Mantiqiy savollar



Download 315,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi315,67 Kb.
#245767
  1   2
Bog'liq
12345 (1)



MANTIQIY SAVOLLAR: 

1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyaviy  sudining  istiqbolda 

takomillashtirilishi lozim bo‘lgan jihatlarini tahlil qiling. 

2.  Dastlabki  (priori)  va  navbatdagi  (posteriori)  nazoratning  xususiyatlarini 

tahlil  qiling.  O‘zbekistonda  Konstitutsiyaviy  sud  tomonidan  dastlabki  va 

navbatdagi nazorat tartibida ish yuritish xususiyatlarini yoriting. 

 

 



1 VA 2 MANTIQIY SAVOLLARGA JAVOBLAR 

Konstitutsiyaviy  sudlar  insonning  huquq  va  erkinliklarini  ishonchli  himoya 

qilish,  davlat  hokimiyati  tarmoqlari  o‘rtasida  o‘zaro  tiyib  turish  va  manfaatlar 

muvozanatini  barpo  etish,  Konstitutsiyaning  ustunligini  ta’minlash  hamda  uni 

maxsus  muhofaza  qilish  maqsadida  yaratilgan.  Milliy  va  xorijiy  ekspertlarning 

fikricha,  konstitutsiyaviy  odil  sudlov  demokratik  davlatchilikning  muhim  sifat 

belgisidir.  Konstitutsiyaviy  odil  sudlov  konstitutsiyaviy  nazoratning  oliy  shakli, 

zamonaviy 

demokratik 

davlatning 

alohida 

talabi, 


zaruriy 

institutidir. 

Konstitutsiyaning  ustunligini  ta’minlash  hamda  mamlakatimizda  qonuniylik 

muhitini,  inson  huquqlari  va  erkinliklari  kafolatlarini  yaratishning  ishonchli 

garovidir.  

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sud hokimiyatining alohida 

tarmog‘i bo‘lib, uning faoliyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning 

hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligini nazorat qilishga qaratilgan. 2017-yil 

1-iyunda matbuotda e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 

ayrim  moddalariga  o‘zgartishlar  kiritish  to‘g‘risida  (80,  93,  108  va  109-

moddalariga)»  va  «O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  sudi 

to‘g‘risida»gi  qonunlar  konstitutsiyaviy  sudlovni  zamon  talabiga  muvofiq 

takomillashtirishga 

qaratilgan. 

Zero, 

2017-2021-yillarda 



O‘zbekiston 

Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar 

strategiyasiga muvofiq sud-huquq sohasida ham tub islohotlar amalga oshirilayotir. 

Bu  jarayonda  Konstitutsiyaviy  sud  faoliyatini  takomillashtirishga  ham  ehtiyoj 

tug‘ildi.  Sohaga  oid  yangi  qonun  Konstitutsiyaviy  sud  faoliyatining 

samaradorligini  va  nufuzini  oshirish,  mustaqilligini  mustahkamlashga  xizmat 

qiladi.  Chunki  shu  asosda  mazkur  sudning  vakolatlari  kengaytirilib,  uni 

shakllantirish tartibi yanada demokratlashtirildi.  

Yangi  qonun  “konstitutsiyaviy  qonun”  maqomiga  ega  bo‘ldi.  Qonunda 

Konstitutsiyaning  ustunligi,  taraflarning  tortishuvi  va  teng  huquqliligi  kabi  yangi 

prinsiplar  o‘z  ifodasini  topdi.  Har  bir  prinsipning  mazmun-mohiyati  alohida 

moddalarda  ochib  berildi.  Konstitutsiyaning  ustunligi  prinsipiga  to‘xtaladigan 




bo‘lsak,  Konstitutsiyaviy  sud  o‘z  faoliyatida  O‘zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  ustunligini,  qonun  chiqaruvchi  hamda  ijro  etuvchi 

hokimiyatning  hujjatlarida  inson  huquqlari  va  erkinliklari  ustuvorligiga  doir 

konstitutsiyaviy  prinsipning  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  boshqa 

normalarining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashga da’vat etilgandir.  

Prezidentimiz  Shavkat  Mirziyoyev  hayotimizning  o‘zi  Konstitutsiyamizda 

ifodasini  topgan  eng  asosiy  maqsad  –  inson  manfaatlarini  har  tomonlama 

ta’minlash  masalasini  dolzarb  vazifa  qilib  qo‘ymoqda,  degan  edi.  Shu  ma’noda 

qonun  chiqaruvchi  hamda  ijro  etuvchi  hokimiyatning  hujjatlarida  inson  huquqlari 

va  erkinliklari  ustuvorligiga  doir  konstitutsiyaviy  prinsipning  ro‘yobga 

chiqarilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgani muhim ahamiyat kasb etadi.  

Jahon  konstitutsiyaviy  sudlari  tarixidan  ma’lumki,  mazkur  sudlarning 

jamiyat  va  davlat  hayotidagi  o‘rni,  davlat  hokimiyati  tizimida  muvozanatni 

ta’minlashdagi  roli,  amalga  oshiradigan  vakolatlarining  siyosiy-huquqiy 

ahamiyatidan  kelib  chiqib,  uning  a’zolariga  boshqa  sudlar  sudyalariga  nisbatan 

yosh  va  malaka  talablari  yuqori  qo‘yiladi.  Yangi  qonunda  Konstitutsiyaviy  sud 

sudyasining sudyalik lavozimida bo‘lishiga oid yosh senzi belgilandi. 

 Demak,  bu  borada  eng  yuqori  yosh  –  yetmish  yoshni  tashkil  etadi. 

Konstitutsiyaviy  sudning  sudyasi  lavozimiga  nomzodga  qo‘yiladigan  talablarga 

ko‘ra, siyosat va huquq sohasi mutaxassisi bo‘lgan, yuksak ma’naviy fazilatlarga 

va zarur malakaga ega bo‘lgan, o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan O‘zbekiston 

Respublikasi  fuqarosi  Konstitutsiyaviy  sudning  sudyasi  etib  saylanishi  mumkin. 

Yosh senzining 30 yoshdan 35 yoshga o‘zgartirilgani o‘ziga xos ahamiyatga ega. 

Mutaxassislarning  ta’kidlashicha,  bu  yoshda  shaxsning  bilim  va  tajribasi  yanada 

oshgan,  hayotga  bo‘lgan  qarashlari  ham  to‘laqonli  shakllanib,  muayyan  hajm  va 

mazmundagi ishlarni maromida amalga oshirish imkoniyati ortgan bo‘ladi.  

Qonunga  muvofiq,  ayni  bir  shaxs  ikki  martadan  ortiq  Konstitutsiyaviy 

sudning  sudyasi  etib  saylanishi  mumkin  emas.  O‘zgarishlardan  yana  biri 

Konstitutsiyaviy  sud  sudyalarining  saylanishi  bilan  bog‘liq.  Avval  sudyalar 

Prezidentning  taqdimiga  binoan  Senat  tomonidan  sud  raisi,  rais  o‘rinbosari  va 




Konstitutsiyaviy  sudning  a’zolaridan  iborat  tarkibda  saylangan.  Endilikda 

Konstitutsiyaviy  sud  sudyasi  Prezidentning  taqdimiga  binoan  Senat  tomonidan 

Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan shaxslar orasidan saylanadi. Konstitutsiyaviy 

sud  raisi  va  uning  o‘rinbosari  Konstitutsiyaviy  sud  majlisida  uning  sudyalari 

orasidan saylanadi. Ya’ni Konstitutsiyaviy sudning raisi va uning o‘rinbosari Senat 

tomonidan  saylanmaydi.  Rais  va  uning  o‘rinbosarini  sudyalarning  o‘zlari 

ichlaridan  saylashlari  yanada  demokratik  tabiat  kasb  etadi.  Bunday  holat  xalqaro 

standartlarda  yuksak  e’tirof  etiladi.  Konstitutsiyaviy  sudning  sudyalari  avval 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  oldida  qasamyod  qilishi  belgilangan  bo‘lsa, 

endi Senat majlisida Konstitutsiyaviy sudning sudyasi saylangan paytda qasamyod 

qiladi.  Bu  oqilona  yechim  bo‘lib,  sudyaning  qasamyod  qilish  vaqti 

aniqlashtirilgani  ushbu  taomil  vaqtida  bajarilishini  ta’minlaydi.  Avval  sudyalar 

qachon qasamyod qilishi aniq belgilab qo‘yilmagan edi.  

Yangi qonunda raisning vakolatlari bayon etilgan. Bunda alohida ta’kidlash 

joizki,  raisning  boshqa  sudyalardan  ustunlik  tomoni  mavjud  emas.  Faqatgina 

ovozlar  teng  bo‘lib  qolgan  taqdirda,  raislik  qiluvchining  ovozi  hal  qiluvchi 

hisoblanadi.  

Konstitutsiyaviy  sud  avval  faqat  Prezident  farmonining  Konstitutsiyaga 

muvofiqligini aniqlash vakolatiga ega bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bunga qarorlar va 

farmoyishlar  ham  kiritildi.  Shuningdek,  Konstitutsiyaviy  sud  konstitutsiyaviy 

qonunlar,  xalqaro  shartnomalarni  ratifikatsiya  qilish  to‘g‘risidagi  qonunlarning 

imzolanguniga qadar Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash vakolatiga ega bo‘ldi. 

Oliy  sudning  muayyan  ishda  qo‘llanilishi  lozim  bo‘lgan  normativ-huquqiy 

hujjatlarning  Konstitutsiyaga  muvofiqligi  to‘g‘risida  sudlar  tashabbusi  bilan 

kiritilgan  murojaatlarini  ko‘rib  chiqadi.  Har  yili  Oliy  Majlis  palatalariga  va 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentiga 

mamlakatdagi 

konstitutsiyaviy 

qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi.  

Jahon  konstitutsiyaviy  sudlari  amaliyotiga  nazar  tashlasak,  ular  “ex-ante”, 

ya’ni hujjat imzolanmasidan avvalgi va “ex-post”, ya’ni hujjat kuchga kirganidan 

keyingi nazoratni amalga oshiradi. O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy sud avval hujjat 




kuchga  kirganidan  keyingi  nazoratni  amalga  oshirib  kelayotgan  edi.  Endilikda 

konstitutsiyaviy  qonunlar,  xalqaro  shartnomalarni  ratifikatsiya  qilish  to‘g‘risidagi 

qonunlar imzolanguniga qadar dastlabki nazoratdan o‘tkaziladi.  

Mamlakatimizda  Oliy  sud  fuqarolik,  jinoiy,  iqtisodiy  va  ma’muriy  sud 

ishlarini  yuritish  sohasida  sud  hokimiyatining  oliy  organi  bo‘lib,  quyi  sudlarning 

sudlov  faoliyati  ustidan  nazorat  olib  borish  hamda  Konstitutsiyaviy  sudga  masala 

kiritish  huquqlariga  ega.  Shundan  kelib  chiqib,  umumiy  yurisdiksiya  sudlarida 

shunday  ehtiyoj  tug‘ilganida  Oliy  sud  orqali  Konstitutsiyaviy  sudga  murojaat 

qilish imkoniyati qonunan mustahkamlandi.  

Konstitutsiyaviy  sudga  har  yili  Oliy  Majlis  palatalariga  va  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentiga  mamlakatdagi  konstitutsiyaviy  qonuniylikning  holati 

to‘g‘risida  axborot  taqdim  etish  vakolatining  kiritilishi  har  tomonlama  to‘g‘ri 

bo‘ldi. Mazkur axborot Oliy Majlisga qonunlar sifatini oshirishda hamda ularning 

bajarilishi  ustidan  parlament  nazoratini  amalga  oshirishda,  davlat  boshlig‘iga  esa 

kafillik  funksiyasini  bajarishda  muhim  omil  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Qonundagi 

muhim jihatlardan yana biri – Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega 

bo‘lgan  subyektlar doirasiga  o‘zgartirish kiritildi.  Endilikda  Vazirlar  Mahkamasi, 

Oliy  Majlisning  Inson  huquqlari  bo‘yicha  vakili  (Ombudsman)  ham  bunday 

huquqqa ega bo‘ldi.  

Oliy  Majlis  palatalari  kollegial  organ  ekanligi  hamda  palatalar  masala 

kiritish  huquqiga  ega  bo‘lgan  subyekt  sifatida  qayd  etilganligi,  bundan  tashqari, 

Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari ham muayyan miqdordagi (kamida 

to‘rtdan  bir  qismi)  deputatlar  guruhi,  senatorlar  guruhi  bilan  masala  kiritish 

huquqiga  ega  ekanliklarini  hisobga  olib  Qonunchilik  palatasining  Spikeri, 

Senatning Raisi masala kirituvchi subyektlar qatoridan chiqarildi.  

Agar  avval  Oliy  sud  raisi  masala  kiritish  huquqiga  ega  bo‘lgan  bo‘lsa, 

mazkur  organning  kollegial  idora  ekanligidan  kelib  chiqib,  endilikda  Oliy  sud 

bunday  huquqqa  ega  ekanligi  belgilab  qo‘yildi.  Konstitutsiyaviy  sudning 

faoliyatini  moliyalashtirish  Davlat  byudjetida  alohida  satrda  nazarda  tutilishi 

belgilangandi. Bu ham Konstitutsiyaviy sudning davlat hokimiyati tizimida tutgan 




o‘rnidan  dalolat  bo‘lib,  sudning  moliyaviy  mustaqilligini  ta’minlashga  xizmat 

qiladi.  Qonunda  yuqoridagilardan  tashqari  Konstitutsiyaviy  sud  sudyasining 

vakolatlarini  muddatidan  ilgari  tugatish  asoslari  “Sudlar  to‘g‘risida”gi  qonundagi 

umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish 

asoslari bilan birxillashtirildi.  

Konstitutsiyaviy  sud  devoni,  Konstitutsiyaviy  sud  huzurida  tuziladigan 

ilmiy-maslahat 

kengashi 

huquqiy 

maqomi 


qonunan 

mustahkamlandi. 

Konstitutsiyaviy sudning qarorlari, xulosalari va boshqa hujjatlari mazkur sudning 

rasmiy  veb-saytida  e’lon  qilinishi,  O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari 

ma’lumotlari  milliy  bazasi  Konstitutsiyaviy  sudning  hujjatlari  e’lon  qilinadigan 

rasmiy manbaga kirishi, Konstitutsiyaviy sud sudyalari kiyim-boshining tavsifi va 

namunasi Senat tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yildi.  

Xulosa  qilib  aytganda,  bu  me’yorlar  Konstitutsiyaviy  sud  faoliyatining 

samaradorligini va nufuzini oshirishga xizmat qiladi. Konstitutsiyaning ustunligini 

ta’minlashga  oid  faoliyatni  sifat  jihatdan  yangi  bosqichga  olib  chiqishga  zamin 

yaratadi.  

 

 




KAZUS: 

1.  O‘zbekiston  Respublikasi  Sudyalar  oliy  kengashi  tomonidan  birinchi 

marotaba  sudyalik  lavozimiga  nomzodi  ko‘rib  chiqilayotgan  B.Nurmatovning 

sudyalik lavozimiga munosibligini o‘rganib chiqildi.  

Sudyalar  oliy  kengashi  tomonidan  B.Nurmatovning  7  yil  avval  Ipoteka 

bankida  yurist  lavozimida  ishlagan  davridagi  shaxsiy  va  kasbiy  sifatlari  haqidagi 

fikrini bank rahbariyatidan so‘radi. Bank rahbariyati B.Nurmatov ko‘pincha ishga 

kechikib  kelgani,  ba’zida  hujjatlarni  ijro  etish  bilan  bog‘liq  kamchiliklarga  yo‘l 

qo‘yganini aytib o‘tdi.  

Natijada, o‘tkazilgan surishtiruvga binoan 2020 yil 15 noyabr kuni Sudyalar 

oliy  kengashi  tomonidan  B.Nurmatovning  sudyalik  lavozimiga  munosib  emasligi 

haqida qaror qabul qilindi.  

B.Nurmatov  Sudyalar  oliy  kengishining  mazkur  qaroridan  norozi  bo‘lib 

unga  qarorni  qayta  ko‘rib  chiqish  haqida  iltimosnoma  kiritdi.  Iltimosnomada 

qonunga  binoan  benuqson  obro‘-e’tibor,  halollik,  layoqatlilik,  yetarli  hayotiy 

tajribaga  egalik,  odil  sudlovni  amalga  oshirishga  to‘sqinlik  qiladigan 

kasalliklarning  yoki  jismoniy  nuqsonlarning  mavjud  emasligi  birinchi  marta 

tayinlanadigan  sudyalarni  tanlashning  asosiy  mezonlari  ekanini  ta’kidlab,  unda  7 

yil  avval  yangi  ish  boshlagan  bankda  yo‘l  qo‘ygan  kichik  kamchiliklari 

mezonlarning  birontasiga  daxl  etmasligini  ta’kidladi.  Shuningdek,  har  qanday 

insonda bunday kamchilikning borligi, buning uchun sudyalik lavozimiga munosib 

emaslik haqida qaror qabul qilish adolatsiz ekanini ta’kidladi.  

Vaziyatga huquqiy baho bering. 

 

 





Download 315,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish