Мақола ва тезислар номи


Использованной литературы



Download 27,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet514/585
Sana19.02.2023
Hajmi27,31 Mb.
#912981
1   ...   510   511   512   513   514   515   516   517   ...   585
Bog'liq
1ITS - 2021 To\'plami

Использованной литературы: 
1. Агеев Л.Е. Основы расчета оптимальных и допускаемых режимов работы машинно-
тракторных агрегатов.–Л.: Колос. 1978.–296 с. 
2, Лурье А.Б. Статистическая динамика сельскохозяйственная агрегатов. –2-е изд., 
перераб. и доп.–М.: 1981. –382 с. 
3. Моделирование сельскохозяйственная агрегатов и их систем управления. Под ред. 
проф. А.Б. Лурье–Л.: Колос. Ленинград. отделение, 1979. – 312 с. 
 
 
THE IMPORTANCE OF TAX INCENTIVES IN THE DIGITAL ECONOMY 
Uralov B.M. 
Master of SamSU
Annotation:
 Today, the digital economy and a number of related effective technologies are 
rapidly entering our lives. In the digital economy, the introduction of tax incentives allows 
companies with foreign investment to take advantage of several tax incentives. 
Keywords:
digital economy, digital technology, taxes, tax breaks, tax policy, nou-xau, 
investment 
Bugungi kunda iqtisodiyotning barcha sohalarida raqamli iqtisodiyot muhim ahamiyat kasb 
etgani singari soliq siyosatida ham bir qancha qulaylillar beradi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq 
kodeksida doimiy tusdagi, hukumatning alohida qarorlari bilan ham doimiy hamda muayyan 
muddatga belgilangan imtiyozlari joriy qilingan. Ushbu imtiyozlardan xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy korxonalar kabi foydalanish huquqiga 
egadir. Iqtisodiyotga chet el investorlarini jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga 
oshirilishi borasida Prezidentimizning alohida farmon va qarorlari bilan ham qator imtiyozlari 
berilgan. Jumladan, Prezidentimizning 2005-yil 11-apreldagi “To‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy 
investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida” PF-
3594-sonli farmoni qabul qilingan. Mazkur farmon bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy 
investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari investitsiyalar hajmidan kelib 
chiqib, foyda solig‘i, mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, 
mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lovi, shuningdek, Respublika 
yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilish ko‘rinishida soliq imtiyozlari 
berilgan. Soliq siyosatining vazifasi – bir tomondan, byudjet daromadining barqaror safarbarligini 
ta’minlashdan, ikkinchi tomondan – korxonalarni respublika uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar ishlab 
chiqarishni ko‘paytirishga rag‘batlantirishdan iborat. 
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishni moliyalashtirishning asosiy 
manbayi bo‘lish bilan birga, yangi texnologiyalar, texnik va menejerlik nou-xaular orqali inson 
kapitalini rivojlantirishning ham maqbul usuli hisoblanadi. Ko‘pgina rivojlanayotgan 
mamlakatlarda esa korxonalardagi kapital, texnologiya, zamonaviy boshqaruv, texnika va malakali 
mehnat resurslari yetarli emas va bu mamlakat iktisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalar jalb etishning zarur ekanligini ko‘rsatadi. 2020-yilning yanvar-iyun oylarida 
investitsion faollikning pasaygani kuzatilib, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 
hajmining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur‘ati 87,2 %ni tashkil etdi. 2020-yilning 
yanvar-iyun oylarida 84,8 trln. so‘m asosiy kapitalga o‘zlashtirilib, ularning 65,1 %i yoki 55,1 trln. 
so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining 
o‘z mablag‘lari hisobidan 34,9 % yoki 29,7 trln. so‘m moliyalashtirildi. Yanvar oyida investitsiyalar 


768 
o‘zlashtirilib, ularning jami investitsiyalar hajmida markazlashgan moliyalashtirish manbalari 
hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi o‘tgan yilning mos 
davridagi ulushiga nisbatan 8,1 % punktga kamayib, 23,2 %ni yoki 19641,5 mlrd. so‘mni tashkil 
etdi. Mos ravishda markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 65165,2 mlrd. so‘m yoki 
jami investitsiyalarning 76,8 % investitsiyalari o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davridagi 
ko‘rsatkichga nisbatan 8,1 % punktga ko‘paydi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar mamlakat 
iqtisodiyoti uchun nafaqat jahon kapital bozoriga chiqish, balki undagi tovarlar va xizmatlar 
savdosida qatnashish imkoniyatini ham kengaytiradi. “To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardan 
foyda va uning o‘zi uch guruh omillarga bog‘liq, ya’ni xalqaro ishlab chiqarishga kirishayotgan 
firmaning mulkka egalik qilishdan yuzaga keladigan qiyosiy afzalliklari – transmilliy 
korporatsiyaning qaysi hududda ishlab chiqarishni tashkil etishini belgilovchi hududiy joylashuv 
omillari, transmilliy korporatsiyalarning boshqa firmalarga litsenziya sotish yoki ular bilan 
franchayzing shartnomasini tuzishdan ko‘ra to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni kiritishni 
ma’qul ko‘rishlariini asoslovchi internatsionalizatsiyalashuv omillari – OLI modelida mazkur uchta 
guruh afzalliklaridan to‘liq foydalanish imkoniyati xalqaro kapital harakati shakllaridan faqat 
to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar usulida mavjudligi asoslab berildi”. 
2020 yil 28 aprel kuni Prezidentimizning “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng 
joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2023 yilga borib raqamli 
iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravar va ushbu sohadagi xizmatlar 
hajmini 3 baravar oshirish hamda ularning eksportini 100 million AQSh dollariga yetkazish nazarda 
tutilgan.
Ushbu qaror bilan, 2020-2021 yillarda joriy etiladigan axborot tizimlari va dasturiy 
mahsulotlar ro‘yxati, “Raqamli Toshkent” kompleks dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-
tadbirlar rejasi hamda 2021-2023 yillarda istiqbolli axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar 
ro‘yxati tasdiqlandi.
Raqamli iqtisodiyot– jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi 
ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-
uskunalar, tovarlar va hizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda 
oshirishga imkon beradigan va raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili deb 
sanalgan xo‘jalik faoliyatidir. Raqamli iqtisodiyotning oddiy iqtisodiyotdan farqini tushunish uchun 
oddiy oldi-sotti jarayonini ko‘rib chiqishimiz mumkin. Masalan, xaridorga poyafzal kerak, uni 
bozorga tushib o‘zi bevosita tanlasa va naqd pulga sotib olsa, bu an’anaviy iqtisod. Telegramdagi 
biron savdo boti orqali o‘ziga ma’qul tovarni tanlab, tovar egasiga pulni elektron to‘lov tizimi orqali 
to‘lash va tovarni yetkazib berish xizmati orqali olish – raqamli iqtisodiyot deyiladi. Bu masalani 
eng sodda maishiy misol orqali tushuntirishdir. Aslida, hammamiz allaqachon raqamli iqtisodiyot 
ichidamiz, uning qulayliklaridan foydalanamiz. Masalan, oyliklarimiz plastik kartalarga tushadi, 
elektron to‘lov orqali kommunal xizmatlar, telefon, internet va boshqa mahsulot va xizmatlarga 
to‘lov qilamiz, elektron tarzda soliq deklaratsiyasi topshiramiz, kartadankartaga pul uzatamiz, uyga 
taom buyurtma qilamiz va hokazo. Raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim 
bo‘lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes 
modellari yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha 
tizimga ko‘chirish deganidir. 
Raqamli iqtisodiyotning bir qancha belgilari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardir:
- yuqori darajada avtomatlashtirilganlik;
-elektron hujjat almashinuvi; 
- buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi;
-ma’lumotlar elektron bazalari;
- CRM (mijozlar bilan o‘zaro munosabat tizimi) mavjudligi;
- korporativ tarmoqlar.
Raqamli iqtisodiyotning bir qancha afzalliklari bo‘lib, bizningcha eng ko‘p uchraydigan 
qulayliklar quyidagilardir: 
1. To‘lovlar uchun xarajatlarning kamayishi.


769 
2. Tovar va xizmatlar haqida ko‘proq va tezroq ma’lumot olish mumkinligi.
3. Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlarining 
kattaligi.
4. Fidbek (iste’molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlarning jadal 
takomillashtirilishi. 
5. Barcha iqtisodiy jarayonlarning tezroq, sifatliroq, qulayroq amalga oshirilishi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, investitsiya jarayonida ishtirokchi tomonlarni o‘zaro bir-biri 
to‘g‘risidagi to‘liq va ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash kerak. O‘zbekistonda xorijiy 
investitsiyalar ishtirokidagi kichik biznes korxonalari uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi va 
dasturiy ta’minotni takomillashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Download 27,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   510   511   512   513   514   515   516   517   ...   585




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish