Mantiqiy masalalarni yechishda mantiqiy algebra qonunlaridan foydalanish. Muhim va nomuhim o‘zgaruvchilar. Elementar Bul funksiyalari



Download 420,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana03.08.2021
Hajmi420,27 Kb.
#137019
1   2   3   4
Bog'liq
1-2-amaliy mashgulot

Inventor sxemasi ("EMAS" elementi). Inventor sxemasini «teskari zanjir» deb atasa ham 

bo'ladi. Unda bitta kirish va bitta chiqish mavjud. 

 

"EMAS" mantiqiy amaliga mos keladigan elektr sxema tok manbai, chiroq va tugmadan 



iborat. Tok impulsi kirishda signal bo'lmagan holda paydo bo'ladi. Haqiqatan ham, tugma bosilsa, 

tutashtirgich tutashuv joyidan uziladi, ya'ni elektr zanjir ajraladi va chiroq o'chadi. Tugma qo'yib 

yuborilganda, ya'ni kirishda signal yo'q bo'lgan holda chiroq yonib turadi. Demak, chiroq yonishi 

tugmaning holatiga nisbatan teskari ekan. 

Zamonaviy  EHMlar    nafaqat    raqamli,    balki    alfavit-raqamli  ma’lumotlarni  ham  qayta 

ishlash  imkoniyatiga  ega.  Bunday  alfavit-raqamli  ma’lumotlar о‘z tarkibida sonlardan tashqari 

sintaksis harflarni va matematik simvolllarni,  boshqa belgilarni ham о‘z ichiga oladi. 

    


Barcha simvollarning majmuasi - mashinaning kirish alfavitini tashkil etadi. 

     


Alfavit  -  sonli  ma’lumotlarni  kiritish,  qayta  ishlash  va  chiqarish  jarayonlari  aniq 

kodlashtirish  tizimini tanlashni taqozo etadi. 

     

Alfavit  -  sonli  simvollarni  kodlashtirishda  8  razryadli  baytlardan  keng  foydalaniladi.  



Chunki  8  -  razryadli  baytdan    foydalanib  28=  256-ta  turli  simvollarni  kodlashtirish  mumkin. 

Bunday imkoniyat zamonaviy EHMlarning tо‘la alfavitini  tavsiflash  imkoniyatini beradi. 

    

Zamonaviy SHEHMlarda simvollarni kodlashtirishda ASSII (Amerikada 1963 yilda ishlab 



chiqilgan ma’lumotlarni ayirboshlovchi standart kod) kodlari qо‘llaniladi. 


     

Shaxsiy EHMlarda ichki simvollarni ASCII kodlari orqali tavsiflashda ularni kodli jadval 

kо‘rinishida  ifodalash  qо‘laydir.  Kodli  jadval  simvollarining  shartli  belgilanishi,  ichki  kodli 

bog‘lanish  orasidagi  moslikni  ifodalaydi.  Odatda  kodlar  о‘n  oltilik  yoki  о‘nlik  sonlar  orqali 

tasvirlanadi. 

     


Kodli jadval - quyidagi simvollar guruhini  tasvirlashi lozim: 

  boshqaruvchi simvollar



  arifmetik amallarning  belgilari

  raqamlar va yozuv belgilari



  lotin alifbosining harflari

  psevdografik simvollar; 



  matematik simvollar. 

Bosmaga chiqaruvchi qurilmani boshqarish uchun maxsus maqsadlarda foydalaniladigan 

boshqaruv  simvollari  qо‘llaniladi.    Arifmetik  amallarning  yozuvli  belgilari  -  ba’zi  bir  maxsus 

simvollar hamda raqamlar,  shuningdek matnli va  sonli  ma’lumotlarni  tasvirlash uchun zarurdir. 

      


Lotin  alifbosining  harflari  unga  moslashgan  algoritmik  tillarning  matnli  ma’lumotlarini 

tasvirlash  uchun  xizmat  kiladi.  Shuningdek,  ulardan  mashinaga  bog‘liq  bо‘lgan  va  mashinaga 

bog‘liq bо‘lmagan algoritmik tillarning matnlarini ifodalash uchun foydalanish mumkin. 

     


Milliy alifbo harflari esa turli tillarda  matnli ma’lumotlarni tasvirlab berish uchun xizmat 

qiladi. 


     

Psevdografikli  simvollar    о‘z  navbatida  matnli  rejimda  oddiy  grafikli  tasvirlarni 

kо‘rsatishda qо‘llaniladi.  Bunday  simvollar yordamida monitor ekranida va bosmaga chiqaruvchi 

qurilmalarda oddiy figuralar, shtrixlar va tо‘rtburchaklarni chizish mumkin. 

     

Matematik va boshqa maxsus simvollar (yig‘indi, tenglik, katta va teng, kichik yoki teng 



va hokazo) matematik formulalar hamda amallarni tasvirlashda xizmat kiladi. 

     


A-jadvalda  simvollarning  kodlari  (ASCII  kodlari)    keltirilgan.  Boshqaruv    signallari  va 

о‘nli kod simvollari "0"-dan "127"- gacha bо‘lgan boshqaruv signallari va о‘nli sonli  simvollar  

ASCII kodlashtirish standartiga mos keladi va IBM PC rusumli kompyuterlarda keng qо‘llaniladi. 

ASCII kodlashtirish standarti  ASCII-ning asosiy jadvali hisoblanib, simvollarni kodlashda atiga 

7-ta bit ishlatiladi. 

    


Jadvalda boshqaruvchi deb nomlanadigan boshlang‘ich  32ta  (0-31) kod  keltirilmagan.  

Bu  kodlar  ma’lumotlarni  printerlarga  chiqaruvchi  maxsus  vazifalarni  bajaruvchi  signallarni 

tasvirlashda, shuningdek signallarni modemlar orqali aloqa tarmoqlariga uzatishda ishlatiladi. 

     


ASCII  kodlarining  asosiy  jadvalidan  kо‘rinib  turibdiki, 32 dan 127 gacha bо‘lgan о‘nli 

kodlar - belgilar tо‘plamini,  arifmetik amallarni, raqamlarni hamda lotin alifbosining harflarini 

kodlashtirish uchun xizmat qiladi.  Jadvalning qolgan  qismi  (128 dan  255 gacha bо‘lgan о‘nli 

kodlar)  ASCII  standartining  imkoniyatlarini  oshiradi.    Ular  SHEHMni  turli  modellari  uchun 

о‘zgarishi  mumkin.  Jadvalning  bu  ikkinchi  qismida  simvollarni  kodlashtirish  uchun  8  bitdan 

foydalaniladi.    U  asosan  milliy  alifbolar,    psegdografikli,  matematik  va  boshqa  kо‘rinishli 

simvollarni kodlashtirish imkonini  beradi. 

              




Download 420,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish