergan edi. 
F.Mamadaliev nisbatan mukammal ijodiy-ijroviy talqin yaratishdan, uni mumtozlik darajasiga 
uddalab etqazish qiyin bo’lishidan zinhor cho’chimagan. Yangidan ishlab tayyorlangan “Nasrulloyi” 
endi to’rtta qismni qamrab olgan bo’lib, unda ustoz Yunus Rajabiyning uslubiy yo’nalishiga taqlid 
yo’q. Aksincha, Fattohxon hofiz o’z ijro uslubidan kelib chiqqan holda kuy va g’azal birikmasini 
yangicha holatda beradi. Shu boisdan bo’lsa kerak, aksar namunalar yakka tarzda ijro etish uchun 
mo’ljallangan. Mazkur maqom ashula turkumi to’g’risida qisqacha ma’lumotlar quyidagilardan iborat: 
“Nasrulloyi I”, Navoiy g’azali. Maqom ansambli ijrosiga mo’ljallangan. 
“Nasrulloyi II”, talqincha vazi-usuli asosida F.Mamadaliev g’azaliga bag’ishlangan. Ilk bor 
Inomjon Mamadaliev ijrosida yangragan. 


129 
“Nasrulloyi III”, og’ir ufar vazi-usuli asosida, Ulfat (Imoddin Qosimov) g’azaliga bog’langan. 
Ilk bor maqom ijrochilarining respublika tanlovi sovrindori Zuxra Alimova ijrosida yangragan. 
“Nasrulloyi IV” engil ufar vazi-suli asosida, Ulfat g’azaliga bog’langan. Ilk bor maqom 
ijrochilarining respublika tanlovi sovrindori O’lmas Olloberganov ijro etgan. 
Mubolag’a emas, Fattohxon ustozning shogirdlaridan bo’lak, zamondosh hofizlarimizning 
deyarli har biri Fattohxon hofiz “maktabi” dan o’tgan.
Katta hayotiy va ijodiy, ijrochilik va muallimlik tajribasini orttirgan professor Fattohxon 
Mamadaliev o’z fikr – mulohazalari bilan erkin o’rtoqlashar ekan, ustuvor maqsad va vazifalarni 
ko’zlab ish tutganini yashirmagan. Bu masalada ustozning quyidagi so’zlarida chuqur mano yatadi: 
“Ozmi-ko’pmi shaklan va mazmunan kuylarni bog’lash, bir qismga tayanib, yangisini bastalash ijodiy 
an’ana bo’lib kelgan va bor ham. Hali qiladigan ishlar juda ko’p. To’liq holda yetib kelmagan, asli 
katta hajmli asarlarni izlab topish kerak, ijodkorona yondashib tiklash kerak”. Ustozning bu so’zlari 
biz ijodkor yoshlarga hamda kelgusi ijodkorlarga da’vatdek yangramoqda. 

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish