Manzarali daraxt-buta o‘simliklarning vegetativ organlari, hayotiy funksiyalari va ularning manzaraviylik xususiyatlari Reja



Download 485,14 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana15.07.2021
Hajmi485,14 Kb.
#119429
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-mavzu

 

Barg 

Barg  o„simliklarni  quruqlikda  yashay  boshlaganida  sharoitga  moslashish 

natijasida  hosil  bo„lgan  organidir.  U  novdaning  boshlang„ich  bo„rtmalarida 

rivojlanadi.  Barg  barg  shapalog„i  (plastinkasi),  barg  bandi,  barg  novi  va 




yonbargchalardan iborat. Ammo bu qismlarning hammasi bargda doim bo„lmasligi 

mumkin. Lekin barg plastinkasi doimiy qismlardan biridir.  

Barg uzoq o„smaydi. Ko„p yil yashovchi barglar ham o„sishdan tez to„xtaydi. 

YAproqbargli  daraxt  turlarida  u  bir  vegetatsiya  davrida  yashasa,  ninabargli  doim 

yashil  daraxtlarda  2  yildan  10  yilgacha  yashaydi.  Qarag„ayning  bargi  2-3  yildan 

so„ng, qora qarag„ayningbargi 7-10 yildan so„ng to„kilib ketadi va o„rnidan yangisi 

o„sib chiqadi va shunday qilib daraxt doimo ninabarg bilan qoplangan holda o„sib 

rivojlanadi.  Ninabargli  daraxtlardan  faqat  tilog„och  har  yili  kuzda  yaproqbargli 

daraxlar  singari  ninabarglarini  to„kib,  bahorgi  vegetatsiya  boshida  yangidan 

ninabarglar bilan qoplanadi. Barglar o„simliklar hayotida muhim rol o„ynaydi, bir 

qator  funksiyalarni  bajaradi.    Bu  funksiyalarning  eng  asosiysi  fotosintez  jarayoni 

bo„lib,  ushbu  jarayon  er  sharidagi  butun  hayotiy  jarayonlarni  to„kis  amalga 

oshishini va erdagi hayotni mavjudligini ta‟minlaydi. Fotosintez jarayonida quyosh 

nuri  ta‟sirida  bargdagi  yashil  xlorofill  donalarda  noorganik  moddalardan  (suv  va 

karbonat  angidrid  gazi)  organik  moddalar  hosil  bo„lishi  sodir  bo„ladi,  bunda 

o„simlik  ildizi  orqali  suv,  barg  orqali  havodan  karbonat  angidridni  o„zlashtiradi, 

ular  fotosintez  jarayonida  ishtirok  etadi  va  natijada  birlamchi  organik  modda  - 

glyukoza hosil bo„ladi. Ushbu jarayon quyidagi formula orqali ifodalanadi: 

 

6CO


2

+6H


2

O (quyosh  energiyasi-xlorofill)----- 

C

6

H



12

O

6



+6O

2  


 

Hosil  bo„lgan  glyukoza  keyinchalik  murakkab  uglevodlarga  –  kraxmalga 

aylanadi. Keyingi bosqichlarda o„simlikda yanada murakkabroq organik moddalar 

– oqsillar sintez  bo„lishi amalga oshadi. 

Fotosintez  va  nafas  olish  jarayonida  o„simlik  barglarida  gazlar  almashinuvi 

amalga  oshadi.  Barglarda  suv  bug„lanishi  jarayoni  doimiy  bo„lib  turadi.  Tashqi 

muhitning  ta‟siri  natijasida  barglarning  shakli  o„zgarib  o„simliklar  hayotida  bir 

qancha  boshqa  funksiyalarni  ham  bajarishi  mumkin.  Barg  plastinkasidagi  barg 

tomirlari  novda  orqali  kelib  turgan  oziq  moddalarni  barg  plastinkasi  bo„ylab  bir 

tekisda  tarqalishini  ta‟minlaydi.  Barg  bandi  bargni  novdada  ushlanib  turishini, 




quyosh  nurini  barg  plastinkasiga  tushishini  ta‟minlaydi.  Barg  bandi  silindrsimon 

bo„lib uning uzunligi barg plastinkasi hajmi bilan bog„liq bo„ladi, barg plastinkasi 

mayda va ensiz bo„lsa barg bandi kalta, agar barg plastinkasi keng va uzun bo„lsa u 

ham uzun bo„ladi. Ayrim o„simliklarning bargi bandsiz bo„lishi mumkin, hatto bir 

o„simlikda barg bandlari uzunligi turlicha ekanligi kuzatilgan, masalan tog„terakda 

barglar  uzun  bandli,  bachki  novda  barglarida  bo„lsa  kalta  bo„ladi.  Barg 

plastinkasining asosiy  morfologik belgilaridan biri uning sertomirligidir. Tomirlar 

barg  plastinkasining  orqa  tomonida  ya‟ni  pastki  qismida  bo„lib,  yaqqol  ko„zga 

tashlanib  turadi.  Bu  tomirlar  asosan  tola  naychali  bog„lamlardan  iborat  bo„lib, 

ularning  asosiy  funksiyasi  ildizdan  keluvchi  mineral  eritmalarni  bargga,  bargda 

hosil  bo„lgan  organik  moddalarni  bargdan  novdalar  tomon  harakatlanishini 

ta‟minlaydi.  Barg  plastinkasi  markazidagi  asosiy  va  yirik  tomirlarda  o„tkazuvchi 

to„qimalardan  tashqari  mexanikaviy  to„qimalar  ham  rivojlangan  bo„ladi,  shu 

sababli  bunday  tomirlar  mustahkam  va  qattiq  bo„ladi.  Barg  plastinkasini 

tomirlanishi  va  ularning    shoxlanishi  turli  o„simliklarda  turlicha  bo„lib,  unga 

sistematik belgi sifatida qaraladi. 

Barg plastinkasi asosan 4 xil to„liq-patsimon, to„rsimon-patsimon, panjasimon 

va  to„rsimon-panjasimon  tomirlanadi.  To„liq-patsimon  tomirlanish-eman,  qayin, 

qayrag„och,  qandag„och  barglarida,  to„rsimon-patsimon  tomirlanish  -  tol,  olma, 

shumurt  barglarida,  panjasimon  tomirlanish-zarang,  arg„uvon,  tut  barglarida, 

to„rsimon-panjasimon  tomirlanish  tog„terak  barglarida  uchraydi.  Barg 

plastinkasining  chekkasi  butun  va  o„yilgan  ko„rinishda  bo„ladi  va  bunga  ham 

sistematik belgi sifatida qaraladi. Barglar morfologik jihatidan oddiy va murakkab 

barglarga  ajratiladi.  Oddiy  barg  plastinkasi  bitta  bo„lib,  u  har  xil  shaklda-butun, 

bo„lakli  va  kesik  bo„lishi  mumkin.  Murakkab  barg  oddiy  bargdan  kelib  chiqqan 

hisoblanadi,  masalan  zarang  va  shum  daraxtlarida  yosh  davridagi  barglar  oddiy 

bo„lib,  vaqt  o„tishi  bilan  murakkab  ko„rinishga  ega  bo„ladi.  Murakkab  barg 

bargchalar  joylashishiga  qarab  toq-patsimon  (chetan,  oq  akatsiya),  juft-patsimon 

(sariq  akatsiya),  ikki  qayta  qirqilgan  murakkab-patsimon  barg  (gledichiya) 

panjasimon  qirqilgan  murakkab  barg  (soxtakashtan)  ko„rishida  bo„ladi.  Barg 




plastinkasining  shakli  ham  turlichadir.  Tog„terakda  barg  plastinkasini  bo„yi  eniga 

teng,  tog„olchada  ellipssimon,  uch  changchili  tolda  cho„ziq  shaklda,  qarag„ayda 

ninasimon,  qayin  va  balzamli  terakda  tuxumsimon,  qayrag„och,  kulrang  tolda 

teskari  tuxumsimon,  savat  tolda  lansetsimon,  qizil  tolda  teskari  lansetsimon 

bo„ladi.  Barglar  shakli  bir  turkumga  mansub  turlarda  ham  turlicha  bo„lishi 

kuzatiladi.  Masalan  zarang  turkumiga  mansub  turlar  dala  zarangi,  tatar  zarangi, 

o„tkir  bargli  zarang,  shumtolbargli  va  man‟juriya  zaranglarida  turli  shakldagi 

barglar uchraydi. 

Bir daraxtning o„zida bachki novdalar va asosiy novdalardagi barglar shakliga 

ko„ra  farqlanadi  (arg„uvon,  eman,  qayin,  tog„terak).  Ayni  bir  daraxtda  har  xil 

barglarni rivojlanishi geterofiliya hodisasi deb ataladi. Ushbu hodisa turanga, regel 

noki,  tut  va  boshqa  daraxt  -  butalarda  ham  kuzatilishi  mumkin.  Barg  plastinkasi 

yuzasi  katta-kichikligi  bilan  daraxtning  yirikligi  orasida  bog„liqlik  yo„qdir. 

Masalan  er  sharidagi  eng  yirik  daraxt  -  gigant  sekvoyyaning  barglari  millimetr 

bilan o„lchansa, man‟juriya araliyasining barglarining bo„yi 1 metrga yaqin. Lekin 

daraxt  o„simliklarida  eng  yirik  barglar  palmalarda  uchrab,  ularning  uzunligi  1-2 

metrgacha  etadi.  Barglar  asosiy  funksiyalarni  bajarishdan  tashqari  kurtakni 

noqulay  iqlim  omillaridan  saqlaydi,  turli  moddalar  va  suvni  o„zida  yig„ib  seret 

ko„rinishga  ega  bo„ladi.  Ba‟zi  o„simliklarda  ular  tikonga  aylanib,  o„simlikni 

hayvonlardan himoya qilish funksiyasini bajaradi, ba‟zilarida jingalak ko„rinishida 

bo„lib  o„simlik  poyasini  boshqa  daraxtlarga  chirmashib  o„sishiga  yordam  beradi. 

Qum akatsiya va oq yulg„un barglari tangachaga aylangan bo„lib, o„simlikni tashqi 

sharoit  ta‟siridan  himoya  qiladi.  Kaktus  turlarida  barglar  tikonga  aylangan,  ular 

himoya  funksiyasini  bajaradi,  assimilyasiya  jarayonlari  bo„lsa  yashil  tanada  sodir 

bo„ladi.  Saksovul,  juzg„un  va  efedralarning  bargi  qisqarib,  tangachaga  aylangan, 

shu  sababli  assimilyasiya  jarayoni  ularning  yashil  novdalarida  kechadi.    Ba‟zi 

o„simliklarda  tuklar  asosan  epidermis  hujayralardan  paydo  bo„lib,  novda  va 

poyalarda  uchraydi.  Ildizdagi  tuklardan  farqli  o„laroq  novda  barglarida 

uchraydigan tuklar boshqa funksiyalarni bajaradi, tuklanish tufayli o„simlikdan suv 

kam  bug„lanadi,  quyosh  nuridan  saqlanadi.  Terak,  tol,  yulg„un,  chinorning  meva 




va  urug„lari  tukli  bo„lib  ular  shamol  yordamida  meva  va  urug„larni  tabiatda 

tarqalishini  ta‟minlaydi.  Tuklanishiga  ko„ra  ipaksimon  (oqtol,  qoraqayin), 

kigizsimon  (oqterak),  duxobasimon  (tol  va  qayin),  tikansimon  (qayrag„och  va 

normushk),  tangachasimon  (jiyda)  tuklanishlarga  ajratiladi.  Tukdan  hosil  bo„lgan 

tikanchalar  poyada  bir  tekis  joylashadi  va  poyadan  oson  ajraladi  (malina, 

maymunjon, krыjovnik). 




Download 485,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish